Qishloq xo’jaligi entomologiyasi
Qishloq xo’jaligi entomologiyasi — umumiy entomologiyaning bir sohasi; hasharotlarning tana tuzilishi. organlari faoliyati, yashash tarzi, tashqi muhit bilan o’zaro munosa- bati, zararli va foydali tomonlari va boshqalarni o’rganadi. Qishloq xo’jaligi entomologiyasi, asosan, hasharotlar — qishloq xo’jaligi ekinlari, jumladan, o’simliklar zararkunandalari ularga qarshi kurash choralari hamda ular ko’payishi prognozi usullarini ishlab chiqishni, zararkunandalarning tabiiy kushandalari — entomofaglarni, changlatuvchi-hasharotlar, asalari (asal berali), tut va eman ipak qurti (ipak uchun), lok beruvchi cherveslar, tuproq hosil bo’lishida ishtirok etuvchi hasharotlar va boshqalarni muhofaza qilish va samaradorligini oshirish yo’llarini, shuningdek, hasharotlardan tashqari boshqa zararli umurtqasiz hayvonlar — nematodalar, mollyuskalar va kanalarni ham tadqiq etadi. Qishloq xo’jaligi entomologiyasi fan sifatida zoologiya, umumiy entomologiya va agronomiya asosida shakllandi. Uning mustaqil fan bo’lib (19-asr 50-yillarida) rivojlanishi hasharotlarning inson hayotida tutgan amaliy ahamiyati bilan bog’liq. Qishloq xo’jaligi entomologiyasining ilmiy va ishlab chiqarish vazifalari ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida o’simliklarni himoya qilishning yanada samarali usullarini topish, o’simlik zararkunandalarini yo’q qilish, foydali hasharotlarni muhofaza qilish hamda ulardan samaraliroq foydalanish yo’llarini ishlab chiqishdan iborat. Zararkunanda turlarning madaniy o’simliklar va muhitning boshqa omillari bilan o’zaro murakkab munosabati, ular miqdorining keskin o’zgarib turishi hamda tabiatda moddalar aylanishidagi keng ishtirsji har tomonlama ekologik ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etadi. 19-asr boshlarida zararkunandalarga qarshi faol kurash choralari hali qo’llanmagan davrda ekinlar hosili 10-40% gacha kamaygan. Agroekologik, kimyoviy va boshqalar qarshi kurash choralarining rivojlanishi tufayli ba’zi juda xavfli hasharotlar — chigirtka, tunlam va boshqa keltiradigan zarar keskin kamaydi. Qishloq xo’jaligi va o’rmon entomologiyasiga oid dastlabki ishlar 19-asrda paydo bo’lgan. Bir qancha mamlakatlar (Frantsiya, Angliya, Rossiya)da ilmiy entomologik jamiyatlar tashkil qilingan. Zararkunanda hasharotlar (ayniqsa, chigirtka va boshqalar) ning qishloq xo’jaligiga ksltirgan katta zarari ilmiy tadqiqot ishlarini markazlashtirish hamda zararkunandalarga qarshi kurash choralarini davlat miqyosida olib borish zarurligini taqozo etdi. Shunday qilib, ko’pgina mamlakatlarda o’simliklarni zararkunandalardap himoya qilish bo’yicha davlat entomologik xizmati vujudga keldi. Hasharotlarni ilmiy asosda o’rganishni O’rta Osiyoda A.P.Fedchenko, V.F.Oshanin va boshqalar boshlab bergan. Toshkentda birinchi entomologik stansiya 1911 yilda ochilgan (hozirgi O’zbekiston o’simliklarni himoya qilish instituti). Uning vazifasi qishloq xo’jaligiga katta ziyon keltiradigan juda xavfli zararkunandalar (chigirtka, kemiruvchilar, tunlamlar, kanalar va boshqalar)ni, kasalliklarni (qorakuya, zang, vilt, gommoz va boshqalar) o’rganishdan iborat edi. O’rta Osiyoda entomologiya fani rivojiga hamda zararkunanlalarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishga N.Zaprometov, M.Karimov, M. Kosobuskiy, N.Mirpo’latova, K. Mirpo’latov, V.Nikolskiy, R. Olimjonov, M.Sonina, F.M.Uspenskiy, S.Xarin, V.V.Yaxontov va boshqalar katta hissa qo’shdi. Tashkiliy-xo’jalik, agrotexnik, kimyoviy va biologik qarshi kurash usullarini o’zida mujassamlashtirgan o’simliklarni intefal himoya usuli sistemasi ishlab chiqildi. O’zbekistonda g’alla, texnika va boshqa ekinlar zararkunandalari entomofaglarini ko’paytiradigan 725 dan ortiq biolaboratoriyalar hamda biofabrika bor (2004). Qishloq xo’jaligi entomologiyasi sohasidagi ishlar va entomolog kadrlar tayyorlash Toshkent agrar universiteti va boshqalar bir qancha institutlarda olib boriladi. Ad.: Yaxontov V.V., Ekologiya Nase- kommx. 2-izd., M., 1969; Olimjonov R.O., Entomologiya, T., 1977; Migulin A.A., Osmolovskiy G.E., Selsko-xozyaystven- Naya entomologiya, M., 1976; Murodov S.A., Umumiy entomologiya kursi, T, 1986. Sulton Alimuhamedov.