Qilich
Qilich — chopish yoki sanchish bilan yovga shikast etkazadigan tig’li qurol. Birinchi bor qadimgi turkiy Urxun-Yenisey bitiklarida qayd etiladi. Dastlabki Qilich xanjarsimon bo’lib, uchi o’tkir, 2 tig’li qilib yasalgan. Qilich dastasidan ushlaganda qo’l tig’tomonga o’tib ketmasligi uchun dasta bilan tig’ajratib qo’yilgan. Qilichning qadimgi turlari suyakdan yasalgan, sirtiga chaqmoqtoshlar qoplangan va u faqat sanchish uchun yaroqli bo’lgan. Keyinchalik jez va temirdan tayyorlangan Qilich ham sanchish, ham chopish uchun xizmat qilgan. 6-7-asrlarda Sharq mamlakatlarida bir tomonlama tig’li egri Qilich yasalgan. Uning uzunligi 80-90 santimetr, eni 3-3,5 santimetr bo’lib, qinda saqlangan. Ma’danga ishlov berishning rivojlanishi oqibatida Qilich sifati ham oshib borgan. Sharq davlatlarida Damashq po’latidan ishlangan Qilich, Isfahon Qilichi shuhrat qozongan. Hukmdorlar, lashkarboshilar, beklar va bahodirlar uchun yasalgan Qilichlar oltin, kumush va qimmatbaho toshlar bilan ziynatlangan.