Qimiz
Qimiz — biya sutidan tayyorlanadigan shifobaxsh ichimlik. Har 3 soatda bir marta sog’iladigan biya sutini sut kislota bakteriyalari va achitqilari bilan yo’li bilan maxsus meshlarda aralashtirib tayyorlanadi. Tayyor Qimiz meshlarda saqlanadi, tashiladi. Quyganda ko’piradi. Tarkibida 2-2,5% oqsil, 1-2% yog’, 3,5-4,8% qand, 1 litr Qimizda 100-200 mg S, A, D, E, RR va V guruh vitaminlar; 400-600 mg fosfor hamda 800-1000 mg kaltsiy bor. Kuchsiz Qimiz tarkibida 0,6—0,8%, o’rtachasida 0,8— 1%, kuchli- gida 1 — 1,2% sut kislota; kuchsizida 1% gacha, o’rtachasida 1 — 1,5% va kuchligida 3% gacha spirt bo’ladi. Qimizning energetik qiymati 300-400 kkal. Qimiz organizmda ovqat tarkibidagi oqsil va yog’larning tez hazm bo’lishiga yordam beradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, ishtaha ochadi, parhez va shifobaxsh xususiyatlarga ega. Qimiz tayyorlash va ichish zamonlardan beri, ayniqsa, ko’chmanchi chorvador xalqlar o’rtasida keng yoyilgan. Miloddan avvalgi 5-asrda Gerodot skiflar turmushini tasvirlaganda ularning eng yaxshi ko’radigan ichimligi oldindan alohida tayyorlab qo’yiladigan biya suti ekanligini qayd etgan. Qimizni davo maqsadlarida o’pka sili kasalligining oldini olish va davolashda, shuningdek, ayrim oshqozon-ichak kasalliklarida tavsiya qilinadi. Osiyo, qisman Yevropa mamlakatlarida Qimiz ko’p tayyorlanadi. Ad. .Panfilov N.E., Sut va salomatlik, T. 1991.