Qizilqum halqa yo’li
Qizilqum halqa yo’li — (R57) davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo’li. Navoiy viloyatining Karmana shahridan boshlanib, Qalqonota — Deboland — Nurota shahri — Qo’shquduq — Boymurot — Uchtepa — Utemurot — Tomdibuloq aholi punktlari orqali o’tib Zarafshon shahrida Navoiy— Uchquduq magistral yo’li (A379) ga tutashgan. Yo’l qurilishi 1969 yilda boshlanib, ” 1976 yilda to’liq foydalanishga topshirilgan. Qurilish sarf-xarajatlari Respublika qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan mablag’ bilan ta’minlangan (o’sha davrda “hayot yo’li” deb nomlangan). Umumiy uzunligi 477 kilometr, shundan 22 kilometr asphalt-beton to’shamali, 455 kilometr qora to’shamali, toifasi: 3 kilometr — I darajali, 2 kilometr — II darajali, 26 kilometr — III darajali, 446 kilometr — IV darajali. Yo’l hozirgi davrda Navoiy avtoyo’l birlashmasiga qaraydi. Yil bo’yi barcha transport turlarining uzluksiz harakati ta’minlangan. Qizilqum halqa yo’li, ayniqsa, qish faslida chorva mollarini yemxashak bilan ta’minlashda, qorako’lchilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Yo’lda sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish yuklari tashiladi, yo’lovchilarga avtotransport xizmatlari ko’rsatiladi.