Qizilsuv
Qizilsuv — Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyatidagi daryo. Panj daryosining chap irmog’i. Uzunligi 230 kilometr, havzasining maydoni 8630 km2. Vaxsh tizmasi tarmog’ining Janubiy yon bag’rida, 2840 metr balandlikda boshlanadi. O’ng irmog’i (Shakildara daryosi) ning quyilishigacha Mullokoni, pastroqda, o’ng irmog’i Safedobning quyilish joyigacha Safedsangob, undan keyinroq, o’ng irmog’i Talxobning quyilishigacha — Sho’robdaryo (surxob) nomlari bilan ma’lum. Qizilmozor shahri dan quyiroqda Daryo suvi uning chap irmog’i Yaxsuv bilan birga (Panjga quyilgungacha) sug’orishga sarflanadi. Buning uchun keng tarmoqlangan kanal, kollektorlar sistemasi tashkil etilgan. Asosiy irmoqlari: chapdan — tira, Obimozor, Kaliksoy, sho’rak, Yaxsuv, o’ngdan — Safedob, Talxak, Toirsuv (oxirgisi sho’r). Qor, qisman yomgir suvlaridan to’yinadi. To’linsuv davri Fevral— martda boshlanib iyun—iyulda tugaydi. O’rtacha yillik suv sarfi Boboxonshoid qishlog’i yonida 82 m3/sekunddan (ko’p suvli yilda) 15,1 m3/sekundgacha (kam suvli yilda) o’zgaradi. Samanchi qishlog’i yonida 146 m3/sekunddan 66 m3/sekundgacha.