Qayumov Temur Abdunabiyevich

Qayumov Temur Abdunabiyevich (1941.11.11, Toshkent) — kinooperator. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1981). Butunittifoq kinematografiya instituti (VGIK)ni tugatgan (1985). 1958-66 yillar Toshkent televidenie studiyasida teleoperator, 1966-2002 yillar “O’zbekfilm”da operator. “Bir kun va bir umr”, “To’quvchi”, “buloqlar”, “qahrabo don haqida so’z” kabi hujjatli, “qo’rqmas avtomobil poygachilari”, “Sen mening qo’shig’imsan”, “Shum bola”, “ilondan saqlaning!”, “Leningradlik jigarbandlarim”, “Oltin mo’yna”, “tog’lar uzra uzokdan kelgan akssado”, “jazirama quyosh ostidagi uy”, “Qandahorda toblanganlar”, “bir qadam o’ngga, bir qadam chapga”, “taqdir eshigi”, “olmos kamar”, “Qahramon” kabi badiiy filmlarni suratga olgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).