Norilsk

Norilsk — Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk o’lkasidagi shahar (1953 yildan). Dunyoda eng shimoliy shaharlardan biri (shimoliy Qutbiy doira orqasida joylashgan). Temir y’’l stantsiyasi (temir yo’l orqali Yeniseydagi Dudinka porti bilan bog;langan). Aholisi 151,2 ming kishi (1998). 1935 yilda konchilik-metallurgiya kombinati qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Rangli metallurgiya markazi. Nikel, kobalt, mis va boshqa rudalar qazib olinadi va qayta ishlanadi; toshko’mir qazib olinadi. Metallsozlik va qurilish materallari sanoati korxonalari ishlab turibdi. Messoyaxa-Norilsk gaz quvuri o’tkazilgan. Chekka Shimol qishloq xo’jalik ilmiy tadqiqot instituti, teatr, suratlar galereyasi bor.