Nozim Mulla Bilol
Nozim Mulla Bilol (1825, G’ulja — 1899, Yorkent) — uyg’ur shoiri. G’ulja madrasasida o’qigan. Xattotlik qilgan. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan. 1851 yil “G’azaliyot”devonini tuzgan. Manjur-Xitoy bosqinchilariga qarshi 1864-67 yillardagi ili qo’zg’oloniga bag’ishlangan “kitobi g’azot dar mulki Chin” (“chin imperiyasidagi urushlar haqida kitob”, 1876) tarixiy dostonida uyg’ur xalqining milliy qahramoni Sodir polvon jasoratini madh etgan. Xalq hikoyasi asosida yozilgan “chong mo’za Yusufxon” (“cho’qqi kulohli Yusufxon”, 1881) dostoni va “Nozugum” (1882) qissasida adolat va erkinlik, kishilarning baxt-saodat va yorqin kelajak yo’lidagi kurashi aks etgan.