Nasafiy, Abu al-Muti’
Nasafiy, Abu al-Muti’ (? – Nasaf — 930) — shoir. Hayoti va ijodiga oid ma’lumot kam. Arab tilida ijod qilgan. Bizgacha “al-Lu’luiyyot Fi-l-mavoiz” (“Mav’izalar durdonalari”) asarigina etib kelgan. Asar ibratomuz hikoyatlar, pand-nasihat, axloq mavzuidagi she’rlar, hikmatlardan iborat. Ularda to’g’rilik, halollik, rostgo’ylik, yaxshilik, ilmga intilish g’oyalari ulug’langan. Bu asar badiiy adabiyotda didaktik yo’nalishning shakllanishida, axloqiy-siyosiy yo’nalishdagi “Siyosatnoma” (Nizomul- mulk), “Qobusnoma”, “Qutadg’u bilig”, “Xibat ul-haqoyiq”, “Qissai Rabg’uziy” kabi asarlarning yaratilishida muhim rol o’ynagan. Uni Ma’mud ibn Hasan ibn qozi Oraj “Mayamin ut-tarjuman va munis ul-inson” (“tarjimon saodati va inson do’sti”) nomi bilan fors tiliga tarjima qilgan (1935). 1868 yilda forsiydan o’zbekchaga “Munis ul-inson” (“Insonlar do’sti”) nomida o’girilgan nusxalari Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida saqlanadi. Ad.: Ravshanov P., Adabiy sahifalar, T., 1985.