Nirenberg (Nirenberg) Marshall Uorren
Nirenberg (Nirenberg) Marshall Uorren (1927.10.4, Nyu-York) – Amerikalik biokimyogar. AQSh milliy Fanlar Akademiyasi (1967) va Amerika san’at va fan akademiyasi (1966) a’zosi. Michigan universiteti (1952— 57), artritlar va moddalar almashinuvi kasalliklari instituti (1957— 62) ilmiy xodimi, 1962 yildan Lingov yurak kasalliklari milliy instituti biokimyo genetikasi laboratoriya mudiri. Asosiy ishlari genetik kodning mazmunini ochib berishga bag’ishlangan. U poliuridil kislota polifenilalaninni sintez qilish uchun matrisa bulib xizmat qilishini isbotlab berdi. Nobel mukofoti laureati (1968, R. Xolli va X. G. Korana bilan hamkorlikda).