Neel nuqtasi
Neel nuqtasi, Kyuri antiferrmagnit nuqtasi — antiferromagnetik jismning o’ziga xos magnit xususiyatlarini yo’qotib, paramagnetik holatga o’tish temperaturasi (TN). Antiferromagnit jismlarning magnit va boshqalar. Fizik xossalari temperaturaga bog’liq ravishda o’zgaradi. Magnit kirituvchanlik temperatura ortishi bilan ortib boradi va ma’lum temperaturadan, ya’ni Neel nuqtasidan yuqori temperaturada antiferromagnetikning magnit tuzilishi buziladi va jism paramagnit bo’lib qoladi. Antiferromagnetiklarning nomagnit xossalari (issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlikdan kengayish koeffitsienti, elektr o’tkazuvchanligining temperatura koeffisienti va boshqalar) ning buzilishi eng yuqori qiymatga yetadi. Turli Antiferromagnetik moddalar uchun Neel nuqtasi turlicha bo’lib, mutlaq noldan 1000 K gacha yetadi. Masalan, FeCO3 uchun Neel nuqtasi 57 K, CrSr uchun esa 725 K. TN temperaturani aniqlagan L. Neel nomi bilan ataladi.