Nemirovich Danchenko Vladimir Ivanovich
Nemirovich Danchenko Vladimir Ivanovich [1858.11 (23).12, Ozurgeti, Gruziya — 1943.25.4, Moskva] — rejissyor, pedagog, teatr tanqidchisi, yozuvchi, dramaturg. Rus teatri islohotchilaridan. 1898 yil K. S. Stanislavskiy bilan Moskva Badiiy teatri (hozirgi MXAT) ni tashkil etgan. Truppaning ijodiy va tashkiliy ishlarini ham o’zlari amalga oshirganlar. “Repertuar rahbari” sifatida Chexov va M. Gorkiy nomidagi teatrlarni ham hamkorlikda ishlashga jalb etgan. Rejissyor sifatida aktyorlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratgan. Aktyor kechinmalarining kuchi va ta’sirchanligini sipolik, vazminlik bilan yetkazishga erishishga harakat qilgan. “Aka-uka Karamazovlar”, “Yakshanba”, “Yuliy Tsezar”, “Anna Karenina”, “dushmanlar”, “uch opa-singillar” kabi spektakllari katta Shuhrat qozongan. 20-30-yillar teatr qiyofasi an’anasi va yuksak mahoratini saqlab qolish maqsadida ehtiyotkorlik, uddaburonlik bilan ma’muriy va repertuar siyosatini olib bordi. 1919 yil Musiqali studiya (1941 yildan Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko nomidagi musiqali teatr)ni tashkil etdi. “Yangi ish”, “oltin” kabi pyesalar, “eski uy”, “sahna ortidagi drama” singari romanlar hamda qissadar yozgan.