Ishoq

Ishoq — Qur’onda nomi zikr etilgan payg’ambarlardan biri; Ibrohim (as) ning Sora ismli ayolidan tug’ilgan o’g’li. Bibliyada Isaak nomi bilan ma’lum. “Bani Isroil” qavmining barcha payg’ambarlari Ishoq (as) avlodidandir. Rivoyatga ko’ra, yoshi 90 ga yetgan Sora Ishoqga homilador bo’ladi va u tug’ilgach, “Yashak” (Arabcha “kuladi” ma’nosida) deb nom qo’yadi. Bunday nomlanishidan maqsad, ota-onasi shu yoshga yetganda farzand ko’rganini eshitgan barcha odam taajjublanib kulishi tabiiy edi. Ishoq (as) voyaga yetgach, Rifqa nomli qizga uylanadi va undan egizak farzand ko’radi. Ular Iysu va Yaqub edilar. Rivoyat qilinishicha, Ishoq, (as) 180 yil umr ko’rgan, Madinada dafn etilgan.