Ishoq, Ishoq turk

Ishoq, Ishoq turk (8-asr) – Movarounnahrda Abbosiylarga qarshi xalq qo’zg’oloni (755 yil) rahbari. Abu Muslimiing jo’shqin tarafdori. Garchi savodsiz bo’lsada, xalq orasida katta obro’ga ega edi. U Abu Muslimning elchisi sifatida turkiylar xokrni huzuriga borib kelganidan so’ng, “Ishoq turk” nomi bilan xalq orasida tanilgan. Ishoq qo’zg’oloni Sunbod harakati bilan bir vaqtda bo’lgan. U o’zini zardushtiylardan hisoblardi. U boshchilik qilgan harakat beshafqat bostirilgan, biroq uning tarafdorlari abbosiylarga karshi faol siyosiy kuch sifatida uzoq vaqt davom etib keldi.