Izoterma

Izoterma (izo… va Yunoncha therme — issiqlik) — termodinamik holat diagrammasida sistemadagi izotermik jarayonni ifodalovchi chiziq. Termodinamik holat funktsiyasi temperatura T bosim r va hajm V orqali aniqlanganda T= T(r, V), izotermik jarayonda temperatura o’zgarmas (dT= 0) bo’lgani uchun Izoterma tenglamasi quyidagicha bo’ladi. Ideal gaz a=fS= 1/7″ Izotermasi uchun yuqoridagi tenglamadan giperbolani ifodalovchi pV= const tenglama olinadi. Real sistema Izotermasi sistemaning holat tenglamasidan aniqlanuvchi a va r ga bog’liq; holat tenglamasini aniqlash esa murakkab muammo. Rasmda eksperimental Izoterma sxematik tarzda tasvirlangan (g,< T2< GK< 7); masalan, g, = const Izotermasi: AV bir fazali (suyuqlik) holat Izotermasi, vs ikki fazali (suyuqlik va gazsimon) holat Izotermasi (izobara) va CD bir fazali (gazsimon) holat Izotermasidan iborat; VKS chiziq bir fazali holatlarni ikki fazali holatlardan ajratadi; K — kritik nuqtadan yuqorida (Tk< T= const) faqat bir fazali gazsimon holatlarning Izotermalari mavjud bo’ladi.