Italiklar

Italiklar — miloddan avvalgi 2-ming yillikda Apennin yarim oroliga ko’chib kelib o’rnashgan hind-Yevropa qabilalari. Etnik va til jihatdan Laiiya va Janubiy Etruriya viloyatlarida yashovchi lotinfalisk kabilalari va Janubiy Italiyagacha bo’lgan yerlarda yashovchi umbr-Sabel (yoki oskumbr) qabilalari (bruttiylar, kampaniyaliklar, lukanlar, sabinlar, Samnitlar)ga bo’linadi. Italiklar, asosan, chorvachilik, ba’zi qabilalar (lotinlar, osklar) dehqonchilik bilan shug’ullangan, ularda patriarxal tuzum saklangan. Uzoq davom etgan urushlar natijasida Italiklar rimliklar tomonidan bo’ysundirilgan, qardosh lotin tili italiy tillarini siqib chiqargan. Italiklarning ayrimlarigina Rim fuqarosi huquqlariga ega bo’lgani, ularning aksariyati esa rimliklar tomonidan asoratga solingani sababli, Italiklar tez-tez qo’zg’olonlar ko’tarib turishgan; ulardan eng yirigi — “Ittifoqchilik urushi” deb atalmish qo’zg’olon (miloddan avvalgi 90— 88-yillar) natijasida italik zodagonlarning siyosiy talablari (Rim fuqaroligi huquqiga ega bo’lish) qondirilgan. Shu davrdan boshlab Rim va Italiklar fuqarolari o’rtasidagi farq yo’qolgan.