Italiya banki

Italiya banki (Banca d’ltalia) -Italiyaning Markaziy davlat banki. 1893 yilda tashkil etilgan. Mamlakat hududida 23 ta idorasi va 97 ta bo’limi, Londonda vakolatxonasi bor. 1926 yilgacha Italiya banki Neapol banki va Sitsiliya banki bilan hamkorlikda banknotlar emissiyasini amalga oshirgan, 1926 yildan banknotlar chiqarish bo’yicha monopol huquqqa ega bo’lgan. 1936 yildan “banklar banki”, ya’ni faqat banklar va davlat moliya institutlarini kreditlaydi. Bank xuzurida mamlakatdagi tijorat banklari faoliyatini nazorat qiladigan kreditlar va omonatlar bo’yicha vazirliklararo qo’mita tashkil etilgan. Tijorat banklari 1947 yildan boshlab o’z rezervlarini depozitlar yoki davlat qimmatli qog’ozlari ko’rinishida Italiya bankida saqlashlari shart edi. Bu depozitlar asosida Italiya banki xazina veksellari chiqarib kelgan. 1998 yil 1 iyundan Yevropa Markaziy banki tizimiga kiradi. 1999 yildan yevro muomalaga kirishi bilan uning barqarorligini saqlash, Italiya hududida pul siyosatini tartibga solish vazifalarini bajaradi.