Petuniya

Petuniya, pakana tamakigul (Petunia) — ituzumdoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’simliklar turkumi. Poyalari past bo’yli, uch qismi ko’tarilib (40-50 santimetrcha) o’sadi. Bargi tuxumsimon, yaxlit. Guli yirik, oq, binafsha va qizg’ish, yakka, uzun bandli, novdalarning uchidagi barg qo’ltig’ida joylashgan. Mevasi — ko’sakcha, 14-15 (boshqa ma’lumotlarga ko’ra, 40) turi ma’lum. Vatani — Shimoliy Amerikaning janubi va Janubiy Amerika. Duragay Petuniyaning ko’p navlari manzarali o’simlik sifatida gulzorlarda o’stiriladi. Oddiy va baxmalsimon gulli navlari ham bor.