Piyola

Piyola — uy-ro’zg’or buyumi; tubidan yuqoriga tomon kengayib boradigan taglikli idish. Xosyadan kichik hajmda bo’ladi, asosan choy ichiladi. Piyolaning katta (nimkosa), o’rtacha va kichik xillari bor. Piyola chinni, sopol va boshqa xom ashyolardan tayyorlanadi, nafis jozibador islimiy naqshlar bilan (metall Piyola kandakori usulida) bezatiladi, hallanadi. Avvallari qaymoq, asal, murabbo solishda katta Piyoladan foydalanilgan, hozir kichik Piyola ishlatiladi. Arxeologax topilmalar Piyolaning kadimdan tayyorlanganligini ko’rsatadi.