Piri (Peary) Robert Edvin

Piri (Peary) Robert Edvin (1856.6.5, Kresson, Pensilvaniya — 1920.20.2, Va- shington) — Arktikani o’rgangan amerikalik tadqiqotchi, admiral (1911). Grenlandiyaga bir necha marta ekspeditsiya uyushtirib, uning shimoliy qismini 2 marta kesib o’tgan (1892, 1895). 1909 yil 6 aprelda itlar qo’shilgan chanada 4 kishi hamrohligida shimoliy qutbga yetib borgan. Grenlandiya shimoldagi yarim Orol (piri Eri) va Kanada Arktika arxipelagining shimoldagi bo’g’oz Piri nomi bilan atalgan.