Postolov Mixail Petrovich

Postolov Mixail Petrovich (1913.8.11, Kiyev — 1990.8.4, Toshkent) — xirurg, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari doktori (1954), professor (1960). Kiyev tibbiyot institutini tugatgan (1938). Urush qatnashchisi (1941-45). 1958 yildan TOShti xirurgiya kafedrasida mudir. Ilmiy ishlari me’da, ichak, jigar kabi a’zolar kasalliklarini, shuningdek, umurtqa pog’onasining o’q tegib jarohatlanishini xirurgik usulda davolashga oid. As: klinikorentgenologicheskie Paralleli pri portalnoy gipertenzii, T., 1968; funktsiya Pochek pri tsirroze s sindromom portalnoy gipertenzii (hamkorlikda), T., 1971.