Prasad Rajendra

Prasad Rajendra (1884.3.12, Zeradei, Bixar — 1963.28.2, Patna) — Hindiston siyosiy va davlat arbobi. Kalkutta universitetida o’qigan. 1911 — 16 yillarda Kalkutta, 1916-20 yillarda Patna Oliy sudida advokat, 1911 yildan Hindiston Milliy Kongressi (HMK) a’zosi, raisi (1934, 1939 va 1947— 48). 1950 yildan Hindiston Respublikasi muvaqqat prezidenti. 1952-62 yillarda Hindiston prezidenti.