Piperazin

Piperazin (geksagidropera-zin, dietilendiamin), C4H10N2 — rangsiz kristall modda. Molekulyar modda 86,14; suyuqlanish temperaturasi 112°, qaynash temperaturasi 146°, suvda, spirtda yaxshi eriydi, efirda erimaydi; havodagi S02ni yutadi. Piperazin — 2 kislotali kuchli organik asos. Dixloretan bilan ammiakdan etilendiamin ishlab chiqarishda oraliq mahsulot. Pirazinni gidrogenlab, etilen bromidga ammiak ta’sir ettirib va boshqa usullarda olinadi. Piperazin — karroziya ingibitori, xloropren polimerlanishi jarayonida katalizator. Analitik kimyoda va tibbiyotda adilin, limon, fosfat, sulfat kislotalar tuzlari ko’rinishida qo’llanadi.