MADANIY O’SIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI

MADANIY O’SIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI – Er sharida o’simliklarning muayyan turlari dastlab madaniylashtirilgan (dehqonchilikda ekilgan) va ularning Ge- netik xilma-xilligi eng ko’p bo’lgan Geo- grafik markazlar. M.o’.k.ch.m. to’g’risidagi ta’limot madaniy o’simliklar selektsiya- si va ularning navlarini yaxshilash uchun boshlang’ich materiallarga ehtiyojlar tu- fayli yuzaga kelgan. Unga Ch. Darvinning biologik turlarning kelib chiqishida geografik markazlarning mavjudligi to’g’risidagi g’oyalari asos bo’lgan. 1883 y.da shveytsariyalik botanik olim A. De- kandol eng asosiy madaniy ekinlar bir – lamchi kelib chiqqan geografik o’lkalarni ta’riflab berdi. Lekin unda juda keng hududlar ko’rsatilgan bo’lib, ayrimla- rining maydonlari deyarli qit’alar chegaralariga to’g’ri kelar edi. 1925-39 y.larda M.o’.k.ch.m. nazariyasini eng iz- chil holda N. I. Vavilov ishlab chiqdi. N.I.Vavilov o’zi va b. botanik olim- lar tomonidan ilmiy ekspedisiyalarda to’plangan jahon o’simlik resurslari (250000 ga yaqin namunalar kollektsiyasi) to’g’risidagi juda katta materiallarga tayangan holda M.o’.k.ch.m.ning 8 ta aso- siy geografik markazi yoki o’choqlarini ko’rsatib berdi: Xitoy markazi (soya, tariq, turli sabzavot va mevali ekin- lar vatani); Hindiston markazi (mada- niy o’simliklar turlarining deyarli 1/3 qismi; sholi, shakarqamish, baklajon, bodring, mevali ekinlar vatani); O’rta Osiyo markazi (no’xat, China, kunjut, Max- sar, yasmiq, ko’pgina sabzavotlar — piyoz, sarimsoq, ismaloq, mevalar — o’rik, nok, tok, bodom vatani); G’arbiy Osiyo marka- zi (bug’doyning ko’pgina turlari, ikki qatorli arpa, javdar, beda, karam tur- lari, sabzi, anjir, anor v b.); O’rta den- giz, markazi (zaytun, tseratoniya daraxti, juda ko’p ozuqa va sabzavot ekinlari va- tani); Efiopiya markazi (bug’doy, arpa, moyli ekinlar, bananning alohida bir turi, kofe daraxti va b. vatani); Marka- ziy Amerika markazi (90 ga yaqin oziq- ovqat, texnika va dorivor o’simliklar, shu jumladan, makkajo’xori, uzun tolali g’o’za, loviyaning bir necha turi, qovoq, kakao, mevali o’simliklarning ko’pgina turlari vatani); Janubiy Amerika Mar- kazi (ko’pgina ildizmevali o’simliklar, birinchi navbatda, kartoshka, oka, xina daraxti va koka butalari vatani). O’tmishda ayrim o’simliklar bu aso- siy markazlardan chetda madaniy ekin- larga aylantirilgan. Lekin bunday o’simliklar soni juda kam. N. I. Vavi- lov birlamchi (eng kad.) va ikkilamchi (dehqonchilik mintaqalari o’rtasida to- var ayirboshlash va o’zaro aloqalarning rivojlanishi b-n bog’liq holda keyincha- lik paydo bo’lgan) M.o’.k.ch.m. borligini ko’rsatadi. Agar ilgari Dajla, Furot, Gang, Nil va b. yirik da-ryolar vodiylari qad. dehqonchilik markazlari bo’lgan, deb hisoblangan bo’lsa, N. I. Vavilov deyar- li barcha madaniy ekinlar tog’li, tropik, subtropik va mo”tadil mintaqalarda paydo bo’lganligini ko’rsatib berdi. Etishtirilayotgan ko’pchilik madaniy ekinlarning asosiy geografik Mar- kazlari fakat o’simlik boyliklaridan tashqari eng qad. dehqonchilik madani- yati b-n ham bog’likdir. Hindiston Mar- kazi qad. Hindiston va Hindixitoy ma- daniyati b-n, O’rta Osiyo markazi 6 ming yillik tarixga ega bo’lgan etrus, ellin va Misr madaniyati b-n bog’liq va h.k. Shunday qilib, yovvoyi o’simliklardan foydalanishda ularning sifat tarkibi, rivojlangan dehqonchilik madaniyati va tegishli ravishda yirik-yirik aholi manzilgohlarining mavjudligi katta rol o’ynagan. N. I. Vavilovning shogirdi P. M. Jukovskiy o’simlik genofondlari (q. Genetik fond) bo’yicha dunyo miqyosida to’plangan juda katta ma’lumotlar- ni tahlil qilish asosida madaniy o’simliklar kelib chiqqan va yangi shak- llar paydo bo’lgan 12, jumladan, 4 ta megagen markazlarini ajratdi (xa- ritaga q.). Bulardan tashqari, mada- niy o’simliklarga genetik jihatdan qarindosh endemik yovvoyi turlarning ajralib (alohida bo’lib) qolishi tufay- li paydo bo’lgan 12 ta mikromarkaz ham ajratilgan. M.o’.k.ch.m. haqidagi ta’limot- ning asosiy nazariy mohiyati mada- niy o’simliklarda tur hosil bo’lish jarayonining muayyan geografik joyga bog’liqligini ko’rsatishdir. N. I. Vavilov kashf qilgan irsiy o’zgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar qonuni katta amaliy ahamiyatga ega bo’lib, amaliy selektsiyada qimmatli boshlang’ich material bo’la oladigan, muhim xo’jalik belgilarining Nodir genlariga ega o’simliklarning yangi shakllarini yara- tishiga imkon beradi. Madaniy ekin- larning aksariyati dehqonchilikda 5— 8 ming yildan beri ekiladi. O’simliklar madaniylashtirilgan sari o’z marka- Zidan uzoqlashib yangi tuproq-iqlim sharoitlarda ekila boshlaydi. Sun’- iy va tabiiy tanlanish natijasida o’simliklarning genotiplari, morfo- logik va biologik belgilari uzgaradi. Genotip o’zi shakllangan mintaqasidan boshqa mintaqalarga tarqalgan sari uning biol.ga mos sharoit texnologik tadbirlar orqali yaratiladi. Mas, Makka- juxori yaxshi tuplanadigan va sershoxli tipik qisqa kunli tropik o’simligidir, ammo yangi navlari va duragaylari 55° shim. kenglikda ekiladi; soya issiqsevar o’simlik, 3500-4000° foydali harorat yig’indisini talab etadi, ammo uning shim. ekotipi 1750-1800° da pishadi. N. I. Vavilov va b. olimlarning mehnati tufayli [mas., O’zbekiston FA Genetika va o’simliklar eksperimental biolo- giyasi in-tida g’o’zaning kelib chiqishi markazlariga akad. A. Abdullaev bosh- chiligida Meksika (1975), Peru (1984), Shri Lanka, Hindiston, Xitoy (1989— 90), Avstraliya (1997)ga ek-spedisiyalar uyushtirilgan] er sharining turli mam- lakatlariga o’tkazilgan juda ko’p botanic ekspedisiyalar natijasida faqat miqdor emas, balki xilma-xilligi jihatidan ham boy bo’lgan, jahondagi eng yirik va noyob madaniy o’simliklar hamda ular- ning yovvoyi ajdodlari kollekdiyalari yaratilgan. Dunyo kollektsiyasi namunala- ridan foydalanish asosida turli q.x. ekinlarining 1200 dan ortiq navlari yaratilgan. Madaniy o’simliklarning kelib chiqish va shakl hosil qilish megamarkaz- lari (P. M. Jukovskiy) I. Xitoy-Yaponiya (soya, yum-shok bug’doy, tariq, qo’noq, marjumak va b. vatani). II. Indoneziya-Hindixitoy (suli, shakarqamish, banan, murch, sab- zavot ekinlari). III. Avstraliya (yovvoyi sholi turlari, Avstraliya g’o’zalari, sebarga turlari, ta- maki, evkalipt, tropik daraxtlar turla- ri). IV. Hindiston (sholi, hind bug’doyi, shakarqamish, Osiyo g’o’za turlari, baqlajon, bodring, Mango). V. O’rta Osiyo (O’zbekiston, Toji- kiston, Afg’oniston, G’arbiy Tyanshan tog’lari; ko’k no’xat, xashaki dukkakli- lar, no’xat, mosh, afg’on javdari, maxsar, yasmiq, o’rik, shaftoli, olma, qovun, g’o’za turlari va b.). VI. G’arbiy Osiyo (Tog’li Turkmani- ston, Eron, Zakavkaze, kichik Osiyo, ara- biston ya. o.; bug’doy turlari, arpa, Jav- dar, suli, beda, tok, chirmashib o’sadigan zig’ir, nok, gilos, anjir, anor, qovun, sabzavot ekinlari). VII. O’rta dengiz (zaytun, suli, bug’doy turlari, dukkakli ekinlar, sebarga turlari, zig’ir, karam, lavlagi, sabzi, sholg’om, turp, piyoz, sarimsoq, ko’knor, oq xantal). VIII. Afrika (jo’xori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, moyli palma, DUK- kakli ekinlar, kunjut, kofe, g’o’za turla- ri). IX. Evropa-Sibir (tolali zig’ir, duragay sebarga, beda turlari, kendir, xmel, nasha, meva, sabzavot ekinlari). X. Markaziy Amerika (makkajo’xori, uzun tolali g’o’za turlari, loviya, kungaboqar, qovoq, maxorka, qalampir, kartoshka turlari, ko’p yillik o’simliklar). XI. Janubiy Amerika (madaniy kar- toshka, pomidor, tamaki, ananas, ko’p yil- lik arpa, er yong’oq, gurchsimon (chatnaydi- gan) makkajo’xori turlari). XII. Shimoliy Amerika (arpa turla- ri, lyupin turlari, ko’p yillik o’tsimon kungaboqar turlari, meva, sabzavot, reza- vor o’simliklar). Ad.: Jukovskiy P. V., Mirovoy geno- fond rasteniy dlya selektsii, L., 1970; Sinskaya E. N., Istoricheskaya geografiya kulturnoy Flori, L., 1969; Hasanov U. H., Madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazlari, T., 1989. Halima Otaboeva.