Myuonlar

Myuonlar (ts,+— mezonlar) — spini -j ga teng bo’lgan turg’unmas ele- mentar zarralar; yashash davri 2,2-10″6c, massasi elektron massasidan taxm. 207 marta ortiq. Musbat zaryadlangan ts+ va manfiy zaryadlangan ts~ M. mavjud. Ular bir-biriga nisbatan zarra va antizarra xisoblanadi. M. leptonlar sinfiga ki- radi, ya’ni elektromagnit va kucheiz o’zaro ta’sirlarda qatnashadi, kuchli o’zaro ta’- sirlarda esa qatnashmaydi. M. birinchi marta kosmik nurlarpa Amerika fizi- klari K. Anderson va S. Neddermeyerlar tomonidan kuzatilgan (1936). Kosmik nurlarda va zaryadlangan zar- ralar tezlatkichlarida (yuqori energiya- li) M., asosan ya-mezon (pionlar) hamda K-mezonlarning parchalanishidan xrsil bo’ladi, p va K-mezonlar esa o’zaro kuch- li ta’sirlashuvchi zarralar (adronlar) to’qnashganida, mas, protonlar r yadro b-n ta’sirlashganida yuzaga keladi. Shuning- dek, M. mezonlarning elektromagnit parchalanishida ham hosil bo’ladi. M.ning biror muhitdan o’tuvchanlik qobiliyati adronlar, elektronlar u-kvantlarga nisbatan ancha yuqori. Shuning uchun ular er atmosferasidan o’tibgina qolmay, erning o’ziga ham ancha- gina kiradi. Tajribalar 1012-1013 ev energiyali kosmik nurlarning bir necha km chuqurlikkacha o’tishini ko’rsatdi.