Insulin

Insulin (lot. insula — orolcha) — hayvon va odamning oqsil tabiatli gor- moni. Me’da osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladi. Kana- dalik olimlardan F. Banting b-n Ch. Best birinchi bo’lib ajratib olishgan (1921— 22). Mol. m. 6000. I. moleku-lasi dis- ulfid bog’lari b-n birikkan ikkita po- lipeptid zanjirdan tuzilgan bo’lib, 51 aminokislota qoldig’idan tashkil top- gan. I.da aminokislo-talar qoldig’ining ketma-ket joylashuvini ingliz biokimyo- Gari F. Sanger aniqladi (1945-56). Bu I.ni kimyoviy yo’l b-n sintez qilishta imkon berdi. I. kimyoviy va gen injener- ligi yo’li b-n sintez qilingan. I. ami- nokislotalar tartibi birinchi bo’lib aniqlangan oqsil moddadir. I. glikogenning parchalani- shi va jigarda glyukoza sintezla- nishini to’xtatib, qondagi qand miqsorini kamaytiradi. Ayni vaqtda, hujayra mem-branalarining glyukoza o’tkazuvchanligini oshiradi, natijada, to’qimalarga glyukoza o’tishiga imkon tug’iladi. Organizmda I. etishmasligi qandli Di-abetta sabab bo’ladi. Uni da- volashda qo’llaniladigan I. preparatla- ri (so’yilgan qoramolning me’da osti be- Zidan tayyorlanadi): amorf rux-insulin suspenziyasi, protamin-rux-insulin eritmasi, protamin-insulin suspenziya- si va b. I.ga karaganda ancha uzok, ta’sir etadi. Darmonsizlik, ishtaqa yo’qolishi va b. ba’zi kasalliklarda oz-ozdan I. in’ektsiya qilish buyuriladi. Intoksika- tsiyalar (mas, homiladorlarning tinmay qusishi), shizofreniya va jigar kasalli- klarini davolashda ham buyuriladi. I. ovqat eyishdan 30— 60 min. ilgari teri osti yoki muskul orasiga yuboriladi. U oqsil bo’lganidan hazm shiralari ta’si- rida emirilib ketadi, shuning uchun uni ichish naf bermaydi. 6-8 soatdan keyin takror in’ektsiya qilinadi. Insult (lot. insulto — chovut solmoq, hujum qilmoq) — bosh miyada qon aylanishning to’satdan buzilib, miya to’qimasining zararlanishi va funktsiyasining izdan chiqishi; miyaga qon quyilishi. Giper- toniya kasalligi, miya tomirlari atero- sklerozi, anevrizma, vaskulit va b. bir qancha kasalliklar I.ga sabab bo’la oladi. Gemorragik va ishemik I. farq qilinadi. Gemorragik I. yoki Apop- leksiyada miyaga qon quyiladi. Garchi I. ko’pchilik odamlarda to’satdan pay- do bo’lsada, biroq kasallik nishona- si oldindan seziladi. Mas, giperto- niya kasalligi va aterosklerozda miyaga to’satdan, ko’pincha kishi hayajonlanganda qon quyiladi. Ba’zan bosh g’uvillaydi, og’riydi, aylanadi, boshda og’irlik se- ziladi. Qon quyilishi (gemorragiya) miya to’qimasini emirib, tegishli funk- tsiyalarni buzadi; kishi hushdan ketib, qusadi, yuzi qizaradi, tez-tez chuqur, ko’pincha xirillab nafas oladi, pulsi tarang va siyraklashgan bo’ladi, t-rasi ko’tariladi, siydik va najasi kelmay qoladi yoki beixtiyor chiqib ketadi. Hayot uchun xavfli bu holat 1-3 kun davom etib, keyin bemor hushiga keladi va mi- yaning biror sohasi zararlanganligi- ni ko’rsatuvchi belgilar yuzaga chiqadi; ko’pincha gavdaning o’ng yoki chap qismi FA- laj bo’ladi (gemiplegiya), bemor tildan qoladi yoki tuzuk gapira olmaydi. Bir necha oydan keyin falaj deyarli barham topishi, bemor yana tilga kirishi mum- kin. Ishemik I. miya tomirlarining trom- bozi natijasida paydo bo’ladi, bu miya to’qimasining yumshashi — miya infar- ktiga sabab bo’ladi. Bosh og’rishi, ayla- nishi kabi dastlabki belgilar paydo bo’lgandan keyin bemor hushdan ket- may, qo’l yoki oyoq uvishadi, so’ngra parez yoki falaj bo’ladi, sezish krbiliyati yo’qoladi yoki pasayadi, nutq bu-ziladi. Bemorning rangi o’chgan, ko’z qorachiklari tor, pulsi zaif, ammo t-rasi normal bo’ladi. Buzilgan funktsiyalar bir necha oyda asliga kelishi mumkin. Emboliyaga aloqador I.da miyada qon aylanishi to’satdan (ba’zan jis- Moniy zo’riqishdan) buziladi. Em- boliyadan oldin kishining umumiy ahvoli og’irlashadi: darmoni quriydi, halloslaydi, yuragi “o’ynaydi”, t-rasi ko’tariladi. Miya to’qimasi qonsizlanganligi tufayli qo’l-oyoq FA- laj bo’ladi, sezmaydi, ba’zan nutq bu- ziladi. Buzilgan funktsiyalar 1-3 oy ichida (ba’zan to’la) tiklanishi mum- kin. I.ning dastlabki belgilari paydo bo’lganda darhol vrach chaqirish, bemor- ni tamomila tinch qo’yish kerak. Keyin u vrach maslahati b-n parvarish qilinadi. Oldini olish uchun dam olish, mehnat qilish va ovqatlanishni to’g’ri yo’lga qo’yish; ruhiy-asabiy zo’riqmaslik, tomir kasalliklarini o’z vaqtida da- volatish lozim. Davo nafas olish va yurak-tomir sistemasi faoliyatini barqarorlashtirish, miyaning qon b-n ta’minlanishini yaxshilash, miyada shish paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, jarrox- lik usuli yoki zarur dori-darmonlar b-n bemor sog’ligini tiklash, shifobaxsh ba- dan tarbiya, massaj va h.k.dan iborat.