Internet

Internet [lot. inter — aro va net (work) — tarmoq] — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoklarini o’zaro bog’lovchi Butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik o’rni, zamon va makondan qat’i nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoklar o’zaro xamkorlikda global informasiya in-fratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi b-n boshqariladigan barcha Hosila tarmoqdar hamkorlikda iste’molchilarga informa- tsiyani saqlash, e’lon qilish, jo’natish, qabul qilish, izlash va ma’lum bo’lgan barcha variantlar (matn, tovush, videotas- vir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. ko’rinishlar) da informasiya Alma- shinishga imkon yaratadi. I. tizimi 20-a. 60-y.larida paydo bo’ldi. O’sha paytlarda Amerika mudo- FAA departamenti tashabbusi b-n kom- pyuterlar telefon tarmoklariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat ta- komillashtirilgan loyihalar agentligi (Akra) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga to’g’ri keldi. AQSh mu-dofaa departamenti urush bo’lib qolgan taqdirda oddiy kommunikasiya vosita- lari ishdan chiqqudek bo’lsa, o’rniga yangi qo’shimcha kommunikasiya vositalarini izlash b-n faol shug’ullandi. 60-y.lar oxiri va 70-y.larda I. tarmog’i uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki o’n yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron li- niyalari FA-oliyati doirasi b-n cheklan- Di. I.ning beqiyos rivojlanish sur’ati davlat, ta’lim, akademik va ijtimoiy tuzil-malarning o’ziga xos umumiy mo- liyaviy va intellektual ulushiga bog’liq bo’ldi. 20-a. 70-y.larida turli tarqoq kom- pyuterlar tarmoklari orasida in- formasiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular o’zaro hamkorlikka doir kaydnomalar — Internetworking protocols (IP) bo’lib, glo- bal tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP o’rnatgan tar- tibga ko’ra, har qanday alohida tarmoq informasiyani ko’p tarmoqlar op-kali “birinchi punktdan to oxirgi punktga- cha” etib borishini nazorat qilishi lo- zim. Shuning uchun I. negi-zini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi. I. rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSh mudofaa departamenti mablag’b-n ta’minlagan. 70-y.lar oxiriga kelib esa, asosan, uch ta’minlash manbai ajralib turdi: Xu- kumat, un-tlar va tadqiqot lab.lari (shu jumladan mustaqillari ham). 80-y.larda I. o’ziga xos tarzda uni- Versal ko’lamlargacha rivojlana boshla- Di. O’sha davrda I. vositasida uzatila- digan informasiyaning o’sishi “oy-iga 20 foizdan ko’paytirib borish” shiori ostida bordi. Mac, AQSh ning asosiy tarmog’i bir sekundda 165 mln. bayt informasiyani qayta ishlaydi va uzata- Di. Bu sur’at bir sekundda “Brittanika” entsiklopediyasi”ni uzatish uchun etarli. 80-y.lar o’rtalarida I.ni jamoat va ti- jorat tarmoklariga ulash natijasida I. tizimi ham ko’lam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-y.larda I. tizimini boshqarish borasida tub o’zgarishlar yuz berdi. I. standartlar tizimi hisoblanadi. U o’z faoliyatida o’zini o’zi rostlab tu- rish, o’zini o’zi boshqarish falsafa-siga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yo’q. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa “Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar “Internet Architecture Board” (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-a.ning oxirgi o’n yilligi- da I. tizimi beqiyos darajada o’sdi. Agar 80-y, lar oxirida I. tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 90-y.lar oxi- riga kelib ularning soni o’nlarcha mln. gaetdi. I. xizmatidan foydalanuvchilar soni butun er yuzi bo’yicha 160 mln. kishi- ni tashkil qildi (1999). Shveytsariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media ti- zimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa “bog’lash”ning ancha ta- komillashgan usulini ishlab chikdi. U “World Wide Web” (“Jahon o’rgimchak uyasi”) tizimida o’z aksini topdi. Bu ti- zim I.ni o’ziga xos ommaviy axborot vo- sitasiga aylantirdi hamda u informa- tsiya texnologiyalari, radio-eshittirish va telekommunikasiya imkoniyatlariga ega bo’ldi. Endi I. faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatish- ga, voqea yuz berayotgan joydan to’g’ridan- to’g’ri olib berishga ham qodir. I. barcha an’anaviy informasiya ti- zimlari — telekommunikasiya, tele- radioeshittirish, informasiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uyg’unlashtirib qo’llanganligi uchun u bir necha vazifani — informasiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vo- sitasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, ta’lim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informa- tsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bo- zor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informasiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qo’shilish imko-nini beradigan vosita vazifasini o’taydi. Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun I.dan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (I. b-n aloqa o’rna- tishga xizmat ko’rsatadigan kompaniya- lar), I. informasiyasi iste’molchila- ri soni ham ko’paymoqda, informasiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida I. ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, in- formasiya agentliklari, i. ch. xdmda sav- do kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmog’i yoki sun’iy yo’ldosh orqali I.ga chiqish mumkin bo’ldi. Buning uchun I. b-n aloqa o’rnatishga xizmat ko’rsatadigan kompaniyalar — provayderlar bo’lishi lozim. O’zbekistonda I.ga ulashga doir informasiya xizmatlari 1997 y.dan ko’rsatila boshladi. Dastlab Naytov (http://www.naytov.com), Uznet (http:// www.uznet.net) yoki Istlink (http://www. eastlink.uz) kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). O’zbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlash- tirish va AV-tomatlashtirish sohalari I. tarmog’ining aloqa funktsiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. I.ga ulangan abonent uydagi yoki ishxonada- gi kompyuter orqali, aytaylik, AQSh, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuter- larga kiritilgan xilma-xil mavzudagi ma’lumotlarni matn, surat yoki vide- otasvir ko’rinishida olishi mumkin. Bu ma’lumotlar I. tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkala- rida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirish- ga yordam beradi. Ular “qidiruv dviga- teli” deb ataladi, ma’lumotlarning mundarijasini ma’lumotnoma (spra- vochnik) kabi saqlaydi va o’sha ma’lu- motlar joylashgan “Internet adresi”ni abonentga beradi. Mazkur adres bo’yicha ma’lumotlar “Internet varaqchalari” da saqlanadi. Abonent biror ma’lumotni, mas, “paxta” so’zini qidiruv dvigateli orqali qidir-sa, shu so’zga tegishli ma’- lumotlarni, paxta b-n ish olib boradi- gan kompa-niyalar ro’yxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi. I. varak- chalari shaxsiy va rasmiy bo’lishi mum- kin. Shaxsiy varaqchalar alohida shax- slar tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, tashki- lotlar, kompaniyalarga tegishli bo’ladi, ularda hukumat idoralariga doir ma’lu- motlar saqlanadi. I. orqali savdo-sotiq ishlari, kom-paniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yo’lga qo’yish, I. varaqchalarida surat- lar b-n berilgan mahsulotlarni xarid qilish mumkin. Xalqaro I. tizimida O’zbekiston haqida xam ma’lumotlar bor. Rasmiy varaqchalardan O’zbekiston hukumati varaqchalari, O’zbekistonning AQSh dagi elchixonasi varaqchalari va b. ko’plab rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda O’zbekiston Respublikasiga tegishli deyarli barcha ma’lumotlar bor. Bular- dan tashqari, O’zbekistonga taal-luqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: “Umid” varaqchasi, o’zbek estradasi haqidagi varaqcha va b. 2000 y. fevral oyidan boshlab I. efiriga O’zbekiston televi- deniesi (o’z TV) ning “axborot” dastu- ri chiqa boshladi, o’z TV sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda. Informasiya resurelariga oid ko’p masalalarni re- spublikadagi yirik kutubxonalar shu sohadagi I. tarmog’i ko’lamiga suyangan holda hal qiladi. Mas, tibbiyot kutub-xonasi, Respublika ilmiy-texnika ku- tubxonasi, O’zbekiston FA nin g asosiy kutubxonasi va b. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni ta’- minlash dasturini ishlab chiqishni tash- kil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori (2001) O’zbekistonning bu bo- Rada xalqaro miqyosda o’z mavqeiga ega bo’lishiga xizmat qiladi. O’zbekistonda ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog’i O’zPAK Davlat kompaniyasi va O’znet tarmog’idan iborat. I.dan foydalanuvchilar soni, mas, AQSh da 55 mln., Xitoyda 55 mln., Yapo- niyada 8 mln.dan oshib ketdi. Key-ingi o’rinlarni Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli chegarani egallamoqda. O’zbekistonning deyarli barcha hududlarida xa-lqaro I. tarmog’iga ulanish o’z Pak Davlat kom- paniyasining xalqaro kanallari orqali ta’minlanadi. Respublikada 50 ga yaqin I.-provayder ro’y-xatga olingan. O’zbekistonda I.dan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. I. tizimida O’zbekistonning 300 dan ortiq sayti FA- oliyat ko’rsatmoqda (2002). Dildora Rashidova.