Introduktsiya

Introduktsiya (lot. introduction -joriy qilish), o’simliklar in- troduktsiyasi — turli o’simliklar tur- lari va navlarini o’z tabiiy arealidan ilgari uchramagan hududlarga ko’chirish (jalb etish). “I.”tushunchasi 19-a.ning 2-yarmidan buyon qo’llanib kelinmoqda. O’simliklar I.si nazariyasini Shveytsa- riyalik botanik A. De-kandol (1806-93) 1855 y.da asoslab bergan. N. I. Vavilov o’zi yaratgan madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazlari nazariyasi aso- sida 1920 y.da I.ning ilmiy asoslarini ishlab chikdi. Hozir deyarli barcha qit’alarda etish- tirilayotgan madaniy o’simliklarning ko’pchiligi turli geografik o’lkalardan tarqalgan, “ko’chirib keltirilgan” o’simliklar hisoblanadi. 16-17-a.lar- da Amerikadan Evropaga Makka-jo’xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, tama- ki va b. tarqalgan bo’lsa, 17-a.dan bosh- lab shim. Amerikada Evropadan kelti- rilgan olxo’ri, olma, nok, kashtan va b. o’stirildi, Avstraliyada makkajo’xori, qovoq, zaytun, uzum, tsitruslar paydo bo’ldi. O’simliklar tabiiy arealdan yangi hududlarga I. qilinganda turlar (navlar)ning hayotchanligi va I.ning maqsadi bo’lgan qimmatli xo’jalik bel- gilarining yaxshilanishi yuz beradi: meva (urug’) hosildorligi ko’tariladi, fitomassa ko’payadi, muhitning turli omillariga, kasallik, zararkunanda- larga chi-damliligi ortadi va b. “O’z markazlari”dan I. etilishi o’simliklar arealini ma’lum doirada kengaytir- Di va bu borada ayrim o’simliklarning bir-lamchi markazlar b-n bo’lgan aloqasi uziladi. Mas, er yong’oqning vatani — Shim. Argentina, biroq hozir er yong’oq eng ko’p ekvatorial Afrikada etishti- riladi. Kartoshkaning vatani — Jan. Amerika bo’lsa xam, u dunyoning ko’pgina davlatlarida asosiy oziq mahsuloti hisoblanadi. O’rta Osiyo ham ko’pgina madaniy o’simliklarning kelib chiqish marka-zi hisoblanadi va bu erda ularning xilma- xil shakllari uchraydi. Shu b-n bir qatorda, 19-a.da va undan avval O’rta Osi- yoga aholiga noma’lum bo’lgan o’simliklar keltirilgan, ular iqlimlashtirilib, asosiy ekinlarga aylangan. O’rta Osi- yoda, shu jumladan, O’zbekistonda I. na- tijasida kartoshka, pomidor, shirin qalampir, baqlajon, karam, ayrim ko’kat va ziravorlar, er yong’oq, hurmo, limon, unabi kabi sab-zavotlar, poliz ekinla- ri, meva turlari tarqaldi. O’simliklar I.si uchun materi- allar yig’ish maqsadlarida madaniy o’simliklarning birlamchi va ikkilam- chi kelib chiqishi markazlariga ilmiy eks-pedisiyalar uyushtiriladi (mas, O’zbekiston FA o’simliklar eksperimen- tal biologiyasi in-ti g’o’zaning yovvoyi turlarini yig’ish bo’yicha akad. A. AB- dullaev boshchiligida 1975 y.da Mek- sika, 1984 y.da Peru, 1989-90 y.larda Shri Lanka, Hindiston, Xitoy, 1997 y.da Avstraliyaga ilmiy ekspedisiya- lar yuborgan). Botanika va selektsiya mu- assasalarida o’simliklar I.si va so’ngra ularni iqlimlashtirish ishlari olib boriladi. 20-a.ning 30-y.larida O’zbekistonda tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar il- miy reja asosida jahon madaniy va yov- voyi o’simliklarining xilma-xil turla- rini yigish, I. ishlarini boshladilar. Hoz. O’zbekiston o’simlikshunoslik, O’zbekiston g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi, Genetika va o’simliklar eks- perimental biologiyasi, Botanika i. t. in-tlari va Botanika bog’ida I.langan va mahalliy navlar asosida turli ekinlar- ning kollektsiyalari tashkil etilgan. Jahon mamlakatlari o’rtasida il- miy hamkorlik kengaygan sharoitlar- da I.ning vazifasi o’simliklarni il- miy asosda yangi o’lkalarga jalb etish va mavjud ekinlar nav tarkibini za- monaviy sanoat navlari b-n boyitish- dan iborat (yana q. Adaptasiya, Areal, Iqlimlashtirish). Ad.: Vavilov N. I., Proisxojdenie i geografii kulturnix rasteniy, L., 1978; Belolipov I. V., Introduktsiya travyanistix rasteniy prirodnoy Flori Sredney Azii (ekologo-introduktsion- niy analiz), T., 1989. Fayzulla Hojiev.