Informatika

Informatika, (Frans. informatique, nem. informatik — axborot), ax- borotshunoslik — ilmiy informasiya (axborot, xabar, ma’lumot)ning mohiyati, umumiy xossalari va krnu-niyatlarini, shuningdek, ilmiy kommunikasiya tizi- mi (o’sha ilmiy informasiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni o’rganish b-n shug’ullanadigan ilmiy fan; inson faoliyatining EHM, kompyuter- lar b-n bog’liq bo’lgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning marka- ziy tushunchasi — ijtimoiy hayotning istalgan sohasi va tarmoqlaridan oli- nadigan ma’lumotlar, ya’ni ilmiy in- formasiya. Ilmiy informasiyani olish va undan foydalanish sohalari hamda vazifasiga kura, u turli xillarga bo’linadi. Mas, sohalar bo’yicha — biologik, siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, kimyoviy, tibbiy va b., vazifasiga ko’ra — ommaviy, maxsus informasiya va h. k. Ilmiy informasiya- ning to’g’riligi, yangiligi va foydali- ligi mezonlarini ishlab chiqish I.ning vazifasiga kirmaydi. I. kibernetika, kutubxonashunoslik, lingvistika, ma- tematik mantiq va b. fanlar b-n uzviy bog’liq. U ilmiy ma’lumotlarni yig’ish, ishlab chiqish (o’rganish), saqlash, izlash va tarqatish jarayonlari majmuini o’z ichiga oladi. I. termini 20-a.ning 60-y. larida ishlatila boshlangan. Bu davr- da ko’pchilik tadqiqotlar axborotlarni qidirish muammolari b-n uzviy bog’liq bo’lgan. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi. I.ning yuzaga kelishi va rivojlanishida hisoblash texnikasi va b. texnik vosita- larning o’rni beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi yordamida qayta ishlanadi. Keng ma’noda ma’lumotlarni iz- lab topish, qayta ishlash va ilmiy iz- lanish natijasi sifatida qayd qilib qoldirish ishlari b-n olim va mutafak- kirlar qadimdan shug’ullanishgan. Mac, Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asari, Zahiriddin Muhammad Boburnkit “Boburnoma” asari shunday asarlar jum- lasiga kiradi. I.ning ilmiy fan sifa- tida rasman shakllanishi 1895 y.dan — Bryusselda xalqaro bibliografiya in-ti (1938 y. dan — xalqaro hujjatnomalar Fede-rasiyasi) tashkil qilingan sana- dan boshlandi. 20-a. 60-y.lari oxiriga qadar “I.”termini o’rniga “xujjatno- malar” yoki “hujjatnoma va informa- tsiya” termini ishlatilgan. Fan-texnika inqilobi, EHM, informasiya texnikasi vo-sitalari (mikrofoto suratga olish, nusxa ko’chirish texnikasi va h. k.) va b.ning paydo bo’lishi I.ning fan sifa- tida taraqqiy etishiga imkon tugdirdi. Ayniqsa, kompyuterlar tarmog’i va u b-n bog’liq ravishda Internet ti-zimining rivojlanishi umuman I.ning, xususan, I. kommunikasiya ti-zimining yanada taraqqiy etishiga sabab bo’ldi. Izlab topilgan, to’plangan, qayta ishlangan “tayyor” informasiya — ma’lumotlarni keng tarqatishda tah-ririyatnashriyot va matbaa jarayonlari, ilmiy nashrlarni tarqatish (xususan, kitob savdosi, ku- tubxona-bibliografiya faoliyati;) ilmiy adabiyo-tlar almashinish; arxiv ishi va, albatta, ilmiy-informasion faoli- yat, radiotelevidenie, Internet tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. I.ning aso- siy yo’nalishlari: hisoblash texnika- sining nazariy asoslari, informasiya nazariyasi, hisoblash eksperimenta, programmalash, sun’iy intellekt, in- formasiya texnologiyasi va b. Inglizcha gaplashiladigan davlatlarda I. termini o’rniga “computer sciense” (“hisoblash fani”) termini ishlatiladi. O’zbekistonda ham I. masalalariga katta e’tibor berildi. Mac, 1993 y.da informasiyalashtirish to’g’risidagi qonun qabul qilindi, 1994 y. O’zbekiston xukumati respublikani informa-ti – zasiyalashtirish kontsepsiyasini qabul qildi, shu yili EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasini huquqiy himoya qilishga doir qonun ishlab chiqildi. Keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashti- rish va informasiyakommunikasiya tex- nologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish to’g’risida”gi farmo- ni (2002 y. 30.05) chiqdi va Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirish va informasiyakommunikasiya texnolo- giyalarini joriy qilishni yanada rivoj- lantirish to’g’risida”gi qarori (2002 y. 06.06) qabul qilindi. I. masalalari b-n maxsus tashkilot- lar, xususan, yirik kutubxonalarning informasiya xizmati shug’ullanadi. O’zbekistonda bu ish b-n O’zbekiston milliy kutubxonasi, aloqa va infor- matika un-ti, O’zR Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat statisti- ka departamenti, hisoblash markazlari, O’zR matbuot va axborot agentligi, radio va televidenie tizimi, O’zdavstandart shug’ullanadi. O’zbekiston Respublikasi tovar ish- lab chikaruvchilar va tadbirkorlar pala- tasi tuzgan (2000) ko’p funktsiyali infor- Masiya markazi 14 hududiy hamda ko’plab shahar va tuman tovar ishlab chikaruvchi- lar va tadbirkorlar palatalarini yagona informasiya tar-mog’iga birlashtiradi.