Inflyasiya

Inflyasiya (lot. infl atio — shi- shish, bo’rtish, ko’tarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul mu- vozanatining buzilishi natijasi- da muomalada xo’jalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qog’oz pullar mikdorining ko’payib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan US-tunligi natijasida tovar b-n ta’- minlanmagan pullarning paydo bo’lishi. I. birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar nyarxining ko’tarilishi ko’rinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi sha- klida yuz beradi. Tovar i. ch.ning to’lov qobiliyatiga ega talab o’sishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermay- digan tovarlarning ko’payib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qo’shimcha pul emissiyasi, investisiya- larnm emissiya hisobidan moliyalash- tirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq xarid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el va- lyutasining ko’plab kirib kelishi va b. omillar I.ni yuzaga keltiradi. I. jarayoni narxlarning o’sishi, yalpi ta- labning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natija- sidir. “I.”termini dastlab 1861-65 y.larda shim. Amerikada, so’ngra Fran- tsiya va Germaniyada qo’llanilgan. Tovar- pul muvozanatiga ko’ra, pul massasi (M) pul mikdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra ko’paytmasi bo’lib, bu tovar massa- si (T)ga, ya’ni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra ko’paytmasiga teng bo’lishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil bo’ladi. Agar pul ko’payib ketsa M>T, ya’ni pulning bir qismi ortiqcha bo’ladi. Agar pul miqdori o’zgarmaganda tovar mikdori qisqarib ketsa T<M paydo bo’ladi. Har ikki holda ham ortiqcha pul narxlar- ning o’sishini keltirib chiqaradi, chunki narx tovar birligiga beriladigan pul miqdoridir. I. bu faqat pul b-n bog’liq hodisa emas, balki iqtisodiyot yuksalgan- da qisqaradigan, tushkunlik paytida ku- chayadigan iqtisodiy holat mahsuli. Oltin va kumush muomalada bo’lgan sharoitlarda I. yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki Real boylikdir. Pullarning zarur mikdo- ri uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar xa- Rid uchun zarur bo’lganidan ortiq bo’lsa, ortiqcha pul xazina sifatida to’planadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bo- zorda tovarlar ko’payib pulga ehtiyoj bo’lganda ular jamg’armadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qog’oz pullar Real boylik emas, balki uning ramzidir. Qog’oz pullar boylik vazi- fasini o’tay olmaydi va ularning or- tiqchaligi I.ga sabab bo’ladi. Shu sabab- li pul jamg’armalarini ko’chmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yo’li b-n saqlash ishonchliroq hisoblanadi. G’arb ilmiy manbalarida yillik I. sur’- ati 10% gacha bo’lganda qisman (mo”tadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. AK-sincha, u muayyan dara- jada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Pekin I. sur’ati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyasiyasa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi. I.ning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq I. erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis o’sishi bozor mexa- nizmini buzadi, lekin uni yo’qotmaydi. Iqtisodiyot bozor o’zgarishlariga o’z aks ta’sirini ko’rsa-taveradi va turli bo- zorlar muvozanat yo’nalishiga o’zi mos- lashadi. Yashirin I. sharoitida vaziyat boshqacha bo’lib, davlat narxlar oshishidan xavo- tirga tushib, bunga qarshi kurashga kira- Di, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi ma’muriy nazorat o’rna-gadi. Yashirin I. bozorning o’z-o’zini tartibga solish me- xanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar i. ch. xa-rajatlari yuqori bo’lgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaat- dorlikni yo’qqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va to- varlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Ochiq I.ning quyidagi shakllari mav- jud: talab I.si, xarajatlar I.si, tuzil- maviy I. va b. I.ning bu turlari bozor- ning o’zi tomonidan yaratiladi. Bozor sharoitida ochiq, muvozanat- lashgan I. yuz beradi, bunda narxlar Pa- riteta (nisbati) o’zgarmaydi, xarajatlar ortishiga qarab narxning o’sishi firma- larning foyda olib ishla-shini ta’min- laydi. I. pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur etkaza- Di, shu bois davlat xarajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlar- ni tartiblash, narx erkinligini ta’min- lash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qog’ozlar bozoriga tortish va b.lardan iborat I.ga qarshi siyosat yuritiladi. I. jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Mac, I. sur’atla- ri 1980 y.da AQShda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Frantsiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990 y.da tegish-licha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni tashkil qildi. I. shiddati narxlarning o’sish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks O’zbekistonda 300 ga yaqin tovarlar (2000 y.) narxi o’zgarishlarini hisobga oladi. Ahmadjon O’lmasov.