Iordaniya

Iordaniya, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi (A1-Mamlaka al-Urduniuah al-Hashimiuah) — yaqin Sharqda, Osiyo- ning g’arbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 91,8 ming km2. Aholisi 5,15 mln. kishi (2001). Poytaxti — Ammon sh. Ma’muriy jihatdan 12 muhofaza (vilo- yat)ga, muhofazalar tumanlarga bo’linadi. Davlat tuzumi. I. — Konstitusi- yali monarxiya. 1952 y. 8 yanv.da qabul qilingan Konstitusiya amal qiladi (keyingio’zgarishlar b-n). Davlat boshlig’i — Malik (podshoh) bo’lib (1999 y.dan Abdulloh II bin Talol), u qonun chiqa-ruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — podshoq va millat Majlisi (parlament); u Senat va deputatlar Pa- latasidan iborat. Senatni pod-shoh 4 y. muddatga tayinlaydi (Senat tarkibining yarmisi har 2 y.da yangilanib turadi). De- putatlar palatasi to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li b-n 4 y.ga saylanadi. Ijro- iya hokimiyatni podshoh o’zi tayinlaydi- gan hukumat — Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiradi. Tabiati. I.ning aksar qismi sharqdan (500 m) g’arbga tomon (1000-1500 m gacha) balandlashib boradigan yassi-tog’likdan iborat. Jan.dagi Ram tog’i — I.ning eng baland nuqtasi (1764 m). Mamlakatning g’arbiy qismida meridian chizig’iga Pa- rallel holda yo’nalgan chuqur botiq voha — Hor (Alhor) va uning davomi Vodiy al-Arab joylashgan. Hor mintaqasida Iordan daryosi vodiysi va ulik dengiz (suv yuzasi dengiz sathidan 395 m past- da) o’rin olgan. Bu mintaqaning har ikki tomo-nida Suriyafalastin tog’lari qad rostlab turadi. Iqlimi — subtropik, quruq iqlim. Yanv.da o’rtacha t-ra 8-14°, iyulda esa 24-30° ga to’g’ri keladi, hor mintaqasi hamda I.ning cho’l qismida t-ra 50° gacha ko’tariladi. Yillik o’rtacha yog’in miqsori mamlakatning g’arbidagi tog’larda 500— 700 mm, sharqida va hor botig’ida 100 mm ni tashkil etadi. Doim oqib turuv- chi daryolari kam bo’lib, quruqo’zanlar va mavsumiy soylar ko’p uchraydi. I.ning g’arbiy qismidagi tog’larda O’rta den- giz qirg’oqlariga xos nabotot xilla- ri o’sadi, da-raxtzor va butazor ko’p. Sharqiy qismida esa, chalacho’l va cho’l o’simliklari, ahyon-ahyonda hurmozorli kichik vohalar uchraydi. I. hayvonot ola- mi uncha boy emas; sirtlon, cho’l tulkisi, to’ng’iz uchraydi. Qushlar, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilarning turi ko’p. Azraq milliy bog’i bor. Aholisi. Mamlakat umumiy aholisining 98% arablar; yahudiylar, armanlar, greklar, kurdlar, cherkeslar, chechenlar, dog’istonliklar, o’zbeklar, turkmanlar ham yashaydi. Rasmiy tili — Arab tili. Mamlakat aholisining 90% Islom diniga, qolgan qismi xri- stian va yahudiy dinlariga mansubdir. Aholining 71% shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakatda 5% ga yaqin badaviy- lar bo’lib, ular ko’chmanchi hayot tar-ziga ega. Aholining 70% ga yaqini xizmat ko’rsatish sohasida, 12% i. ch. va tor- shon sanoatida, qolganlari boshqaruv tizimi, ta’lim, savdo, transport va harbiy sohalarda xizmat qiladi. Yirik shaharlari: Ammon, az-Zarqa, Irbid, Al-Xalil. Tarixi. Hoz. I. hududida dastlab xana- aneylarning Somiy qabilalari yashagan. Mil. AV. 1 ming yillikda bu hududning bir qismi Isroil va Yahudiya (Iudeya) podshohliklari tarkibida bo’lgan. Mil. AV. 1ming yillik oxirida qad. Arab dav- lati — Nabateya Podshohligi vujudga keldi. Mil. 2-a.ning 30-y.laridan I. Rim, 4-a.dan Vizantiya imperiyalari, 7-a. dan Arab xalifaligi qo’l ostida bo’ldi. I.da sekin-asta Arab tili va Islom dini tarqala boshladi. 11 — 15-a.larda salib- chilar, Saljuqiylar, Misr mamluklari bostirib kirdi. 16-a.ning boshidan 1918 y.gacha I. Usmonli turk imperiyasi tar- kibida bo’ldi. Mamlakat 1-jahon uru- shi davrida Arab qo’zg’olonchi vatanpar- varlari tomonidan ozod qilindi. So’ng hoz. Suriya hududi b-n birga Amir Fay- sal qo’l ostiga o’tdi (1918). 1920 y.dan I. Britaniya mandatidagi Falastinga qo’shildi. 1921 y. Iordan daryosining Sharqiy qismida Hoshimiylar sulolasi- dan bo’lgan Amir Abdulloh rahbarligida Transiordaniya amirligi tashkil topdi. Uning tashqi siyosati, qurolli kuchlari va iqtisodiyoti ustidan Angliya nazorati o’rnatildi. Hoshimiylar hukmronligini mustahkamlaydigan Konstitusiya qabul qilindi. 2-jahon urushi davrida Trans- Iordaniya Buyuk Britaniyaning yaqin Sharqdagi qarbiy tayanch maydoniga ay- lantirildi. 1946 y. 25 mayda Transior- Daniya I. nomi b-n mustaqil davlat, Amir Abdullox. esa uning podshohi deb e’lon qilindi. 1948-49 y.lardagi Arab-is- roil urushi natijasida Nablus, bayt- Lahm, Quddusning Sharqiy qismi I.ga qo’shib olindi. 1967 y. iyunida Isroil- Ior-Daniya urushi natijasida mamla- katning iktisodiy jiqatdan eng rivoj- langan qismi — 6,6 ming km2 hududini Isroil qo’shinlari bosib oldi. I. — 1955 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplo- Matiya munosabatlari 1993 y. 13 Fev.da o’rnatilgan. Milliy bayrami — 25 may — Mustaqillik kuni (1946). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. I. Xalqbirligi demokratik parti- yasi, 1991 y.dan oshkora faoliyat yurita boshlagan; I. Kommunistik partiyasi, 1943 y.da tuzilgan, 1951 y.gacha Milliy ozodlik ligasi deb nomlangan; Xalq de- mokratik partiyasi, 1989 y.da tuzilgan; Arab sosialistik uyg’o-nish partiyasi (Base), 1947 y.da tashkil topgan, umuma- rab Baas partiyasining mintaqa bo’limi; Islom harakati fronti, 1991 y.da asos solingan. I. kasaba uyushmalari umumiy Federasi-yasi, 1954 y.da tashkil topgan. Xo’jaligi. I. dunyoning rivojla- nayotgan mamlakatlari qatoriga kirib, iqtisodiyoti asta barqarorlashib bo- rayotgan davlatdir. Mamlakat iqtisodiy faoliyatida davlat sektorining kulami katta. Lekin, xususiy mulkchilik ham keng rivojlangan. Davlat sektoriga, aso- san, sog’liqni saqlash, ta’lim, kommunal xizmat, suv va elektr tar-mog’i, trans- port, kommunikasiya va irrigasiya tar- moklari kiradi. I. ikti-sodiyotida xiz- mat ko’rsatish, sanoat, q. x. va sayyohlik sohalari jadal sur’atlarda rivojlana- yotir. I. fosfat va ishqor (potash), mis va marganes zaxiralariga va unchalik yirik bo’lmagan neft konlariga ega. Mamla- katda konchilik, energetika, to’qimachilik sanoatlari rivojlangan. Sanoati I. iqtisodiyotining muhim tarmoklaridan sanaladi. Mazkur tarmoq yalpi ichki mahsulotning 27% ni beradi. Mamlakatda sanoatning konchilik, ener- getika, yoqilg’i, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik tarmoklari rivojlangan. Konchilik sa- noati mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. I. yuqori sifatli fos- forit katlamlariga ega bo’lib, uning za- xirasi 1,5 mlrd. tonnadan ortiq. Yiliga o’rtacha 6-7 mln. tonnadan ko’proq (2000 y.da 10 mln. tonna) fosforit qazib oli- nadi. I. dunyoning bu qimmatli xom ashyo- siga ega bo’lgan 5 asosiy davlat qatoridan joy olgan. Uning yirik konlari Ammon- dan 35 km uzoqlikda bo’lgan Ruseyfa, Al-Xasa va Shaydiyada joylashgan. Ichki bozorda bu mahsulotga ehtiyojning che- klanganligi sababli uning katta shemi eksport qilinadi. Fosforit eksporti bo’yicha u dunyoda AQSh va Maro-Kashdan keyin 3-o’rinda turadi. Mamlakat mine- ral tuzlarga ham boy. Ularning zaxirasi 40,8 mlrd. tonna bo’lib, 1,8 mlrd. tonnasi kaliy xloridga, 6 mlrd. tonnasi kaltsiy xloridga, 11 mlrd. tonnasi osh tuziga to’g’ri keladi. Shuningdek, brom, magniy oksidi ham qazib olinadi. I.da mis ru- dasi (zaxirasi 60 mln. tonna), marganes (zaxirasi 3 mln. tonna), uran (300 ming t), temir rudasi (560 ming t) ham bor. Bu- lardan tashqari, uning eri kaolin, gips, ohaktosh, kvarsli qumlar, dolomit, Ben- tonit, dala shpati konlariga ham boydir. Ular, asosan, ichki ehtiyojlarga sarf- lanadi va bir qismi eksport qilinadi. I.da kimyo sanoati rivojlangan. Aqabada ma’danli o’g’itlar z-Di ishlaydi. Yiliga 200 ming t ftorli alyuminiy eritadi- gan, 300 t uran oksidi ishlab chikara- digan bir necha inshootlar ham mavjud. Kir yuvish sodalari, turli xil sovunlar, sham-punlar hamda yiliga 7 mln. ton- nadan ortiq tsement ishlab chiqariladi. Ro-shadiya, azraq, Holidiya, Fuheysa va b. joilarda tsement z-dlari mavjud. Neft mahsulotlari z-dlarida yiliga 4-5 mln. tonna neft qayta ishlanadi. Bun- Day z-Dlarning eng yirigi az-Zarkada joylashgan. Iordan daryosining vodiy- si, o’lik dengiz atrofi, azraq, Ruseyfa, Sarxon, rish kabi hududlarida bir necha neft konlari bor. Metallni qayta ishlash sanoati key- ingi yillardan rivojlana boshlagan. Bir necha armatura z-Di, yiliga 10— 12 ming t quvur, 8-10 ming t alyuminiy mahsuloti, mayda metall buyumlar (mix, Bolt, halqa kabilar) ishlab chiqaradigan z-dlar bor. I.da sovitkich, gaz plita- lar, akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan z-dlar, kurilish mollari, mebel korxo- nalari ishlab turibdi. I.da dori-darmon, sigareta, kulolchi- lik buyumlari, poyabzal, to’qimachilik mollari ham ishlab chiqariladi. Yiliga o’rtacha 3,7 mlrd. kVt-soat elektr Energi- yasi hosil qilinadi. Qishloq xo’jaligi I. iqtiso-diyotida unchalik yuqori mavqega ega emas. Mamlakat hududining atigi 5— 6% haydaladigan erlardir. Bu erlardan Yi- liga 4 martagacha hosil olish mumkin, biroq suv tanqisligi bunga imkon ber- maydi. Q. x. yalpi ichki mahsulotning 10% ni tashkil etadi. Unda aholining 8-10% mashg’ul. Q. x. erlari, asosan, Iordan da- ryosi bo’ylari va Transiordaniya yasei te- paliklari atrofida joylashgan bo’lib, tsitrus me-valar, olxo’ri, rlma, shafto- li, karam, bodring, baqlajon, qovun, po- midor, tamaki kabilar etishtiriladi. Mamlakatda paxtachilik rivojlangan. Chorvachilik oqsoq tarmoq hisoblanadi. Asosan, qoramol, qo’y va echki boqiladi, biroq em-xashakning etishmasligi, yay- lovlarning kamligi bu tarmoqning ri- vojlanishiga imkon bermaydi. Transporti. I.da avtomobil, t. y., suv va havo transporti keng ri- vojlangan. Avtomobil transportida Ammon—Aqaba, Ammon—Quddus, Am- mon— Damashq, Mafraq— Iroq chegarasi yo’nalishidagi yo’llar muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yo’llari uz. — 9 ming km. T. y. transportida esa Ammon — Su- riya chegarasi, Ammon—Alhosa, Alhosa— Aqaba, Maon—Rasnaqab kabi o’nlab t. y. liniyalari mavjud. T. y. uzunligi — 600 km ga yaqin. Suv transportida mamlakat- dagi yagona Aqaba portining mavqei kat- ta. Ikkita yirik aeroport — Ammon va Aqaba aeroportlari mavjud. Mamlakat hududidan Kirkuk (Iroq) — Xayfo (is- roil) va Dahron (Saudiya Arabistoni) — Sayda (Livan) neft quvurlari o’tgan. I. chetga asosan fosfat, fosfat- li va kaliyli o’g’itlar, ishqor, tsement, Mar-Mar, akkumulyatorlar, to’qimachilik buyumlari, parafin, lok, bo’yoqlar, to- zalash moddalari (soda va sovunlar), qandolatchilik mahsulotlari, meva- lar, poliz ekinlari, kimyoviy mollar chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, don, go’sht va sut mahsulotlari oladi. Ularning 15-20% ni bug’doy, bug’doy uni, sha- kar, go’sht, sut mahsulotlari, 10— 15% ni neft va neft mahsulotlari, 25— 30% ni mashina, asbob-uskuna, elektr jihozlari va mebel tashkil etadi. I. iqtisodiyotida sayyohlik sal-mokli o’rin egallaydi. Savdo-sotikdagi mijozlari: Arab davlatlari (asosan, Saudiya ara- bistoni, Iroq, ku-Vayt), AQSh, ita- liya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston va b. Pul birligi — Iordan dinori. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’- rifiy muassasalari. I.da 6 y.lik boshlang’ich va 6 y.lik o’rta ta’lim bepul va majburiydir. O’quv yurtlari asosan davlatga qaraydi. Xususiy maktablar ham mavjud. Aholining 75% savodli (mustaqillikdan ilgari 80% savodsiz bo’lgan). Maorifga har yili mamla- kat byudjetining 8-10% sarflanadi. Mamlakatda Ammon va Irbid un-tlari, bir qancha in-t va kollejlar bor. Ular- da o’qish pulli. Ammonda i.t.lar kenga- shi, podshohlik ilmiy jamiyati, I. Arab tili akademiyasi mavjud. Ammonda un-t kutubxonasi, Xalq kutubxonasi, arxeo- logiya muzeyi, badiiy galereya, mozaika muzeyi, Islom muzeyi, Xalq muzeyi ish- laydi. Matbuoti, radioeshittirishi va te- leko’rsatuvi. I.da 1909 y.dan boshlab gaz. chika boshlagan. I.da nashr etiladigan asosiy gaz. va jur.lar: “Al-Axbor” (“Yan- giliklar”, kundalik gaz., 1975 y.dan), “Axbor al-Usbua” (“xafta yangilikla- ri”, haftalik gaz., 1959 y.dan), “Jordan tayme” (“Iordaniya vaqti”, ingliz ti- lidagi kundalik gaz., 1975 y.dan), “Al- Yaqza al-Arabiya” (“Arab uygonishi”, Arab tilidagi gaz., 1991 y.dan), “Al- Aqso” (Quddusdagi masjidning nomi, haftalik jur., 1970 y. dan), “nido al- Vatan” (“Vatan chaqi-rig’i”, haftanoma). I. axborot agentligi hukumatning ras- miy agentligi bo’lib, 1965 y. tashkil etilgan. I. X°shimiylar Podshohligi radioeshittirish va teleko’rsatuv xiz- mati davlatga ka-rashli bo’lib, 1959 y.da tashkil qilingan. Radioeshittirishlar Arab, ingliz, ispan va ivrit tillarida olib boriladi. I. teleko’rsatuviga 1968 y.da asos solingan. Adabiyoti.I. adabiyoti 19-a.gachaumum- Arab adabiyoti tarkibida rivojlandi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Yusuf Ziyovuddin al-Xolidiy, Naxliya Zarriq, Xalil Baydos, Xalil al-Sakkokiniy va b.ning ma’rifatparvarlik faoliya- ti kuchaydi. Birinchi “adabiy jamoa” (to’garaklar)lar paydo bo’ldi. Bu davrda iste’dodli publisistlar eti-shib chik- Di. 20-a. 1-yarmida Mustafo Vaxba at- Till va Ibrohim Tukan she’riyatda, Najoti Sidqiy prozada milliy ozod- lik g’oyalarini ifodaladilar. Iskan- dar alhuri al-Baytajali asarlarida, Muhammad ashshariki, Husni Fariz, Muayyad Ibrohim al-eroniy she’rlarida chuqur ijtimoiy muammolar ko’tarildi. 2-jahon urushidan keyin milliy ozod- lik harakatiga bagishlangan she’r, xikoya, qissalar paydo bo’ldi. Mahmud Sayfid- din al-eroniy, Iso Annauri, Muhammad Adib al-Amiriy proza janrida asarlar yozishdi. Keyingi yillarda Samira A’- zam, Abd al-Karim al Karmi (Abu sal- ma), Muin Bsisu, Nazxat Salom, Ismoil Abd al-Rahmon kabi yozuvchilar, Fariz al-Buhayri, Burhoniddin al-Abushiy kabi shoirlar, Fadva Tukan va Salma al- Jausi kabi shoirlar lirikada samarali ijod qildilar. Me’morligi va tasviriy san’ati juda qad. bo’lib, dunyodagi eng ko’hna shaharlar ham I. hududida joylashgan. Bu erlar- da so’nggi paleolit (Kilva qoyalaridagi rasmlar), neolit (xom g’ishtdan qurilgan uylar va tosh istehkomlarning krldi- klari), eneolit va jez davriga oid yod- gorliklar (tosh saganalar, guvala uylar, diniy insho-otlar, toshtaroshlik, sopol va zeb-ziynat buyumlari) saklangan. Mil. AV. 4-a.dan e’tiboran Filadelfiya (hoz. Ammon), Geras (hoz. Jerash) sh.larini loyihalash va qurishda qad. me’morlik va tasviriy san’at an’analariga suya- nildi. Mil. AV. 9-a.ga oid me’moriy va tasviriy san’at yodgorliklari bu o’lkada Misr, Bobil, Ossuriya mada-niyatining ta’siri kuchli bo’lganini ko’rsatadi. Rim xukmronligi davrida ulug’vor exrom, te- atrlar, Vizantiya huk-mronligi davrida cherkov, monastirlar qurilgan, koshin- korlik san’ati avj olgan. Islom dini tarqalishi munosabati b-n maejidlar qurildi, eski ibodatxonalar maejid- larga aylantirildi (Qubbat as-Saxra, al-Aqso mas-jidi va b.). 8-a.da Mshatta, Xirbet al-Mafjar, Kusayr-Amra kabi hashamatli saroylar barpo etildi. Uma- viylar hukmronligi davrida imoratlar- ni qadama naqshlar b-n bezash va turli suratlar chizish udum bo’ldi. 12-14-a. larga oid qal’alar, qo’rg’onlar saqlanib qolgan. I.da 20-a.dan zamonaviy ma’mu- riy va jamoat binolari kurila boshladi. Tasviriy san’at uncha rivoj topma- gan. Xalq san’atida badiiy matolar, kashta, gilam, guldor gazlamalar, sopol, charm, yog’och buyumlar tayyorlash rivojlan- gan. O’zbekiston — I. munosabatla- ri. O’zbekiston Respublikasi b-n I. o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rna-tilgach, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik rivojlana boshladi. 1993 y. Fev.da I. shahzodasining O’zbekistonga tashrifi va 1996 y.da O’zR tashqi ish- lar va tashqi iqtisodiy aloqalar va- zirliklari delegasiyalarining I.ga rasmiy tashrifi chog’ida savdo va iqti- sodiy hamkorlik, samolyotlar qatnovi to’g’risidagi bitimlar imzolandi. 1994 y.dan ikki mamlakat o’rtasida savdo-so- tiq aloqalari boshlandi. 2000 y.da O’zR b-n I. o’rtasidagi tovar aylanmasi 13,7 ming AQSh dollarini tashkil qildi. I.dan O’zbekistonga yog’va moy, qand- shakar, kakao, kandolat va sabzavot mahsulotlari, qora va rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, opti- ka asboblari, mebel va sh. k. keltiri- ladi. O’zbekiston tomoni turli xizmat- lar ko’rsatadi. O’zRda I. sarmoyadorla- ri ishtirokidagi 14 korxona FA-oliyat ko’rsatayotir, shundan 6 tasi qo’shma kor- xona, 8 tasi 100% Iordan investisiya- si bo’lgan korxonadir. I.ning “Global Biznes” kompaniyasi O’zRda o’z vakolat- xonasini ochgan va ilg’or texnologiyalar marketingi, savdo-sotiq hamda maslahat xizmati ko’rsatish b-n shug’ullanadi. 1996 y.da Toshkentda I. maqsulotlari ko’rgazmasi o’tkazildi. Unda I.ning ko’pgina shirkatlari va ishbilarmonlari qatnashdi. Toshkent oliy maktablarida o’nlab Iordan talabalari o’qimoqda. Podshohlikning ko’pgina fuqarolari O’zRda fan nomzodi dissertasiyasini yoklab ketgan.