Ipakchilik sanoati

Ipakchilik sanoati – engil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sun’iy ipak tolasi, yigiril- gan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sun’iy tolalar birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar to’qib chiqaradi. Pil- la chuvish (tortish), uning losidan ipak yigirish va to’qilgan gazlamalarni par- dozlash ham I. s.ga kiradi. O’zbekistonda ipakchilik tarmogi te- ran tarixiy ildizlar va an’analarga ega. Ipak qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar to’qish dast- lab Xitoyda vujudga kelgan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, ipak qurti boqish 4-a.da Xitoydan Buyuk ipak yo’li orqali hoz. O’zbekiston hudu-diga tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Xo’jand, Qo’qon, Marg’ilon, Namangan kabi shaharlarda ishlab chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur bo’lgan. Shoyi gaz- mollar yaqin Sharq va Evropa mamlakat- lariga chiqarilgan. 19-a.ning 2-yarmidan boshlab O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingani- dan so’ng 1867 y.dan boshlab Marg’ilon, Qo’qon, Toshkent, Xo’jand sh.larida dast- labki ipak kalavalash f-kalari qurildi. Mac, O’zbekistonga bi-rinchilardan bo’lib kelgan rus sanoatchisi I. I. Per- vushin 1871 y.da Toshkentda araq va vino z-Di b-n birga pillakashlik f-kasi ham qurdi. Lekin ipak gazlamalarning aso- siy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (do’kon)larida ishlab chiqarilar edi (mas, 19-a. oxirida Marg’ilonda 120, Qo’qonda 49 ta shoyi to’qish ustaxonala- ri ishlagan). Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib) qo’l charx- larida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qo’lda bo’yalgan ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazla- malar, Baxmal, parcha qo’l dastgoqlarida to’qilgan. 1913 y.da O’zbekistonda qariyb 4 ming t pilla etishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qo’liga o’tib, ipak olish uchun Italiya va Frantsiyaga jo’natilgan. 1921 y.da O’zbekistonda Farg’ona sh.da birinchi 56 qozonli pillakashlik f-kasi ishga tushirildi. 1927-32 y.larda Samarqand, Buxoro, Marg’ilon sh.larida ham pillakashlik f-kalari qurildi. Ayni paytda pillakashlik f-kalarida olingan ipak toladan shoyi to’qish ham rivojlandi. Marg’ilon atlas (1925), Namangan abrli gazlamalar (1925), Marg’ilon shoyi (1928), Samarkand shoyi (1934) k-tlari, Qo’qon shoyi to’qish f-kasi (1926) ishga tushirildi. 1937 y.ga qadar shoyi gazlamalar tabiiy ipakdan tayyor- lanar edi. Kimyo sanoatining rivojla- nishi natijasida sun’iy ipak gazlama- lar to’qish ham keng ta-raqqiy etdi. 1940 y.ga kelib O’zbekistondagi pillachilik f-kalarida 9833 t pilla qayta ishlanib, shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. 1940-70 y.larda respublikada pilla etishtirish deyarli 3 baravar ko’paydi, I. eda yuqori o’sish sur’atlariga erishildi. 1966 y.da yiliga 45 mln. m ipak gazlama ishlab chiqaradigan Namangan shoyi va kostyumbop gazlama kti ishga tushiril- Di, viloyatlar shaharlarida k-tlar Fi- liallari ochildi, ishlab turgan korxo- nalar kengaytirildi va rekonstruktsiya qilindi. Ayni paytda I. s. korxonalari shoyi gazlamalar turlarini i. ch. bo’yicha ixtisoslashdi, korxonalarda krepdeshin, krepshifon, krepjorjet, ipakdan mil- liy gazlamalar: atlas, xonatlas, bekasam, shoyi, shuningdek, plashbop, kostyumbop, astarbop gazlamalar, shtapel, viskoza va aralash tolalardan kiyim-kechak ti- kiladigan gazlamalar, tukli va jakkard gazlamalar, sun’iy iplardan abrli gaz- lamalar ishlab chiqarish o’zlashtirildi, I. s. mahsulotlari chet ellarga eksport qilindi. 1980 y.ga kelib O’zbekistonda ipak ip i. ch. 1711 t ni tashkil etdi, 113,8 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chikarildi, 1990 y.da esa 32824 t ipak kurti pillasi tayyorlandi, I. eda 2522 t ipak ip, 144,2 mln. m2 shoyi gazmollar ishlab chikaril- Di, 1991 y.da respublikada rekord xreil — 33,8 ming t pilla tayyorlandi. Respublika mustaqillikka erishgan- dan keyin respublika hukumati I. s.ni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor berdi. An’analar va ming yil- lik tajribalar negizida O’zbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik indust-ri- yasini yaratish yo’li belgilandi. 1993 y.dan pilla etishtirish davlat buyurt- masidan chiqarilib, uni xarid qilish kelishilgan narxlar asosida olib bo- riladigan bo’ldi. O’zbekiston Respu- blikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1998 y. 30 martdagi “Respublikada pil-lachilik sohasini boshqarish ti- zimini takomillashtirish to’g’risida” Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining 1998 y. 3 apr. dagi “Respublika pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga ko’ra mustaqil “O’zbek ipagi” uyushmasi tash- kil etildi. Uning tarkibiga ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi to’qish korxonalari, shuning- dek, tabiiy shoyi i. ch. va qayta ishlash bo’yicha Markaziy i. t. in-tini (“shoyi” tadqiqot in-ti, Mar-G’ilon) o’z ichiga ola- digan “shoyi” aktsiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ish- lab chiqaradigan pillakashlik korxona- lari, ipak qurti tayyorlanadigan z-dlar, ipak qurti naslchilik xo’jaliklari, xom pillani qabul qilish va dast-labki ishlov berish korxonalari, tutchilik xo’jaliklari, O’zbekiston ipakchilik i. t. in-tini o’z ichiga oladigan “pilla xol- ding” xolding kompaniyasi kiradi. Pilla xom ashyosini respublika- ning o’zida qayta ishlanishini ta’min- lash maqsadlarida 2000 y. Fev. oyida O’zbeki ston Respublikasi Preziden- tining Farmoni b-n pilla xom ashyo- si, ipak chiqindilari va ipak ipni res-publikadan chetga chiqarishga chek qo’yildi. 1995-2000 y.larda I. s.ga chet el in- vestisiyalarini jalb qilish, ipak ashyo- sini qayta ishlash, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ish- lab chikarish va uni eksport qilishni ko’paytirish bo’yicha muhim ishlar amal- ga oshirildi. “Pilla xolding” xolding kompaniyasi tarkibida 7 qo’shma korxona: “Silk Road” O’zbekiston— Yaponiya (Na- mangan), “kumush” O’zbekiston—Brita- niya (Shahrisabz), “Silk indiastrz ko” O’zbekistan—Vetnam (Toshkent), “Ton- men” O’zbekistan— Janubiy Koreya (tosh- kent viloyati), “xadan” O’zbekiston—Xi- toy (Buxoro), “Silk Star” O’zbekistan— Singapur (Samarqand viloyati), “bu- xoro—Kvashen” O’zbekiston—Xitoy qo’shma korxonalari tashkil etildi. 2000 y.da “kumush” aktsiyadorlik jami- yati aktsiyalari paketini Buyuk Britani- yaning “Carthill invest ment” kompaniyasi 565 ming AQSh dollariga sotib oldi. “O’zbek ipagi” uyushmasi tarkibida 10 pillakashlik korxonasi — “Atlas” (na- mangan), “Buyuk ipak yo’li” (Farg’ona), “Buxoro ipagi” (Buxoro), “Buloqboshi ipagi” (Andijon viloyati Buloqboshi sh.), “Ipakchi” (Namangan viloyati, Uychi sh.), “Kumush” (Shahrisabz), “Tola” (Tosh- kent), “Turon shoyi-si” (Marg’ilon), “Xorazm ipagi” (Urganch), “hujum” (Samarqand) aktsiyadorlik jamiyatlari; 7 shoyi to’qish korxonasi — “Alisher na- voiy” (Marg’ilon), “Atlas” (Namangan), “Izboskan shoyi to’qish f-kasi” (Andi- jon viloyati Poytug sh.), “Qo’qon shoyi- atlas to’qish”, “Marg’ilon ipak gazlama- si”, “musaffo” (Samarkand), “Turon shoyisi” (Marg’ilon) aktsiyadorlik jami- yatlari ishlaydi. O’zbekiston Respublikasi ipak kur- ti pillasi etishtirish hajmi bo’yicha jahon mamlakatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Braziliyadan key- in 5-o’rinda turadi. Tarmoq korxonalari- da 30 mingga yaqin kishi ishlaydi (2000). Mamlakatda 2000 y.da 18,9 ming t pilla, I. s. korxonalarida 1200,3 t ipak ip, 95 t ipak kalava tayyorlan-Di, 5,336 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. Chet mamlakatlarda shoyi gazlamalar, ayniqsa sintetik va sun’iy ipak tolala- ridan gazlamalar ishlab chiqarish bo’yicha AQSh, GFR, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk bri- Taniya, Italiya etakchi mavkeda turadi. Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Jan. Evropa mamlakatlari va Braziliyada ipak qurti pillasidan ipak olish va ipak gazlama- lar i. ch. taraqqiy etgan (yana q. Engil sa- noat, pillachilik). Ad.: Razvadovskiy V. N., Opit issle- dovaniya kustarnix promislov v Turke- stanskom krae, T., 1916; Xafizov N. R., Shelkovodstvo Sredney Azii, T., 1969; Shyolk O’zbekistana (SB. statey), T., 1971. Abdumannop Ahmadaliev, Nuriddin Musaev.