Irlandiya

Irlandiya (irlandcha Eire, ing. lrelang) — G’arbiy Evropada, Irlandiya o. da joylashgan davlat. Mayd. 70,3 ming km2. Aholisi 3,84 mln. kishi (2001). Ma’-muriy jihatdan 26 graflikka bo’linadi, ular 4 tarixiy viloyat (province)ra birla- shadi. Poytaxti — Dublin sh. Davlat tuzumi. I. — respublika. 1937 y. 29 dek. da qabul qilingan hamda 1972 va 1999 y. larda tuzatishlar kiri- tilgan Konstitusiya amal qiladi. Dav- lat boshlig’i — prezident (1997 y. dan Meri Makalis xonim). U aholi tomoni- dan to’g’ri umumiy va yashirin ovoz berish yo’li b-n 7 y. muddatga saylanadi, ikkin- chi muddatga yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hoki-miyatni Milliy parlament amalga oshiradi, uning tarkibiga prezident va ikki pala- ta: vakillar palatasi b-n Senat kiradi. Ijrochi xrkimiyatni vakillar palatasi- ning taklifiga bino-an prezident tay- inlaydigan hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Sharqiy qirg’oklari ancha tekis, Jan. qirg’oqlarida buxta va qoyali burunlar, g’arbiy qirg’oqlarida ichka- riga chuqur kirgan qo’ltiklar ko’p. Er yuzasining yarmidan ko’pini Mar-kaziy tekislik (bal. 40-100 m) egallagan, bu tekislikda tepalar va past tog’lar bor. Tepalar, asosan, qumtoshlardan, past tog’lar ohaktoshlardan iborat, ularning ustini morena yotq-iziqlari qoplagan. Ohaktoshli erlarda ungur, g’or kabi karst relef shak-llari, er osti Daryo va ko’llari uchraydi. Chekka qismlarida past va o’rtacha balandlikdagi tog’lar bor. Jan.-g’arbidagi Kerri tog’i (1041 m) I. dagi eng baland tog’dir. I. da torfning katta zaxiralari, toshko’mir, qo’rg’oshin- rux, mis, fosforit bor. Iqlimi — mo”tadil okean iqlimi, obhavosi beqaror, seryomg’ir, tuman ko’p tushadi, tez-tez shamol esadi. Yanv. ning o’rtacha t-rasi 5-8°, iyulniki — 14-16°. Yillik yog’in 700-2000 mm. I. da Daryo, ko’l va botqoklik ko’p. Daryolari sersuv, muzlamaydi, kemachilikda va elektr ener- giyasi olishda foydalaniladi. Yirik da- ryosi — Shannon. I. ning ko’p qismi torfli yalangli- klar, o’tloklar. O’tloqlari doimo ko’m- ko’k. Yalangliklarda torfli-botqoq va qumoq tuproqlar uchraydi. O’tloq joylar- ning tuprog’i — podzol va o’tloqpodzol tuproqlar. Hayvonlari G’arbiy Evro- panikiga o’xshash, turi kam. Yovvo-Yi hayvonlarning kupi qirib tashlangan. Milliy bog’lari: Glenya, killari. Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, shotlandlar. Ras- miy tillari — irland va ingliz til- lari, asosiy so’zlashuv tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik. Tarixi. I. hududida inson mil. AV. 6ming yillikdan buen yashaydi. Mil. AV. 4-a. da kelt qabilalari ko’chib ke- lib mahalliy aholi b-n qo’shilib ket- gan. 5-a. da xristian dini tarqalgan. I. ga normannlar (795-1014) , ingliz- normand qo’shinlari (1169-71) bir necha bor hujum qildi. 14-17-a. larda irland xalqi ingliz mustamlakachila- riga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo bo’lishiga inglizlar qarshilik ko’rsatdi. 18-a. oxirida irland vatanparvarla- rining bosqinchilarga qarshi ko’targan qo’zg’oloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801 y. 1 yanv. da “Uniya haqida AKT” e’lon qilindi. Shundan keyin Angliya o’z parlamentidan I. va- killariga bir necha o’rin berib, I. par- lamentini bekor qildi. 19-a. mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni to’xtatmadi. 1-jahon urushi yillarida I. mehnatkashlari urushga va mustamlaka- chilarga qarshi kurashdi. 1916 y. gi I. qo’zg’oloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919-21 y. lardagi parti- zanlar urushi natijasida 1921 y. dek. da tuzilgan Angliya — I. biti-miga muvofiq, I. ning Jan. qismi mustaqil deb e’lon qilindi va Angliya nazorati- dagi dominion huquqini oldi. 1937 y. gi yangi Konstitusiyada I. “Eyre mustaqil davlati” deb e’lon qilindi. 2-jahon urushi yillarida I. beta – raf turdi. Garchi 1949 y. I. mustaqil respublika deb e’lon qilingan bo’lsa ham mamlakatning shim. qismi (ol- ster)da mustamlakachilar hukmronligi saklanib qoldi. 1955-61 y. larda mam- lakatni birlashtirish maqsadida I. Max- fiy harbiy tashkilot to’dalari shim. I. dagi ma’muriy va polisiya bi-nolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959 y. I. Resggublikasi va shim. I. ka-saba uyush- ma markazlarining birlashishidan I. tred-yunionlar Kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda I. siyosatida shim. I. muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari b-n bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985 y. da imzolangan bitimga binoan, Shim. I. ga taalluqli ichki muammolar- ni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish ko’zda tutilgan. 1993 y. da imzolangan Deklarasiya ixti- loflarni faqat tinch siyosiy vo-sitalar b-n bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998 y. dan Olster mu-ammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vosita- chilik qila boshladi. I. — 1955 y. dan BMTa’zosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni. 1991 y. dek. da O’zR suverenite-tini tan olgan. Asosiy siyosiy partiyalari va kasa- ba uyushmalari. Fianna Fayl (“Taqdir askarlari”), 1926 y. tashkil etilgan; Fine gal (“Birlashgan Irlandiya”), 1933 y. asos solingan; I. leyboristlar parti- yasi, 1912 y. tuzilgan. I. kommu-nistik partiyasi, 1921hy;~asos solingan; Demo- kratax so’l partiya. 1992 y. tashkil etil- gan; taraqqiyparvar de-mokratik partiya, 1985 y. tuzilgan; I. ishchilar partiyasi, 1970 y. asos solingan. I. tred-yunionlar Kongressi (1894) I. va shim. I. ning 66 kasaba uyushmalarini birlashtiradi. Xo’jaligi. I. — industrial mamla- kat. Yalpi ichki maxulotda sanoat ulushi 37%, q.x. ulushi 10,1%, xizmat sohasi ulushi 50% dan ko’proqni tashkil eta- Di. 50-y. largacha I. iqtisodiyotida q.x. va chorvachilik ustun bo’lgan. Endilikda u xorijiy sarmoya yordamida mashina- sozlik, elektronika, kimyo sanoati kabi og’ir sanoat tarmoqlarini va ichki im- koniyatlar hisobiga oziq-ovqat, o’rmon, to’qimachilik, engil sanoat kabi an’a- naviy tarmoqlarni rivojlantirishga erishdi. Keyingi yillardagi iqtisodiy taraqqiyot tufayli I. o’sish sur’atlari jihatidan Evropada oldingi o’rinlarga chiqib oldi. Mahsulot eksport qilish ko’paydi. Sanoati. Tabiiy resurslari torf, qo’rg’oshin, rux, mis, kumush, tabiiy gaz- ning katta, toshko’mir, temir rudasi va piritning ozroq zaxiralaridan iborat. Shular tufayli konchilik sanoati va ayni vaqtda q.x. xom ashyosini qayta ish- lash tarmoqlari etakchi o’rinda. Metal- lurgiya (asosan, po’lat eritish), mashina- sozlik (ayniqsa, kemasozlik, avtomobil yig’ish, priborsozlik), elektrotexnika, neft kimyosi, qurilish ashyolari kor- xonalari bor. Oziq-ovqat tarmoqlari orasida go’sht, sut, yog’, pivo, qand-shakar, spirt-araq korxonalari ayniqsa faol ishlaydi. Torf qazib olish va undan foydalanish sohasida I. dunyoda oldin- gi o’rinda turadi. I. energiyaga bo’lgan ehtiyojining 40% ni ichki imkoniyatlari hisobidan qoplaydi. Energiya balansida chetdan keltiriladigan neftning ulu- shi kamayib, ko’mir va torfning ulushi oshib bormoqda. I. da yiliga o’rtacha 14,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Mamlakatda xorijiy inve- stisiyalar faol jalb etilgan. Bu sohada Buyuk Britaniyadan ta-shqari AQSh, Ger- maniya, Frantsiya, Yaponiyaning mavqei kuchli. Xorijiy sarmoya yordamida barpo etilgan 800 dan ortiq korxona sanoat mahsuloti eksportining 80% ni beradi. Qishloq xo’jaligi. Chorvachilik — mamlakat q.x. ning asosiy tar-mog’i hisoblanadi: bu tarmoq yalpi q. x. mahsulotining 88% ni beradi, uning 80% eksport qilinadi. Asosan, qoramol (7,2 mln.), qo’y (9 mln.) bo-qiladi. Fer- mer xo’jaliklarining 70% ga yaqini 25 ga gacha erga ega bo’lgan o’rta va kichik fermer xo’jaliklaridir. Q. x. ga yarokli erlarning salkam 70% yaylovlarga to’g’ri ke- ladi. Dehqonchilikning iqtisodiyotdagi ahamiyati unchalik katta emas va u mamla- katning donga bo’lgan ehtiyojini qoplay olmaydi. I. da oz mikdorda qand lavlagi, suli, arpa, bug’doy, kartoshka etishtiri- ladi. Baliqchilik rivojlangan. Transporti. T. y. uzunligi 2,8 ming km, avtomobil yo’llari uz. 92 ming km. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy portlari — Dublin, Kork. I. chetga ma- shina va asbob-uskuna, krra-mol, oziq- ovqat, kimyo, to’qimachilik maxsulotlari va sh. k. chiqaradi. Chetdan transport vo- sitalari, neft va b. keltiradi. Keyingi yillarda tashki savdoda ijobiy saldo- ga erishildi. Sayyohlik ham katta daro- mad keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, AK.Sh va Rossiya. Pul birligi — irland funti. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. I. da 6 yoshdan 15 yoshga- cha bo’lgan bolalarning 9 y. lik majburiy ta’limi joriy etilgan. Boshlang’ich MAK- Tab — 6 y. lik. O’rta ma’lumot davlatga yoki xususiy shaxslarga qarashli makta- blarda olinadi. Har yili maktablarni bitirib chiqqanlarning 50% oliy o’quv yurtlariga kiradi. 4 un-t, ularning Xu- zurida kollejlar, jumladan, Dublin unti (Triniti kolleji, 1592), Dublin- dagi Milliy un-t (1908), Limerik sh. dagi texnikaga yo’naltirilgan Milliy oliy ta’lim in-ti bor. Ilmiy muassasa- lari: Dublin Qirollik jamiyati (1731), I. Qirollik akademiyasi (1786), tib- biy (1882), ijodiyot (1932), rassomlik, haykaltaroshlik va me’-morlik (1823) tarmoq akademiyalari. Eng yirik kutub- xonalari: Dublindagi Milliy va Xalq kutubxonalari. Muzeylari: Dublindagi Milliy muzey (1731), Milliy galereya (1864), fuqarolik muzeyi (1953), zamo- naviy san’at galereyasi (1953). Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: “Ayrish Independent” (“Irlandiya mustaqilligi”, ingliz tilidagi kun- dalik gaz., 1905 y. dan), “ayrish press” (“Irlandiya matbuoti”, ingliz tilidagi kundalik gaz., 1931 y. dan), “ayrish tay- me” (“Irlandiya vakti”, ingliz tilida- gi milliy kundalik gaz., 1859 y. dan), “IVning Gerald” (“kech-ki xabarchi”, ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1891 y. dan), “Innyu” (“bugun”, irland tilidagi haftalik milliy gaz., 1943 y. dan”), “Iris efi-Gyul” (“rasmiy gaze- ta”, irland tilida haftasiga 2 marta chikadigan gaz., 1922 y. dan), “ayrish Pipl” (“irland xalqi”, ingliz tilidagi haftanoma), “ayrish soushelist revyu” (“Irland sosialistik sharhi”, ingliz tilida har chorakda chiqadigan nazariy jur., 1969 y. dan), “ayrish uorkers voys” (“Irland ishchilari ovozi”, ingliz tili- dagi haftalik byulleten). I. radio va teleko’rsatuvi davlat mahkama-sidir. I. da 1926 y. dan radioeshittirish, 1961 y. dan teleko’rsatuvlar olib boriladi. Adabiyoti irland va ingliz tillari- da. Xalq og’zaki ijodining dastlab-ki namunalari 1-a. da yaratilgan. So’ngroq diniy mavzudagi yozma adabiyot (6-a.), ta- rixiy vokeayaar va mi-fologik syujetli sagalar (8-9-a. lar-da) paydo bo’lgan. 12-a. da bardlar (xalq baxshilari) she’- riyati yuqori bosqichga ko’tariladi. 16-18-a. lar I. dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik g’oyalari targ’ib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. O’Nayv, J. Najent, E. O’Xassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub “Irlandiya tarixi” (1640) alohida ahamiyatga ega bo’ldi. I. jamiyatining urug’chilik tuzilmasi bar- bod bo’lgach, bardlar she’riyati tanazzulga uchradi. Poeziyada xalqchillik ruhi ku- chaydi (E. O’ Raxilli, J. Makdonnell, O. R. O’Sallivan). 18-a. oxiridan ingliz tilidagi adabiyotning salmog’i osha bor- Di. 19-a. 1-yarmida romantizm irland ada- biyotida bosh yo’nalish bo’ldi. 40-y. larda eng iste’dodli shoirlar “yosh Irlan- diya” inqilobiy-demokratik tashkilo- ti tevaragida birlashdi. J. K. Mangan, S. Fergyuson, T. Devis siyosiy satira va insoniy lirika an’analarini da-vom et- tirdilar. Vatanparvarlik balladasi eng ommaviy janr bo’lib Kolli. Prozada ta- rixiy va oilaviy-mai-shiy mavzudagi ro- manlar yaratildi (J. Griffin, J. Bey- nim, M. Ejuort, U. Karlton). 19-a. oxir- larida “irland uyg’onishi” deb atalgan milliymadaniy harakat boshlandi, u. B. Yits bu harakatning tashabbuskorla- ridan bo’ldi. Uilyam Yits o’z ijodida kelt mifologiyasiga qaytdi. Bu irland milliy adabiyotini qayta vujudga kel- tirish imkonini berdi. Yits o’zining teatr asarlari b-n she’riy dramaga ko’p yangiliklar kiritdi. 20-a. boshlaridagi adabiyotda poeziya va dramaturgiya etakchi mavqeni egalladi. 1916 y. da ingliz mu- stamlakachilari tomonidan otib tashlan- gan vatanparvar shoirlarning ijodi ir- Land xalqining inqilobiy an’analari ruhi b-n sug’orilgan edi. 20-30-y. larda realistik romanchilik etakchi Jan-rga aylandi (P. O’Donnell, Sh. O’FA-oleyn, L. O’Flaerti, J. Felan). I. O’Keysi o’z tarjimai holi asosida yozgan epopeyasi- da mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalq milliy-ozodlik harakatini har to- monlama chuqur tasvirlab berdi. 60-80- y. larda yaratilgan asarlarda ishonchsiz- lik, ojizlik, yolg’izlik kayfiyatlari va zolimlarga qarshi xalq nafrati aks etdi. Olsterdagi inson huquqlari uchun ku- rash — hoz. I. adabiyotining eng asosiy mavzularidan biri. J. Karrik, R. Myor- Fi, T. Kinsella, B. Kliv, B. Fril asarla- ri bunga misoldir. Me’morligi qad. kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davri- dan xarsang toshlardan barpo etilgan sag’analar va diniy inshootlar saqlanib qolgan. 5-11-a. larda I. da tosh Kapel- la-ibodatxonalar, baland soqchi Mino- ralar (Glendalox, kels va b. joylarda), 12-a. oxiridan 14-a. gacha gotika uslubi- da butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12-16-a. lar)da I. me’morligining o’ziga xos tomonlari saklangan (Dublindagi Krayst-Chyorch ibo- datxonasi va b.). 17-18-a. larda va 19-a. boshlarida Dublinda ingliz klassisiz- mi uslubida ma’muriy binolar, saroylar va uylar, 1829 y. dan ingliz neogotikasi uslubida cherkovlar qurildi. 19-a. va 20- a. boshlarida port shaharlarida rejali va qorishiq US-lubdagi binolar paydo bo’ldi. 20-a. 2-yarmidan I. shaharlarida zamonaviy bino va me’moriy majmualar qurila boshladi (M. Skott va T. Kennedi kabi me’morlarning Dublin va Goluey- dagi ishlari). Tasviriy san’atida jez davridan Ge- ometrik naqshli tilla zeb-ziynat asbo- blari, temir davridan murakkab guldor metall buyumlar saklanib krlgan. 5-12- a. larda imoratlar, tosh xochlar, jez PLA- stinalar hayvonlar tasviri tushirilgan naqsh b-n ziynatlangan. Nafis kitob miniatyuralari (8-a. ga mansub “kels Injili”) yara-tilgan. 18-a. da ko’pchilik rassomlar (Ch. Jervas, to’ng’ich N. Xoun, J. Barret va b.) Angliyada ta’lim olib, o’sha erda ijod qildilar. 19-a. rassom- lari realizm va o’ziga xoslikka intildi (ken-ja N. Xoun manzaralari, u. Osborn kartinalari). 20-a. boshlarida milliy realistik maktab shakllandi, manza-ra va portretlar yaratildi (J. B. Yits, Ch. Lemb, J. X. Kreyg, V. IRL va b.). Hoz. I. da realizm an’analari b-n bir qatorda modernizm yo’nalishlari tarqalgan. Xalq hunarmandchiligida to’qimachilik, kashtachilik, qamishdan buyumlar to’qish rivojlangan. Musiqa folklori qadimdan bir ovozli bo’lgan. 16-a. oxiridan ko’p ovoz- li diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll O’Katayn, J. va X. Skott, Keroll O’Deyli, T. va u. Konellan va b. Arfa uchun kuy hamda ishqiy qo’shiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlar- dir (16— 17-a. lar). I. da professional musiqaning shakllanishida 18-a. da D. Myorfi, M. Kelli, J. FIDS, 19-a.da M. Balf, 20-a. da Ch. Stan-Ford, A. Baks va b. muhim rol o’ynagan. 1856 y. Dublinda konservatoriya, 1964 y. da milliy opera truppasi tashkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. I. da simfonik orkestrlar, xor birlashmalari, musiqa jami-yatlari bor. Teatri. Badiiy o’qish va badihachilik san’ati I. da majusiylik davridan mav- jud. 16-a. da Dublinda diniy mavzuda- gi dramalar ko’rsatilgan. 17-a. dan in- gliz aslzodalari uchun teatrlar tashkil topgan. 1899 y. U. B. Yits va A. Gregori Dublinda I. adabiy teatrini tuzdilar. 1901 y. da I. milliy drama jamiyati, 1904 y. da uning zaminida Dublindagi doimiy teatr (keyinchalik abbatlik te- atri) yuzaga kelgan. Abbatlik (“Ebbi te- ATR”) da esa spektakl yaratishning yangi printsiplari ishlab chiqildi. 1922 y. drama Ittifoqi tashkil topdi. 1928-31 y. larda Golueyda gel teatri ishladi. 1929 y. da E. Xelton va M. MAK-Liamo- ir tomonidan Dublinda zamonaviy te- atrlarning novatorlik usullarini tas- dikdaydigan teatr vujudga keldi. Uning sahnasida irland mualliflarining pesalari, u. Shekspir, O. Uayld, B. Shou, A. P. Chexov, L. Tolstoy asarlari qo’yildi. 1939 y. dan abbatlik teatri gel tilidagi spek-takllarni ham na- moyish eta boshladi. Kinosiga 1936 y. asos solingan. 30— 40-y. larda I. kino in-ti tashkil bo’lgan. 1958 y. dan “Ardmor” kinostu- diyasi ishlay boshladi. “Obrazlar”, “Och binafsha rang taksi” kabi filmlar ishlandi. “Yits mamlakati”, “Irlandiya xalqi”, “Ozodlik”, “bu toshlar qoladi” kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1982 y. “Quvilganlar” badiiy filmi (rej. Vinn-isimond) ekranga chiqdi. Mashhur rej. lari: M. O’Kelli, P. Keri, B. Ku- ini, R. Mangs, L. Markes, D. Komerford, K. Gikki. 1970 y. da kinematografiyachi- lar birlashmasi tu-zilgan. O’zbekiston — I. aloqalari. O’zbekiston mustaqillikka erish- gach, ikki mamlakat o’rtasida savdo- iqtisodiy aloqalar rivojlana boshladi. O’zbekiston I. ga, asosan, paxta tolasi va bir oz miqdorda ma’danli o’g’it eksport qiladi. I. dan don, mol yog’i, o’simlik yog’i va sariyog’, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, dori-darmon, kiy-im-kechak, organik kimyoviy birikmalar, elektr jihozlari va sh. k. larni sotib oladi. Shu tariqa 2000 y. da o’zaro tovar aylan- masi 14,3 mln. AKIIT dollariga etdi. “O’zbeksavdo” uyushma-sining “tijorat” firmasi I.ning “Verloni ltd” firmasi b-n I. dan O’zbekistonga 2,6 mln. dol- larlik kungaboqar yog’i etkazib berish haqida shartnoma tuzgan. “O’zbekenergo” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi 1995 y. dan I. ning “Esb International” firmasi b-n hamkorlik qilmoqda. Shu yili bu firma xalqaro tashkilotlar tomonidan ko’rsatilayotgan texnikaviy ko’mak dastu- ri doirasida Evropa hamja-miyati ko- missiyasi (EHK)ning “O’zRda elektrlash- tirish tarmog’ini boshqarish tizimini takomillashtirishga texnikaviy yordam” deb atalgan “EUZ 92/020” loyihasini bajardi. 1997 y. da firma EHK o’tkazgan tenderda g’olib chiqib, “O’zbekenergo” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasida yangi “EUZ 9603” loyihasini bajarishga ki- rishdi. I. ning “Cheldon Ltd” firmasi O’zbekistonda ishlab chikarilmaydigan turli smolalar, yuqori va past bosimli polietilenni “Qurilishplastmassa” aktsiyadorlik jamiyatiga, koksni “San- texlit” aktsiyadorlik jamiyatiga, KS-11 smolasini “Ohangaronshifer” aktsiya- dorlik jamiyatiga etkazib bermoqda. O’zRda irlandiyalik sarmoyadorlar ish- tirokidagi 9 korxona faoliyat ko’rsatadi. Shundan 7 tasi qo’shma korxona va 2 tasi irland sarmoyasi 100% bo’lgan korxona- dir. I. ning 2 firmasi: “Xerkos limi- Ted” (rangli metallurgiya korxonalari uchun xom ashyo savdosi, yuksak texnolo- giyali tovarlar i. ch.), “Ay-Si-Ti Inter- neyshnl Kotton end Tekstayl Treyding K0 Ltd” (paxta savdosi) vakolatxonalari mavjud.