INTERNIYALASH

INTERNIYALASH (fr. interner – yashash uchun chiqarib yubormoq, lot. internusdan – ichki) — 1) betaraf davlat tomonidan urushayotgan davlatlarning ana shu betaraf davlat hududiga o’tib qolgan harbiy qismlarni majburan ushlab turish va qurolsizlantirish. 2) Bir urushayotgan tomonning ikkinchi tomonning fuqarolariga nisbatan o’rnatiladigan erkinlikni cheklab qo’yishning alohida rejimi.