Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket

Madaniyat

Mualliflar: Usmon Qoraboyev, G’ayrat Soatov

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh yo‘nalishlardan biri kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Ta’lim tizimi o‘quv rejalarida bo’lajak mutaxassislar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida talabalarni milliy va umumbashariy madaniyat yutuqlari bilan tanishtirish ko’zda tutilgan. Zero, insoniyatning kelajagi uning madaniyatlilik darajasiga bog’liq bo‘lm oqda. Chunki insoniyatning keyingi hayotini qurolli to‘qnashuvlar, tajovuz va zo’ravonliklar emas, balki har bir shaxsning madaniyatlilik saviyasi belgilab beradi. BMTning XXI asrni insonparvarlik asri, jamiyatni insoniylashtirish, ya’ni madaniylashtirish asri deb e’lon qilishi ham bejiz emas. Shu sababli keyingi paytlarda jahon miqyosida, ayniqsa, Respublikamizda milliy madaniyat masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Madaniyat ajdodlar tafakkuri, bilimlari, ijodi va atrof-muhitga bo’lgan munosabatining mahsuli bo‘lib, minglab yillar davomida yaratilgan tajribalarni o‘ziga singdirib, takomillashib borgan. Madaniyat rivojlanishi bilan millat va uning ma’naviy qiyofasi ham shakllangan. Yurtimizning har bir fuqarosi, eng avvalo, Vatanimiz, xalqimiz, millatimiz ma’naviy merosidan yaxshi xabardor bo‘lishi shart. Chunki ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni bilmagan kishi Vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shaolmaydi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q” . Ayniqsa, ajdodlarning ma’naviy merosini bilish millatning yosh avlodi uchun juda muhim. Chunki milliy madaniyat tarixini bilmasdan, o‘rganmasdan turib, o‘zlikni anglash va milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish, millatning haqiqiy vakili bo‘lishi mumkin emas. Millatning kelajagi bo’lmish yoshlar, eng avvalo, madaniyat, uning tarkibiy qismlari, ma’naviy meros, sivilitzasiya, ajdodlar tajribasi (ibtidoiy davrdan hozirgacha qo’lga kiritilgan yutuqlar)ini bilishi va ulardan ijodiy foydalanishi talab qilinadi.

Ikkinchidan, yoshlar umumbashariy madaniyatdan ham xabardor bo’lishi zarur. Chunki boshqa xalqlar madaniyati, uning yaratilish jarayoni, madaniyatlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sir etishi jarayonidan xabardor bo‘lgan kishigina o‘z ajdodlarining ma’naviy boyliklarining qadriga yetadi, ularni asrab-avaylab, keyingi avlodlariga yetkazishga o‘z hissasini qo’sha oladi. Xullas, Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, «jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib oladigan yangi avlodni Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh yo‘nalishlardan biri kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Ta’lim tizimi o‘quv rejalarida bo’lajak mutaxassislar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida talabalarni milliy va umumbashariy madaniyat yutuqlari bilan tanishtirish ko’zda tutilgan. Zero, insoniyatning kelajagi uning madaniyatlilik darajasiga bog’liq bo‘lmoqda. Chunki insoniyatning keyingi hayotini qurolii to‘qnashuvlar, tajovuz va zo’ravonliklar emas, balki har bir shaxsning madaniyatlilik saviyasi belgilab beradi. BMTning XXI asrni insonparvarlik asri, jamiyatni insoniylashtirish, ya’ni madaniylashtirish asri deb e’lon qilishi ham bejiz emas. Shu sababli keyingi paytlarda jahon miqyosida, ayniqsa, Respublikamizda milliy madaniyat masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Madaniyat ajdodlar tafakkuri, bilimlari, ijodi va atrof-muhitga bo’lgan munosabatining mahsuli bo‘lib, minglab yillar davomida yaratilgan tajribalarni o‘ziga singdirib, takomillashib borgan. Madaniyat rivojlanishi bilan millat va uning ma’naviy qiyofasi ham shakllangan. Yurtimizning har bir fuqarosi, eng avvalo, Vatanimiz, xalqimiz, millatimiz ma’naviy merosidan yaxshi xabardor bo‘lishi shart. Chunki ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni bilmagan kishi Vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha olmaydi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q” . Ayniqsa, ajdodlarning ma’naviy merosini bilish millatning yosh avlodi uchun juda muhim. Chunki milliy madaniyat tarixini bilmasdan, o‘rganmasdan turib, o‘zlikni anglash vamilliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish, millatning haqiqiy vakili bo‘lishi mumkin emas. Millatning kelajagi bo’lmish yoshlar, eng avvalo, madaniyat, uning tarkibiy qismlari, ma’naviy meros, sivilitzasiya, ajdodlar tajribasi (ibtidoiy davrdan hozirgacha qo’lga kiritilgan yutuqlar)ini bilishi va ulardan ijodiy foydalanishi talab qilinadi.

Madaniyat tushunchasi va uning mohiyati. Yuzaki qaralganda, kundalik hayotda “madaniyat” so‘zidan insonning faoliyat tarzini va jamiyatning qay darajada rivojlanganligini aniqlovchi ko’rsatkich sifatida foydalaniladigandek tuyuladi. Lekin madaniyat so‘zining mazmun-mohiyatiga chuqurroq e’tibor beradigan bo‘lsak, bu atama tabiat, jamiyat va insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilab beruvchi ko’plab qarashlar, nazariyalar va g‘oyalarga, tushuncha va tasavvurlarga nisbatan qo’llanilishini ham anglab yetamiz.

XX asrning 50-yillari boshida amerikalik madaniyatshunos olimlar Alfred Kreber va Klayd Klakxonlar o’zlarining «Madaniyat: tushuncha va ta ’riflar» nomli asarida madaniyatning 164 ta ta’rifi mavjud ekanligini ko‘rsatib o’tadilar. Hozirgi paytda «madaniyat» atamasining 400 dan ortiqroq ta’rifi mavjud. Agar ularga e’tibor bersak, madaniyat tushunchasi keng qamrovli hayotning deyarli barcha va hatto bir-biriga zid bo’lgan sohalarini ham qamrab oluvchi tushuncha ekanligini ko‘ramiz. Shu boisdan ham madaniyat tushunchasiga insonning aqliy faoliyati va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi tushuncha sifatida ta’rif berish juda mushkul.

Madaniyatshunoslikka oid adabiyotlarga nazar tashlasak, madaniyatning turlicha ta’rifu talqinlari mavjudligini ko‘ramiz, chunonchi: «inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘indisi»; «moddiy va ma’naviy qadriyatlar»; «inson tomonidan yaratilgan ikkinchi tabiat»; «insoniy faoliyat mahsuli»; «ijodiy faoliyat»; «ijodiy faoliyat mahsuli»; «jamiyatning ma’naviy hayoti»; «insonning ma’naviy dunyosi»; «insonning axloqiy fazilatlari»: «insonning ichki va tashqi olami»; «axloqiy sifatlar yig’indisi»; «jamiyat faoliyati»; «shartli belgilar tizimi yig’indisi»; «shartli tasvirlar»; «ramziy ishora va belgilar»; «me’yor va andazalar» va shu kabilar.

«Kultura» atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, uni birinchi marta fanga 1871-yili tarixchi va etnograf olim E.Taylor kiritgan. Uning ko‘rsatishicha, o‘sha paytda bu tushunchaning bor-yo‘g‘i 7 tagina ta’rifi bo’lgan.

Aslida madaniyat keng qamrovli va murakkab tushuncha. Shu boisdan ham yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, uning 400 dan ortiq ta’rifi mavjuddir.

E.Taylor o’zining «Ibtidoiy madaniyat» nomli asarida «kultura» («madaniyat») tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: «kultura yoki sivilizatsiya keng ko‘lamli etnografik tushuncha shaklida insonning jamiyat a’zosi sifatida egallab olgan bilimlari, diniy e’tiqodiari, san’ati, axloqi, huquqi, marosimlari va boshqa odatga aylangan qobiliyatlari yig’indisidir». Albatta, bu ta’rifda E.Taylorning «kultura» («madaniyat») tushunchasiga etnograf sifatida yondashuvi ko‘zga tashlanadi.

Arxeologlar, faylasuf va madaniyatshunoslar «kultura» («madaniyat») tushunchasiga ta’rif berishganida, E.Taylor singari madaniyatni ma’naviy hodisa sifatida olib qarash bilan birgalikda moddiy predmetlar, narsalar va boyliklar, shuningdek, inson tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarini ham nazarda tutadilar.

Madaniyat haqidagi fikrlar insonning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda, ya’ni oddiy tosh qurollardan foydalanib ov qilish, o‘lja va mevalarni terib iste’mol qilish, ilk dehqonchilik bilan shug‘ullangan va ilk shahar madaniyatini vujudga keltirgan davrlardayoq paydo bo’lmagan. Madaniyat tushunchasi dastlab atama sifatida vujudga kelgani bilan hali jamiyatning moddiy va ijtimoiy hayotini, odamning ongli mayjudot sifatidagi insoniylik qiyofasini anglatmas edi. Inson bunyodkorlik faoliyatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini anglab yetish, inson qiyofasini shakllantirish, ya’ni uning ongi va tafakkuriga ta’sir etish orqali jamiyat manfaatlarigamos keladigan insonni shakllantirish zaruriyati paydo bo’lgan davrlarga kelib «madaniyat» va «kultura» atamalarining mazmun-mohiyati o ‘zgaradi.

Agar «madaniyat» va «kultura» atamalarining qo‘llanish tarixiga e’tibor bersak, «madaniyat» arabcha «madina» so‘zidan olinganligi va «shahar» degan ma’noni anglatishini ko‘ramiz. «Kultura» so‘zi esa yuqorida yozganimizdek, lotinchadan olingan bo’lib, «ishlov berish, parvarishlash» ya’ni tuproqqa va yerga ishlov berish kabi ma’nolarni anglatgan. Keyinchalik mazkur atamalarning mazmun-mohiyati o‘zgarib borgan.

Kishilik jamiyatidagi beqiyos o‘zgarishlar, davlatlar va mintaqalar o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-madaniy aloqalarning murakkablasha borishi, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi tub o‘zgarishlar, inson imkoniyatlarining yuzaga chiqa borishi, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasida inson o‘rnining orta borishi, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyoti, kishilarning turmushi, o‘zaro munosabatlarga oid umumlashtiruvchi tushunchalarga bo‘lgan ehtiyoj madaniyat tushunchasi mohiyatining o’zgarishiga olib keldi.

«Madaniyat» so‘zining etimologiyasiga e’tibor bersak, so‘zning kelib chiqishida arablar turmush tarzi muhim rol o‘ynaganligini ko‘ramiz. Chunki qadimda Arabiston yarim orolida yashovchi qabilalar ikki xil turmush tarziga ega bo‘lganlar. Cho‘l hududlarida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar «badaviy»lar deb nomlangan bo‘lsa, o‘troq hayot, ya’ni shaharlarda muqim yashovchi aholi «madaniy»lar («shaharliklar») deb yuritilgan. Bundan ko’rinadiki, «madaniyat» so‘zining kelib chiqishida faqatgina shaharlarda yashovchi aholi, ulaming hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan kun kechirishi, karvon yo’llari xavfsizligini ta’minlovchi qabila va xonadonlarning turmush tarzi muhim rol o‘ynagan. Chunki «madaniy»lar, birinchjdan, o‘troq turmush tarzi, hayot shart-sharoitlari; ikkinchidan, ong va tafakkur taraqqiyoti; uchinchidan, muayyan kasb-hunar bilan shug‘ullanishi, ma’rifat, bilimga intilishi; to‘rtinchidan, davlat boshqaruvidagi faolligi, uyushqoqligi va boshqa tomonlari; beshinchidan, o’zga xalqlar, ularning ishlab chiqarish va turmush sharoitlari va boshqa dinlar bilan tanishligi jihatidan «badaviy»larga nisbatan ancha oldinda bo’lganlar. Shu boisdan chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ko’chmanchilar shaharliklami «madaniylar» deb ataganlar.

Markaziy Osiyolik buyuk tafakkur egalari madaniyatlilik masalasiga insonning ruhiy-ma’naviy kamoloti, ong va tafakkur taraqqiyoti, fozil jamiyat va komil insonlar masalasi nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda yondashadiiar.

Sharq mutafakkirlari madaniyat masalasini insonning ma’naviy-aqliy barkamolligi shaklida, baxt-saodatga erishuvi tarzida tushunadilar. Bu an’anaviy tushuncha keyingi avlodlar tafakkuridan mustahkam joy olgan. Shu sababli «madaniyat» deganda ko‘proq insonning ma’naviyati, uning ichki kechinmalari va tashqi qiyofasining mushtarakligini ko‘z oldimizga keltiramiz. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, «madaniyat» so ’zi arabcha «madina» so‘zidan olingan bo‘lib, «shahar» degan ma’noni anglatadi. Demak, «madaniyatli» so‘zining lug’aviy ma’nosi «shaharlik» ma’nosini bildiradi.

Abu Nasr Forobiyning fikricha, madaniyatlilik — bu fozillik, aqliy kamolotga erishmoqlikdir. Shuningdek, Forobiy madaniyatlilik deganda, har bir kishisi kasb-hunarli, teng huquqli, ular o‘rtasida farq bo’lmaydigan, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunari bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo‘lgan shahar (jamiyat)ni tushungan. U madaniyatlilik deganda, ideal jamiyat tushunchasini ilgari suradi.
«Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunardan ozod, hamma bab-baravar bo‘ladi, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo’ladilar. Biri ikkinchisiga xo‘jayin bo’lmaydi. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton (ya’ni podshoh) bo‘lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar. zavq-lazzatlar paydo bo‘ladi», deb yozadi Forobiy.

Shu bilan birga, Forobiy o‘z asarlarida madaniy bilim haqida ham fikr yuritadi. Uningcha, madaniy bilim, «shunday narsalarni o‘rgatuvchi ilmki, uning yordamida shahar xalqlari va shaharlik bo‘lmagan xalqlarni o‘z ichiga olgan… insonlarga xos bo’lgan barcha xislatlar» birlashtiriladi.

Forobiy o‘z asarlarida birinchi bo‘lib, jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida fîkr yuritar ekan. eng avvalo, madaniyatli jamiyatning ko‘pgina tomonlari: davlatni boshqarish, ta’lim va tarbiya, axloq va ma’rifat, iymon va e’tiqod, urush va tinchlik, mehnat va boshqalarga alohida e’tibor beradi.

Bu davrda yashagan mutafakkirlarning ko’pchiligi insonning madaniyatliligini fozillikda va donishmandlikda, uning asosi hisoblanuvchi ma’rifatlilik va bilimdonlikda deb biladi. Masalan, Beruniy: «Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo’ladi», deb ta’kidlasa, Ahmad Yugnakiy: «Bilimli kishi vafot etsa-da, o‘z nomini abadiylashtirib ketadi», – deb yozadi. Lmom G‘azzoliy esa, «Inson moddiy boyliklar bilan emas, balki ma’naviy fazilatlari bilan o‘z abadiyligini yaratadi», deb hisoblaydi.

Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Abu Abdulloh Marvaziy, Ibn Sinolar insonning tashqi tabiat va o‘zi yashayotgan jamiyat taraqqiyoti qonunlarini bilish, o‘rganish va tahlil qilish orqali axloqiy kamolotga (madaniyatlilikka) erishishi mumkinligi g‘oyasini ilgari suradilar.

Beruniy o‘z asarlarida nafaqat insonning madaniyatliligi, ya’ni insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirishi masalasini, balki turli xalqlar madaniyatlarining o’zaro aloqadorlikda bo‘lishi va bir-biriga ta’sir etishi natijasida rivojlanib, boyib borishini yoritib beradi.

Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy va Nosir Xusrav kabi buyuk siymolar esa ma’naviy-madaniy tubanlikni keltirib chiqaruvchi jaholatparastlikdan bilim olish orqali qutulish mumkin, deb hisoblaydilar.

Temur va temuriylar davri mutafakkirlari ham o‘zlaridan oldin yashagan buyuk siymolar, allomalarning an’anaviy qarashlariga sodiq qolgan holda insonning madaniyatliligi masalasiga bilimdonlik, ma’rifatlilik, yetuk axloqlilik, ruh sofligi, iymon butunligi, ya’ni haqiqiy insonparvarlilik nuqtayi nazaridan turib yondashadilar.

Masalan, mashhur faylasuf Ali Husayn Juijoniy o‘z asarlarida insonning madaniylashuvi, ya’ni inson ma’naviy dunyosining moddiylashuvi ruhiy munosabatlarining inson xatti-harakati. tabiat va jamiyatga bo’lgan munosabatlarida moddiylashib kelishi masalalarini yoritib beradi.

Abdurahmon Jomiy ham insonning madaniyatliligini donishmandlik, fozillik va bilimdonlikda deb biladi. Uning nazdida ilm kishini irodali qiladi. Madaniyatsizlik belgilari hisoblanmish nochorlik, jaholat, munofiqlik, xiyonat va hasaddan qutqazadi. Uningcha, ma’naviy-madaniy komillik darajasiga erishgan kishi nafaqat bilim oladi, balki boshqalarga ham ilm ulashadi.

Abdurahmon Jomiy o‘zining «Lujjat ul-asror» asarida o’zidan oldin yashagan mutafakkirlarning fikrini davom ettirib, insonning mukammalligi (madaniy-ma’naviy komilligi) uning halol va pok yashashi biror-bir kasb etagidan tutishi, o‘z mehnati evaziga kun ko‘rishida, deb biladi.

Jomiyning musiqaga oid «Risolayi musiqiy» asarida musiqaning insonning kamol topishi, unga ma’naviy ozuqa berishi, uning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishdagi ahamiyati haqidagi fikrlari o‘ta muhimdir.

Alisher Navoiy esa yetuk axloqlilik, ma’rifatga intilish va adolatparvarlikni, ya’ni buyuk insoniy ideailani qamrab oluvchi insonparvarlikni madaniyatlilik tarzida tushunadi.

Alisher Navoiy o‘z asarlarida madaniyat masalasini ijtimoiy va axloqiy hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqlikda, deb biladi. Insonning madaniy-ma’naviy qiyofaga ega bo’lishi faqatgina adolatli jamiyatdagina amalga oshadi, deb hisoblaydi, Jaloliddin Davoniy o’zining «Axloqi Jaloliy» asarida Forobiy singari fozillar shahrini madaniy shahar tarzida tushunadi. Uningcha, fozil shahar «shunday shaharki, uning qoidasi baxt-saodatga erishuvidan va baxtsizlikka olib boradigan hodisalarni bartaraf qilishdan iborat». Davoniy ham kishilarni ma’rifatli bo‘lishga, kasb-hunar egallashga chaqiradi.

Keyingi davr mutafakkirlari, ayniqsa, Turkiston ma’rifatparvarlik harakati vakillari madaniyat tushunchasini xalqni savodli, ilmli, ma’rifatli qilish g‘oyasi bilan birlashtirdilar. Ular shaxs, millat, davlat va jamiyatning madaniylik darajasini shaxs va xalqning o‘z -o‘zini va milliy o’zligini anglashida, deb bildilar. Ma’rifatparvarlik harakati vakillarining aksariyat qismi jamiyat va insonning ma’naviy-madaniy rivojlanishini madaniy taraqqiyotda Osiyoga nisbatan ancha ilgarilab ketgan Yevropaning ilg‘or madaniy yutuqlarini o ‘zlashtirishda ko‘rdilar.

«Kultura» so‘zi ma’nosining rivojlanish bosqichlariga to’xtaladigan bo’lsak, dastlab u lotincha «cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, yerga, tuproqqa ishlov berish ma’nolarini anglatgan. Rimning mashhur huquqshunosi, noti’g‘i va publitsisti Mark Tulliy Sitseron (eramizdan avvalgi 106-43-yillar) o’zining «Tuskulan suhbatlari» nomli asarida, mashhur shoir Kvint Goratsiy Flakk (eramizdan avvalgi 65-8-yillar) o‘zining «Satiralar» nomli asarida birinchi marta «kultura» so’zini «cultura anima» — «Ruh (jon)ni takomillashtirish» tarzida qo’llaydilar. Shuni unutmaslik kerakki, «kultura» so‘zi dastlab moddiy ishlab chiqarishga nisbatan ishlatilgan bo‘lsa, birmuncha keyinroq ruhiyatga tegishli atama sifatida qo’llanila boshlangan.

Darhaqiqat, madaniyatshunoslik fani madaniyat tushunchasini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etuvchi falsafiy ta’limotdir. Shuning uchun ham bu fan madaniyatning paydo bo’lishi va ijtimoiy-tarixiy jarayonda rivojlana borishining o‘ziga xos qonunlarini o‘rgana borib, uning ijtimoiy hodisa sifatidagi mazmuni va mohiyatini hamda xususiyatini ochib berishga kirishadi.
Muayyan xalqning madaniyati dastavval ushbu xalqning har bir ijtimoiy tarixiy davrda yaratilgan moddiy va ma’naviy faoliyatining o’ziga xos tomonlari, xususiyatlari, o‘zaro aloqadorligi bilan belgilanadi.

Insoniyat tomonidan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratish jarayoni quyidan yuqoriga, oddiydan murakkablikka, alohidalikdan umumiylikka ega bo‘luvchi o‘ziga xos uzluksiz jarayon hisoblanib, uning o‘tmishi va hozirgi ko‘rinishi o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir. Madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir-birini to‘ldirib borgan. Ibtidoiy davrda insoniyat tom onidan yaratilgan eng oddiy tosh qurollar bilan hozirgi zamonaviy mehnat qurollari o‘rtasida ham o’ziga xos bog‘liqlik mavjuddir. Chunki, birinchidan, agar ibtidoiy tosh qurollari mavjud bo‘lmaganida edi, hozirgi zamon qurollari ham vujudga kelmagan bo’lardi, ikkinchidan, ibtidoiy qurollarning ham, zamonaviy qurollarning ham bajaradigan vazifasi bir xil.

Ma’naviy madaniyat haqida ham shu fikrni aytish mumkin.

Lekin insoniyat tarixining muayyan bosqichida yaratilgan madaniyat o‘zidan oldingi bosqlchiarda yaratilgan madaniyatdan farq qiladi va o’zgargan holda vujudga keladi. Jamiyat o‘zidan oldingi madaniy boyliklarni ko‘r-ko‘rona qabul qilmaydi, balki ularni ijobiy tomondan o’zgartiradi.

Madaniyat har bir davr ehtiyojlariga moslangan tarzda yaratiladi. Agar moddiy va ma’naviy madaniyatlarning o’zaro ta’siri masalasiga e’tibor bersak, insoniyat tomonidan dastlab moddiy madaniyat elementlari yaratilganligini, so’ngra u (moddiy madaniyat)ning bir necha elementlarini o‘zida birlashtirgan (albatta, turli xil vazifalarni bajaruvchi) birmuncha murakkabroq turlari paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Boshqacha qilib aytganda, insoniyat dastlab o‘zining moddiy-biologik ehtiyojlarini qondiruvchi moddiy boyliklarni, so’ng ma’naviy -ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi ma’naviy boyliklarni yaratganliklarini anglab yetamiz. Shu bilan birga moddiy madaniyat har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasining bazasi – oddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadi va jamiyatning ustqurmasi ma’naviy hayotini belgilab beradi. Moddiy ehtiyoj ma’naviy ehtiyojni belgilab berganidek, moddiy madaniyat ma’naviy madaniyatning shakllanish va rivojlanish jarayonini belgilab beradi.

Ammo bu ma’naviy madaniyat moddiy madaniyatga butunlay tobe, degan ma’noni anglatmaydi. Ayrim tarixiy davrlar, bosqichlar va jarayonlarda ma’naviy madaniyat nisbiy mustaqillikka ega bo’ladi. Tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari va jarayonlari shuni ko‘rsatadiki, ayrim hollarda madaniyat jamiyatning umumiy taraqqiyotidan ilgarilab ketadi, ayrim hollarda esa orqada qoladi. Masalan, Yevropadagi Uyg’onish davrida ma’naviy madaniyat umum ijtimoiy taraqqiyot jarayonidan ancha ilgarilab ketgan. Buyuk kashfiyotlar amalga oshirilgan. Ilg’or g ‘oyalar va nazariyalarning vujudga kelishi ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qilayotgan diniy mutaassiblik (fanatizm)ni yengadi va yangi ishlab chiqarish usuli – kapitalistik ishlab chiqarish usuli elementlarining ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga, fan va texnika taraqqiyotiga yo’l ochiladi.

Moddiy va ma’naviy madaniyat yagona birlik va umumiylikda mavjud bo’ladi. Ularni bir-biridan ajratgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki, insonning o‘zi biologik va ijtimoiy omillardan iborat bo‘lib, biologik mavjudot sifatida o’zida moddiy ehtiyojlar bilan birgalikda ma’naviyatga bo’lgan ehtiyojlarni ham birlashtiradi.

Inson dastlab o’zidagi biologik ehtiyojlarni qondirish uchun turli xil moddiy boyliklarni, oziq-ovqat, kiyim -kechak, turar-joy, turli-tuman uy-ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqaradi. Bu iste’mol vositalarini ishlab chiqarish jarayonida zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari (mehnat predmeti va mehnat vositalari)ni yaratadi. Albatta, moddiy boyliklar insonning muayyan qobiliyat, tajriba, ko’nikma va malakalarisiz vujudga kelmaydi.

Demak, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan barcha elementlar: mehnat vositalari, ishlab chiqarish qurollari, insoniy qobiliyat, malaka, ko‘nikma va tajriba, shuningdek, iste’mol vositalari — moddiy madaniyatning asosiy elementlarini tashkil etadi.
Inson ijtimoiy mavjudot sifatida ma’naviy ehtiyojlarini ham qondirishga harakat qiladi. Insonning ijtimoiy mavjudotligi ijtimoiy ongining turli shakllari; ilmiy, badiiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa qarashlari bilan bevosita bog‘liqdir. U o‘zining bu qarashlarini insoniyat tomonidan yaratilgan fan, san’at, huquq, axloq va diniy e’tiqod kabilar orqali ifodalaydi. Kishilar o’zlarining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, obyektiv borliqni va umuminsoniyat tomonidan yaratilgan barcha ma’naviy boyliklarni o’zlashtirish jarayonida o‘z ma’naviy qiyofalarini ham o‘zgartira boradilar. Boshqacha qilib aytganda, inson ma’naviy boyliklar yaratish jarayonida o‘z qiyofasini o‘zgartirib, ijodiy kuch va qobiliyatlarini rivojlantiradi, aqliy, axloqiy va badiiy-estetik jihatdan takomillashadi.

Madaniyat tushunchasi keng va tor ma’nolarga ega. Keng ma’nodagi madaniyat tushunchasi o‘ziga butun inson amaliy faoliyati natijasida bunyod etilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni qamrab oladi. Madaniyat bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi jarayonida, ya’ni tabiat va jamiyatni o‘zgartirishga qaratilgan mehnat faoliyati jarayonida vujudga keltirilgan barcha boyliklar majmuyidan iboratdir.

Tor ma’nodagi madaniyat tushunchasi insoniyat ma’naviy hayoti sohasini qamrab oluvchi barcha sohalarga nisbatan ishlatiladi.

Madaniyat, birinchidan, insonning biologik va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi iste’mol vositaiari shaklida, ikkinchidan, ishlab chiqarish faoliyati mahsuli sifatida olib qaraladi va ikkiga: moddiy hamda ma’naviy madaniyat kabi turga ajratiladi.

Moddiy madaniyat — bu, eng avvalo, mehnat qurollari, transport, aloqa vositalari, uy-joylar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, har xil buyumlar, xullas, insoniyatning moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi barcha narsalar hamda kishilarning ishlab chiqarish tajribalari, ko‘nikmalari va mahoratlaridir.

Ma’naviy madaniyat esa kishilarning bilimlari, tajribalari, urf-odatlari, xulq -atvorlari, fan, adabiyot, san’at, falsafa, axloq, huquq, ilmiy dunyoqarash, diniy e’tiqodlari, ta’lim-tarbiya, matbuot, xullas, insoniyatning ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi barcha ma’naviy boyliklardir.

Madaniyat o‘z taraqqiyoti jarayonida ayrim tarmoqlarga ham bo‘linib boradi. Masalan, ma’naviy madaniyat, badiiy madaniyat, estetik madaniyat, axloqiy madaniyat, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati va boshqalarga bo’linsa, moddiy madaniyat texnika madaniyati, dehqonchilik madaniyati, qurilish madaniyati, turmush madaniyati kabi tarmoqlarga ajraladi. O‘z navbatida, bu tarmoqlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo’lgan turli-tuman tushuncha va xatti-harakatlarni qamrab oladi. Masalan, turmush madaniyati uy-joy qurilishidagi ko‘rkamlik, kiyim -kechak, poyafzal, oshxona, uy jihozlari, ozodalik, pazandalik, oila va jamiyatda maishiy xizmat va dam olishni tashkil etishni qamrab olishini tushunamiz.

Madaniyat dunyoni o’zlashtirish jarayonidir. Inson dunyoni o’zlashtira borib, o‘zining ijodiy kuch-quvvati va qobiliyatini namoyon eta boradi, o‘zi yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarda o‘z mohiyatini moddiylashtiradi.

Moddiy va ma’naviy madaniyatlarni bir-biridan ajralgan, alohida holda tasavvur qilish mumkin emas. Aslida, moddiy madaniyat ham, ma’naviy madaniyat ham insoniy faoliyat natijasidir. Lekin har qanday insoniy faoliyat ma’naviy boylik bo‘la olmaydi. Shu sababdan ham madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo’linadi.

Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish yagona ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni hisoblanib, bu jarayonda moddiy ishlab chiqarish belgiiovchi rol o’ynaydi. Chunki moddiy ne’matlar ishlab chiqarish muayyan jamiyatning barcha tomonlarini, shu jumladan, ma’naviy ishlab chiqarish jarayonini ham belgilab beradi. Aslida ma’naviy ishlab chiqarish – bu ijtimoiy ong shakllarini tashkil etuvchi davlat, oila, mafkura, huquq, axloq, fan, san’at, diniy e’tiqodlar va boshqalarni ishlab chiqarishdir.

Moddiy boyliklarni yaratishda kishilar ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo, mehnat qurollaridan foydalanadilar. Har bir davr moddiy madaniyatining taraqqiyotini o’sha davrda foydalanilgan ishlab chiqarish vositalariga qarab aniqlash mumkin. Masalan, faqat qo‘l mehnatidan foydalanilgan davr moddiy madaniyati, undan ko’ra avtomatlashgan davr va so‘ngra, kompyuterlardan foydalaniladigan hozirgi zamon moddiy madaniyati avvalgi davrlar moddiy-texnika taraqqiyotidan ancha yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

Insoniyat ilmiy tafakkuri taraqqiyotining turli davrlariga e’tibor bersak, X-IX asrgacha madaniyat tushunchasi faqat ma’naviy madaniyatga nisbatan ishlatilib kelinganligini ko‘ramiz. Asosiy e’tibor moddiy boyliklarni yaratuvchi inson, uning diniy e’tiqodlari, axloqiy xatti-harakatlari, ilm olishga intilishi, ijodkorlik salohiyatiga qaratilgan. Ishlab chiqarish jarayoni, ya’ni tabiatga ta’sir ko‘rsatib, moddiy boyliklar ishlab chiqarish diqqat-e’tibordan chetda qolgan. Go‘yo ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi tabiiydek ko‘ringan. Bu esa nafaqat insonning moddiy-madaniy boyliklarni yaratishdagi o‘rnini, balki jamiyatning moddiy hayotini o’rganishni ham e’tibordan chetda qoldirdi.

Asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rni, undan oladigan ulushi, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatidagi qadr-qimmati, huquqlari. burch va majburiyatlari, moddiy manfaatdorligi, farovon hayot kechirishi masalasi, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida zarur bo’lgan tajriba, malaka va ko‘nikmalarga alohida e’tibor berila boshlandi.

Kishilarning moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayoni moddiy madaniyatning ko’plab tarmoqlari vujudga kelishiga olib keldi. Odamlarning tabiatga ongli ta’sir ko‘rsatishi dastlab dehqonchilik madaniyatini vujudga keltirdi. Agrar sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish jarayonida kishilar yerga ishlov berish madaniyatini egalladilar. Hunarmandchilikning taraqqiy etishi esa turli xil kasbiy madaniyatlarning shakllanishiga, ishlab chiqarishga texnikaning kirib kelishi ishlab chiqarish texnika madaniyati kabi moddiy madaniyatning turli sohalarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Kishilar turm ush shart-sharoitlarining yaxshilana borishi o’zida ham moddiy, ham ma’naviy madaniyatni birlashtiruvchi turm ush madaniyatining vujudga kelishiga olib keldi.

Hozirgi paytda zamonaviy texnika yutuqlari jamiyat moddiy madaniyatining asosini belgilab beruvchi kuchga aylandi.

Moddiy madaniyatning tarkibiy tuzilishiga nazar tashlasak, u uch xil unsurdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol vositalari va yaratuvchanlik faoliyati kabi unsurlardan tashkil topganligini ko‘ramiz.

Ishlab chiqarish vositalari tarkibiga mehnat qurollari va ular bilan ta’sir ko‘rsatiladigan mehnat manbayi, transport va aloqa vositalari, ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan turli xil sun’iy inshootlar kiradi.

Uy-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlari iste’mol vositalarining tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarish va iste’mol vositalarining qay tarzda shakllanganligiga qarab muayyan xalq, elat yoki millatning umum madaniy taraqqiyotiga baho berish mumkin. Masalan, birgina iste’mol vositalarini o’rganish xalqning ehtiyojlari ko’lami qay darajadaligini ko‘rsatadi, chunki ehtiyojlarning keng ko’lamliligi moddiy-madaniy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Moddiy madaniyatning uchinchi unsuri moddiy boyliklarni yaratish, rivojlantirish, boyitish va ulardan foydalanish kabilarni o’z ichiga oladi. Yaratuvchanlik faoliyati jarayonida kishilarning bilimlari, malakalari, ko‘nikma, ijodiy salohiyati va kasbiy tajribalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ko’chadi va moddiylashadi.

Xulosa qilib aytganda, jamiyatning moddiy madaniyati, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalari va ularning natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyat kishilarning moddiy ehtiyojlarini qondirish, yuqori darajadagi farovonlikni ta’minlaydigan shart-sharoitlarini yaratish jarayonidir.

Ma’naviy madaniyat bu ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllarini vujudga keltirish sohalaridir.

Ma’naviy madaniyat haqida fikr yuritishdan avval, uning jamiyat ma’naviy hayoti tushunchasidan farqini aniqlab olish zarur. Jamiyatning ma’naviy hayoti tushunchasi kishilar, jamoa, elat, millat, sinflar hayoti ma’naviy jarayonlarini xarakterlovchi umumiy tushuncha hisoblanadi. Bizningcha, ma’naviy madaniyat muayyan jamiyatning mafkura sohasi, ijtimoiy psixologiya, axloq, san’at, diniy e’tiqodlar kabi tomonlarini tashkil etadi. Ma’naviy madaniyat tushunchasi tarixiy jihatdan yo‘lga qo‘yilgan ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol (foydalanish) jarayonlarini ham qamrab oladi. Ma’naviy madaniyat ijtimoiy ong shakllarining u yoki bu yig‘indisi emas, balki muayyan g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar, tushunchalar va boshqalarni vujudga keltiruvchi ijodiy faoliyatdir. Hozirgi zamon madaniyatshunoslaridan V.M.Mejuyev, S.N.Artanovskiy, A.I.Arnoldov, E.A.Baller, E.V.Sokolov, M.Xayrullayev, S.Shermuhamedov, U.Qoraboyev, A.Erkayev, K.Xonnazarov, A.Eshonqulov, M.Abduliayev va boshqalar ko‘rsatib o‘tishganidek, ma’naviy madaniyat bu — ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, unga mos bo’lgan munosabatlarni birlashtiruvchi kishilar hayotiy faoliyatining ijodiy mazmunidir.

Shuningdek, ma’naviy ishlab chiqarish kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ham, ijtimoiy ong shaklini shakllantirishga yordam beruvchi turli xil vositalar, muassasalar, tashkilotlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Ma’naviy ishlab chiqarish o‘ziga insoniy his-tuyg‘ularni, sezgi va idrokni, mantiqiy va badiiy tafakkurni, estetik kechinmalar, ideal tushuncha va orzu-havaslarni, nazariyalar va qarashlarni, mulohaza va boshqalarni birlashtiruvchi insoniy faoliyat hamdir.

Turli xil tasavvurlar, g‘oyalar, nazariyalar, ta’limotlar, ilmiy bilimlar, san’at asarlari, axloqiy va huquqiy me’yorlar, falsafiy va siyosiy qarashlar, mifologiya va din ma’naviy madaniyatning asosiy unsurlari hisoblanadi.

Ma’naviy madaniyatning ayrim elementlar (tarkibiy qismlar)i muayyan normativ (me’yoriy) vazifani bajaradi. Masalan, siyosiy, huquqiy, axloqiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy qadriyatlar hisoblanuvchi urf-odatlar, marosimlar, rasm-rusum va udumlar kishilarda muayyan me’yoriy xatti harakatlarga amal qilishni talab qiladi. Ma’naviy qadriyatlar o’zida ko‘proq axloqiy me’yorlami birlashtirib, kishilarning axloqiy xatti-harakatlarini nazorat ostiga oladi.

Moddiy va ma’naviy madaniyatlaming o’zaro bog‘liqligi kishilarning ehtiyojlari, qobiliyatlari, maqsadlarining moddiy ko‘rinishga aylanishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, madaniy qadriyatlarda ehtiyojlar, qobiliyatlar, maqsadlar ham ma’naviy ko‘rinishda, ham moddiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Yoki xalqimiz tarixiga oid muzeyga qo‘yilgan eksponatlarni tomosha qilar ekanmiz, ularda o’tmish ajdodlarimizning didlari, dunyoqarashlari, intilishlari va orzu – umidlari, tabiatga bo‘lgan munosabatlari, ijodiy imkoniyatlari, qobiliyatlari, ya’ni ma’naviy dunyosining qay darajada shakllanganligini anglab yetamiz. Shuningdek, kiyimlarimiz, turli xil binolar, oziq-ovqatlar, transport vositalari, turfa uy-ro‘zg‘or buyumlarimiz va boshqalar aslida moddiy-madaniy boyliklar hisoblansa-da, ularda kishilarning dunyoqarashi, didi, orzu-umid va his-tuyg‘ulari, intilishlariyu ruhiy holatlari, bilimlariyu tajribalari o‘z ifodasini topgan.

Biz yashab turgan dunyoda moddiy va ma’naviy madaniyatning unsurlari bir butunlik va o’zaro ta’sir doirasida mavjud bo’ladi. Masalan, moddiy va madaniy boyliklarni yaratishda mehnat qurollari: ish qurollari, texnika, texnologiya, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar moddiy madaniyatdagi; so‘z, xatti-harakat, bo‘yoq, loyiha, qog’oz, yozuv qurollari va boshqalar ma’naviy madaniyatdagi asosiy mehnat qurollari hisoblanadi.

Moddiy boyliklar: kiyim-kechak, turar-joy, oziq-ovqat, transport va aloqa vositalari, yordamchi inshootlar; ma’naviy boyliklar: me’moriy yodgorliklar, musiqa, kino, haykaltaroshlik, teatr tomoshalari, adabiy va ilmiy asarlar, matbuot va televideniye faoliyati va boshqalarni yaratish mehnat jarayonisiz vujudga kelmaydi. Mehnat mahsulotlarining yaratilishi qachonki ma’naviy-madaniy boyliklar o’zlarining yaratuvchilari tomonidan idrok etilgan taqdirdagina moddiy-madaniy boyliklarga aylanadi, moddiylashadi.

Moddiy va ma’naviy madaniyatlar nafaqat o’zaro bir-biri bilan bog’liq holda mavjud bo’ladi, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi farqli jihatlar ham ko‘zga tashlanib turadi. Bu farq, birinchidan, ma’naviy madaniyatning ikki shaklda — predmetlar va faoliyatning mahsuli sifatida mavjud bo’lishida ko‘zga tashlanadi. Kitoblar, tasviriy va haykaltaroshlik san’ati asarlari, me’moriy yodgorliklar, kinofllmlar, televideniye va boshqalar ma’naviy madaniyatning moddiy, ya’ni predmet shaklidagi ko’rinishlaridir. Sozanda, xonanda, raqqos, aktyor, suxandon. pedagoglarning va targ’ibotchilarning ijro hamda mahoratlari faoliyatning mahsullari hisoblanadi.

Moddiy madaniy boyliklar vaqt o’tishi bilan eskiradi, vayron bo’ladi, buziladi, xizmat vazifasini o’tab, nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Ma’naviy madaniy boyliklar esa asrlar o’tsa-da, keyingi avlodlar ongi va ko‘z o‘ngida milliy qadriyatlar shaklida saqlanib qoladi. Ulardagi asosiy mazmun, g‘oyalar, tamoyillar, me’yorlar avlodlardan avlodlarga o‘tadi, abadiy yashab qoladi. Ular har bir tarixiy-madaniy jarayonda ijtimoiy taraqqiyotga yordam beradi.

Moddiy va ma’naviy madaniyatlar o‘rtasidagi ikkinchi farqli jihat insonning moddiy ehtiyojlari — oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqalarga bo‘lgan ehtiyojlari ma’lum darajada cheklangan bo’ladi. Ma’naviy ehtiyojlari, ya’ni bilim olish, san’at asarlarini tomosha qilish yoki tinglashi, fan sohalarini o‘rganishi, kishilar bilan muloqotda bo‘lishi, urf-odatlar, marosimlarni tashkil etishi yoki undagi ishtiroki hamda aqliy faoliyatning boshqa turlariga ehtiyoji doim o va to’xtovsiz ravishda oshib boradi.

Uchinchidan, moddiy va ma’naviy madaniyat o‘rtasidagi farqlardan yana biri shuki, moddiy qadriyatlar (moddiy madaniyat) ko‘proq iste’molga mo‘ljallangan bo‘lsa, ma’naviy qadriyatlar (ma’naviy madaniyat) inson shaxsini shakllantirishga, uni kamol toptirishga xizmat qiladi.
To‘rtinchidan, moddiy madaniyatning turli elementlari aniq ehtiyojlarni qondirishga mo’ljallangan bo‘ladi. Masalan, mehnat qurollari faqat ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga, oziq-ovqat faqat tirik organizmning moddalar almashinuvi ehtiyojini qondirishga, kiyim-kechaklar tabiat hodisalari ta’siridan saqlanishga xizmat qiladi. Shuningdek, transport va aloqa vositalarining, uy-ro‘zg‘o r buyumlarining ham aniq bir vazifalari mavjud. Ma’naviy madaniyatning har bir unsuri ko’p qirrali xususiyatga ega bo‘ladi, ya’ni o‘zida boshqa elementlar (tarkibiy qismlar)ning vazifalarini birlashtiradi. Masalan, san’atni olib qarasak, u nafaqat badiiy estetik, balki siyosiy, axloqiy, mafkuraviy, diniy mazmunga ham ega bo‘ladi. Yoki huquq o‘zida axloqiy, siyosiy, mafkuraviy va hatto, diniy mazmun-mohiyatni birlashtiradi. Ma’naviy qadriyatlarda ham siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, estetik, diniy mazmun birlashib keladi.

Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket