Paleolit davri madaniyati

Respublikamiz hududida turli davrlarda, ayniqsa, XX asrning birinchi yarmi, so’nggi choragida olib borilgan tadqiqotlar mamlakatimiz madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir tarkibiy qismi bo’lganligini, turli davrlarda ikki qit’a – Osiyo hamda Yevropa madaniyatlari va manfaatlari to’qnashadigan joy bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bir tomondan, hozirgi O‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati qadim-qadim davrlardan buyon bir-biri bilan bog‘liq hoida shakllanib taraqqiy etgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qo‘shni davlatlar va mintaqalar xalqlari madaniyatidan ta’sirlangan va aksincha. aks ta’sir etgan. O’zbek xalqi madaniyati tarixiga e’tibor bersak, qadim-qadimdan to sho’rolar zamoni davrlarigacha O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Afg‘oniston va Sharqiy Turkiston xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bir-biriga ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, hozirgi kunimizda O‘rta Osiyoda yashayotgan o’zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman va qoraqalpoq xalqlarining ham taqdiri bir-biri bilan bog‘liq bo’lib, ularning tillari, turmush tarzi va mafkurasi bir xil geografik, iqlim va tarixiy muhit ta’sirida shakllangan. Mazkur xalqlar madaniyatining shakllanish jarayoni ibtidoiy davrlardayoq o‘zaro aloqada bo‘lgan.

Agar umumjahon miqyosida insoniyat tarixi, shu jumladan, madaniyati tarixining vujudga kelishi jarayoniga e’tibor bersak, bu jarayonning eng katta qismi ibtidoiy davrga to‘g‘ri kelishini ko‘ramiz. Ibtidoiy davr madaniyati insoniyat tarixining 99 foizini tashkil etadi. Ibtidoiy jamiyat paleolit (qadimgi tosh), mezolit (o ‘rta tosh), neolit (yangi tosh) va eneolii (tosh-mis) davrlariga bo’linadi. Qadimgi tosh asrining o‘zi ilk (ashel), o‘rta (muste) va so‘nggi tosh davrlariga bo‘linadi. Arxeolog olimlarning ta’kidlashlaricha, ilk tosh davri eng katta davr bo‘lib, taxminan bundan 2,5 million yillardan 100 minginchi yillargacha bo’lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ilk paleolit davrida eng qadimgi odamlar moddiy madaniyatning dastlabki namunalarini: toshdan yasalgan qo’pol mehnat qurollarini yarata boshlaganlar, tabiiy olovdan foydalanishni 0‘rganganlar, asosan, g‘orlarda yashaganlar, asta-sekin oddiy turar-joylar (shox-shabba va qamishlardan qurilgan chaylalar, yerto‘lalar va boshqalar) qurishib, tasavvurlarning shakllanish jarayoni sodir bo’ladi.

Arxeologlarning ko’rsatishicha, O’zbekiston hududida odamlar bundan taxminan million yillar oldin yashay boshlaganlar. Masalan, arxeolog U. Islomov Farg‘ona vodiysidagi Selungur g‘oridan topgan odamlar qoldiqlari (Fergantroplar) bundan taxminan bir million yillar ilgari yashagan odamlarniki ekanligini ta’kidlaydi.

Ilk paleolitning oxirgi davrlari «muste» (Fransiyadagi qishloq va g‘or nomidan olingan) davri deb atalib, bu davrda neandertal (Germaniyaning Neandertal vodiysi nomidan olingan) odamlari yashagan. Neandertal odamlarning qoldiqlari dastlab O’zbekistonning Teshiktosh g’oridan topilgan. Shuningdek, Respublikamiz hududidagi Omonqo‘ton, Zirabuloq (Samarqand viloyati), Obirahmat, Ko‘lbuloq (Toshkent viloyati), Uchtut (Navoiy viloyati) kabi hududlardan ham o’sha davrga oid bo‘lgan madaniyat qoldiqlari ochib o‘rganilgan.

Neandertal odamlaming hayoti albatta ancha og‘ir kechgan. Ularning moddiy madaniyati namunalari hisoblangan tosh qurollari o‘ta qo’pol ko’rinishda, tasavvurlari esa juda sodda bo‘lgan. Neandertal odamlar qabrlari atroflarining hayvon shoxlari bilan to’sib qo‘yilishi ularda ilk diniy dunyoqarash paydo bo‘la boshlaganligini ko’rsatadi. Buni Teshiktosh g‘orida yashagan odamlaming qabrlaridagi izlar ham tasdiqlaydi. Neandertal odam vafot etgandan so’ng uni qabrga ko’mib, qabr atrofmi hayvon shoxlari bilan to‘sib qo‘yganlar. Ularning tasavvuriga ko‘ra, hayvonning butun kuch-quvvati, o‘zidan kuchli va ayyorroq bo‘lgan yirtqich hayvonlarning hujumini qaytaruvchi shoxiga to‘plangan. Ikkinchi tomondan esa odam uchun hayvon asosiy oziq m anbayi hisoblangan. Shu boisdan ham hayvonlarga e’tiqod qilish — ilk totemistik tasavvurlar ham muste davrida vujudga kelgan bo’lishi ehtim oldan xoli emas.

So‘nggi paleolitning dastlabki davrlariga kelib, zamonaviy aqlli odam (homo sapiens) shakllanadi.

Demak, ibtidoiy to’da davridan urug‘chilik tuzumi (jamiyati)ga o ‘tish, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasida vujudga kelgan o ‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Ibtidoiy ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tosh qurollar «qo’l cho‘kichi», «qo‘l chopqisi» va «qo‘l boltasi» vazifasini bajargan.

Urug’chilik davriga kelib, mehnat qurollari birm uncha takomillashib, tosh qurollari ixchamlashgan. Suyak va hayvon shoxlaridan turli xil buyumlar: igna, bigiz, qarmoq, kamon o‘qi va turli bezaklar yasalgan.

Bu davrda tasviriy san’at o‘ta sodda ko‘rinishda bo‘lsa-da, birmuncha rivojlangan, ya’ni qoyatoshlar hamda g‘or devorlariga ov manzaralari, hayvonlar va odamlarning eng sodda tasvirlari tushirilgan. Bunga Surxondaryodagi Zarautsoy toshlaridagi, Chodakdagi (Namangan viloyati) g’or devoriga chizib ishlangan rasmlar hamda suyaklarga hayvon va odamlar qiyofalarining o‘yib ishlanganligi misol bo‘la oladi. Urug‘chilik davriga kelgach, suyakdan tasviriy va xalq amaliy san’atining ilk va eng sodda asarlari yaratilgan, ya’ni suyakdan turli xil taqinchoqlar yasaganlar, suyak ustiga turli rasmlar chizilgan, ona timsolini aks ettiruvchi nomukammal haykalchalar yaratilgan. Ibtidoiy rassom va haykaltaroshlar, eng avvalo, insonga hayot baxsh etuvchi homilador ayollar rasmini chizib, haykalchalar yaratganlar. Ov qilinadigan yirik hayvonlar rasmini va ov manzaralarini tasvirlaganlar. Xullas, O‘zbekiston hududidagi Zarautsoy, Molguzar va Nurota tog‘laridagi, Qoratog’ning Uchtut darasidagi, Xo‘jakent darasidagi, Teraklisoy va boshqa joylardagi ibtidoiy san’at asarlari tasviriy san’atning yuqori paleolit davridayoq rivojlanganligini ko‘rsatadi.

Mezolit davrida esa ibtidoiy rassomlar tabiatning u yoki bu kuchlariga bo‘lgan munosabatlarini, dunyoqarashlarini — u diniymi yoki dunyoviymi, bundan qat’yi nazar, qoyalarga chizilgan rangli suratlar orqali ifodalab berganlar. Masalan, Zarautsoy qoya toshlaridagi suratlarning bir qismi qizil rang bilan ishlangan. Qoya suratlari orasida yovvoyi hayvonlarni ov qilish manzarasi diqqatga sazovor. Ba’zi bir ovchilar o ‘z ustlariga chaylasimon yopinchiq yopib olganlar. Ular o‘q-yoy va palaxmonlar bilan qurollanganlar. Boshqa bir qoya toshda ikki guruh ovchilarning yovvoyi buqani o‘rab olish manzarasi chizilgan. Xulosa qilib aytganda, Zarautsoy qoyalaridagi rasmlar orqali o’rta tosh davri rassomlarining fikr doirasi, diniy tasaw urlari qay darajada rivojlanganligini bilib olsa bo’ladi.

Til va ongning asta-sekin paydo bo‘lishi natijasida ob’yektiv voqeük va uning turli xil hodisalari haqida tushuncha va tasavvurlarda o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Ibtidoiy kishilarning eng sodda ko’rinishdagi diniy va badiiy dunyoqarashi shakllana boshladi. Ibtidoiy kishilar o’zlarining tabiat va uning hodisalariga bo‘lgan munosabatlarini turli xil vositalar – qoya toshlar, g‘or devorlariga chizilgan eng sodda ko‘rinishdagi suratlarda mehnat ritmi bilan bog‘liq bo‘lgan raqslarda ifodalay boshlaganlar.

Demak, ibtidoiy davr, moddiy ishlab chiqarish jarayonining takomillashuvi ma’naviy madaniyat elementlarining shakllanishini tezlashtirgan.

O‘rta tosh (m ezolit) asrining eng katta yutuqlaridan biri, kishilar tomonidan o‘q-yoyning kashf etilishi bolgan. Bu ovchilikning rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Ovchilikning rivojlanishi, o‘z navbatida, ayrim hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishga olib kelgan. Xonakilashtirilgan hayvonlar kishilar turmushini binnuncha yaxshilagan. Masalan, it odamlarga ham ovda, ham xavf-xatardan saqlanishda katta yordam bergan. Xonakilashtirilgan hayvonlar esa inson uchun ham go‘sht, ham teri, ham jun , ham yog‘, ham suyak, ham o’g‘it manbayi bo’lgan. Bu davrga oid Machay g’ori (Surxondaryo viloyati) topilmalari shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi mezolit davriga kelib kishilar tosh qirg’ichlar, pichoqlar, suyakdan bigiz va ignalar yasaganlar. Bu esa hayvon terilaridan kiyim tikib kiyish va turar-joy atroflari hamda tepasini terilar bilan bekitish imkonini bergan.