Madaniyat va sivilizatsiya

Falsafa, sotsiologiya va madaniyatshunoslikka oid fan sohalarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalariga ilmiy yondashuv mavjud bo‘lib, ikkala tushunchaning mazmun-mohiyati va bir-biridan farqli jihatlarini tahlil qilib bcrish o’ta muhim ahamiyatga ega. Chunki ikkala atama ham bir xil mazmunga egadek bo‘lib ko’rinadi. To‘g‘ri, hozirgi paytda ko‘pgina xalqlarda sivilizatsiya atamasi madaniyatning sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Ayrim xalqlar. masalan, fransuzlar madaniyat so‘zi o‘rniga sivilizatsiya so‘zini qo’llashsa, nemislar dastlab madaniyat, so‘ngra sivilizatsiya, ruslar esa avval sivilizatsiya, so‘ngra madaniyat so‘zini ishlatishadi. Ikkala atama bir xil ma’non i anglatadimi? Bu savolga javob berish uchun, eng avvalo, sivilizatsiya atamasining lug‘aviy ma’nosi va mazmun-mohiyatini bilib olishimiz zarur. («Madaniyat» so‘zining lug‘aviy ma’nosi va mazmun-mohiyatini oldingi mavzularimizda ko‘rib o‘tgan cdik. Shu boisdan «madaniyat» so‘zining lug ‘aviy ma’nosiga qaytadan to‘xtalmaymiz).

«Sivilizatsiya» lotincha (civilis) so’z bo’lib, «grajdanlik» («fuqarolik»), «grajdanlikka oid», «davlatga oid» degan m a’nolarni anglatadi. Hozirgi kunda madaniyatshunoslikka oid fanlarda «sivilizatsiya» so’zidan muayyan jamiyat rivojlanishining ma’lum bir taraqqiyotga erishgan davrini ifodalash uchun qo’llash keng tarqalgan.

“Sivilizatsiya” atamasini dastlab shotlandiyalik tarixchi va faylasuf A.Fergyusson (1723-1816) o‘z asarlarida qo‘llagan. U ning fikriga ko‘ra, jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichi sivilizatsiyadir.

Fransuz ma’rifatparvarlaridan Monteske, Volter va boshqalarning asarlarida adolat va aql-idrokka asoslangan jamiyat haqiqiy sivilizatsiyalashgan jamiyatdir. Chunki adolat va aql-idrokka asoslangan jamiyatgina kishilarga haqiqiy baxt-saodat olib keladi. Adolatsiz va bilimsizlikka asoslangan jamiyat kishilarga kulfat va nadomat keltiradi, insoniyatni ma’naviy-ma’rifiy tanazzulga olib keladi.

Agar insoniyat tarixining eng dastlabki davri — ibtidoiy jamoa tuzumi davriga e’tibor bersak, o‘sha davrda yashagan turli xil qabilalar hozirgi davrda nazarda tutiladigan madaniy taraqqiyot — sivilizatsiyaga erishmaganlar. Eramizdan taxminan 5 ming yillar avval yer yuzining ayrim mintaqalari, ayniqsa, Sharq (qadimgi Shumer, Misr)da sivilizatsiyalar vujudga kela boshladi. Chunki hali ibtidoiy jamoa tuzumi davrida sivilizatsiya me’yorlari hisoblanuvchi na moddiy va na ma’naviy boyliklarni yarata olmaganlar.

Nemis faylasufi O.Shpengler o’zining 1918- yilda yozgan «Yevropaning soknishi» asarida sivilizatsiyaga «texnik-mexanik elementlarning umumiy yig‘indisi», degan ta’rifni bersa, madaniyatni «xalqning um um qalbini aks ettiruvchi va muayyan hayotiy jarayonni yashovchi biqiq organizm», deb atadi. Uningcha, sivilizatsiya induvidual taqdirga ega bo’lgan, tug’ilish, ravnaq topish va o‘lish davrlaridan iborat bo‘lgan ayrim jamiyatdir.

Faylasufning fikriga ko‘ra, madaniyat vaqtda cheklangan. Sivilizatsiyaning, ya’ni texnik taraqqiyot va sanoatning yuksalishi, yirik shaharlaming tezlikda ko’payishi, siyosat, fan va iqtisodiyot sohasidagi eng yirik muammolarning paydo bo’lishi madaniyatning halok bo‘lishini anglatadi. Madaniyat inqirozi jamiyat, xalq va millatni albatta halokatga olib keladi. Demak, uning fikriga ко ra, sivilizatsiya jamiyatni maqtanarli holatga oiib kelmaydi, balki jamiyatni mushkul ahvolga solib qo‘yadi. Shuning uchun ham sivilizatsiya har qanday madaniyatning tugallanuvchi bosqichi hisoblanadi.

Ingliz faylasufi Arnold Toynbi esa sivilizatsiya atamasidan o‘ziga xos boshqa jamiyatlar va davrlardan ajralib turuvchi cheklangan yopiq jam iyatni ifodalash uchun foydalangan. U insoniyat madaniy-tarixiy jarayonini 21 ta sivilizatsiyaga ajratadi. Uning fikricha, har bir sivilizatsiya vujudga kelish, o‘sish, tanazzul va yemirilish bosqichlarini bosib o‘tadi.

Nomlari yuqorida keltirilgan olimlaming fikrlarini umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, sivilizatsiya, birinchidan, insoniyatning farovonligini ta’minlaydigan, adolat haqidagi azaliy orzularini ro’yobga chiqaradigan jamiyat bo’lsa, ikkinchidan, insoniyatni halokatga olib boruvchi, axloqsizlik, adolatsizhk va yovuzlik hukmron bo’ladigan, insonni insoniylik qiyofasidan mahrum etuvchi jamiyatdir. Albatta, bu ikkala qarash madaniyat va sivilizatsiyalami bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish hisoblanadi.

Hozirgi kunda ko‘plab olimlarning asarlari, ilmiy va ma’lum otnoma shaklidagi adabiyotlarda sivilizatsiya jamiyat rivojlanishining ma’lum bir bosqichini, ya’ni sivilizatsiyalashmagan jamiyatdan o‘zining madaniy taraqqiyoti bilan ajralib turuvchi muayyan jamiyatni ifodalovchi tushuncha sifatida talqin qilinadi.

Sivilizatsiyalashgan jamiyatni sivilizatsiyalashmagan jamiyatdan farqlash uchun quyidagi belgilarga alohida e’tibor beriladi:

1 Jamiyatning xo‘jalik, harbiy, huquqiy va boshqa hayotiy faoliyat sohalarini muvofiqlashtiruvchi boshqaruv tizimi va tashkilotlarga ega bo’lgan davlatning mavjudligi.

2 Boshqaruv va xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan yozuvning mavjudligi. (Sivilizatsiyalashgan jamiyatlarda qonunlar yozuv orqali mustahkamlanib borgan. Chunki yozma qonunlar sivilizatsiyalashgan jamiyatning, urf-odatlar esa sivilizatsiyalashmagan jamiyatlarning asosiy belgilari hisoblanadi).

3 Ajdodlardan o’tib kelayotgan an’anaviy qonun-qoidalar va huquqiy norma (me’yor)lar yig‘indisining mavjudligi, ya’ni jamiyatda qonunlar tizimining qaror topishi. (Sivilizatsiyaga erishgan jamiyatda mavqeyi, e’tiqodidan qat’yi nazar aholining barcha qatlamlari qonunlar tizimiga qat’iy bo‘ysunadi).

Albatta, sivilizatsiya belgilarining barchasi birdaniga yuzaga kelmasligi, biri ertaroq, ikkinchisi birm uncha keyinroq vujudga kelishi mumkin.

Yuqorida ko‘rsatilgan belgilarning bo’lmasligi esa jamiyatni tanazzulga olib keladi.

Sivilizatsiyalashgan jamiyatda, eng avvalo, insonga alohida e’tibor beriladi. uning haq-huquqlari hisobga olinadi. Bunda jamiyatning siyosiy va xo‘jalik yuritish mexanizmi bekamu-ko‘st ishlaydi, insonning yaratuvchilik faoliyati uchun mo‘tadil imkoniyatlaryaratiladi. Qaysiki davrda inson omiliga, insonning buyuk bunyodkorlik salohiyatiga e’tibor berilgan bo‘lsa. o‘sha davrda jamiyat taraqqiyoti, uning moddiy va ma’naviy hayoti eng yuqori daraja — sivilizatsiyaga ega bo‘lgan. Misol tariqasida qadimgi Yunon va Rim, VIII-IX asrlardagi Xitoy, IX -XII asrlardagi Markaziy Osiyo, XIV – XVII asrlardagi G ‘arbiy Yevropa sivilizatsiyalarini olib ko‘rish mumkin.

Sivilizatsiya — bu, eng avvalo, madaniy taraqqiyotdir. Sivilizatsiyalar turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Sivilizatsiya bir davlat hududida yoki bir davlatning ikkinchi bir davlatda o‘z hukmronligini o‘rnatish orqali. shuningdek, sivilizatsiyalar bir vaqtning o‘zida bir nechta mintaqada birin-ketin yuzaga kelishi ham mumkin. Sivilizatsiya haqida ilgari surilgan barcha tushunchalarni tahlil qilsak, ularning mazmun-mohiyati muayyan jamiyatning ijtimoiy va moddiy taraqqiyotga erishganlik darajasini bildirishini anglab yetamiz.