Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?
— Dastlab boks o‘yinlari ochiq havoda, tomoshabinlar davrasida o‘tkazilgan. Tomoshabinlar aylana (ring) shaklida turib jangni kuzatgan. Shuning uchun boks maydoni «ring» deb atalgan.
— Rasmiy sport turi bo’lganidan so’ng jang maydoni kvadrat shakldagi maxsus platforma ishlatila boshladi.
— Kvadrat shakl burchaklarni yaratadi, bu jangchilar uchun dam olish, himoyalanish yoki strategiyani o‘zgartirish hamda jangni har tomondan teng masofada kuzatish imkonini beradi, bu tomoshabinlar va hakamlar uchun qulaylik yaratadi.
O‘xshash so‘zlar
- Nima
- Nimaga esnaymiz?
- Nimaga muz silliq?
- Nimaga ko‘z uchadi?
- Nimaga yo’tal kerak?
- Nimaga asal aynimaydi?
- Nimaga miya charchaydi?
- Nimaga koʻzlar qizaradi?





