Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket

Andijon tarixi

Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Abdurahmon Isxoqov

Muqaddima

 

“Istiqlol yillarida boy tariximiz, bebaho merosimiz, dinu diyonatimiz, ko’hna urf-odat va an’analarimizning qayta tiklangan, istiqlol davri Vatanimiz uchun chinakam ma’naviy tiklanish va yuksalish davri bo’lganini ifoda etishimiz kerak”. (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qaroridan. “Xalq so’zi” 2013, 19 iyun.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2013 yil 26 aprel kuni Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida bayrog’ida Amir Temur ordeni xilpirab turgan qadimiy va hamisha navqiron Andijon va uning o’tmishi, buguni va kelajagiga dahldor purma’no g’oya va fikrlar, ilhombaxsh maslahatlar, yo’l-yo’riqlar ko’rsatdi. Har bir andijonlik qalbi va ongida o’chmas iz qoldirgan, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga da’vat etuvchi so’nggi yetti yillikdagi erishgan yutuqlarni yuksak baholab, viloyatimiz xalqi sha’niga ko’pdan-ko’p ilhomlantiruvchi ezgulikka, bunyodkorlikka chorlovchi fikrlarni bayon etdi. Prezidentimiz mamlakatimiz qo’lga kiritayotgan, jahon hamjamiyati tan olayotgan yutuq va marralarga erishish yo’lida butun O’zbekiston aholisi qatori Andijon viloyati mehnatkashlari ham munosib hissa qo’shayotgani, ko’p sohalarda yetakchi o’rinlarni egallab kelayotganini e’tirof etib viloyat markazi, barcha shahar qishloqlar qiyofasi tubdan o’zgarib, tobora obod bo’lib, xalqning hayot sifati va darajasi yuksalib borayotganidan quvonayotganini mamnuniyat bilan izhor etdi. “Andijon ahli, – deb ko’rsatdi Yurtboshimiz, – o’z yurtiga bo’lgan mehri va sadoqatini, g’urur va iftihorini, or-nomusini yuksak qadrlab, o’z kuchi va qudratiga ishonib yashaydigan xalq”.

Yurtboshimiz viloyat aholisi sha’niga aytilgan quyidagi so’zlari ham har bir andijonlik uchun faxrlidir: “Andijon viloyatining markazi, shahar va turar joylarning ko’rinishini butunlay o’zgartirish, go’zal va o’ziga xos maydonlar, ko’cha va uylarga barchaning havasini tortasigan yangi qiyofa berish, obod va betakror o’kaga aylantirish, bunday olijanob va ulkan ishlaga qo’l urgan barcha-barcha Andijon ahliga har qancha tasannolar aytsak arziydi, albatta.

Ko’p yillar, balki yuz yillar o’tar, lekin Siz, azizlarning amalga oshirgan ishlaringiz abadiy saqlanib qolur….

Andijon ahli bunday ishlari bilan ta’bir joiz bo’lsa, o’ziga haykal qo’ydi. Bu balandparvoz gap emas, ayni haqiqat va bu bilan g’ururlansk arziydi” (Xalq so’zi. 2013, 10 may).

Buyuk istiqlol inson faoliyati va hayotining barcha sohalari bo’yicha o’xshashi yo’q isjobiy o’zgarishlar uchun mustahkam poydevor yaratdi. Xususan, ma’naviy hayotimizda asrlar davomida yuz bergan o’zgarishlardan ham buyuk ezgulik ishlari amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida el-yurtimiz o’zining ko’p asrlik tarixi davomida ko’plab mash’um xatarlarni necha bor ko’rgani, ularning jabru-jafosini tortgani haqida to’xtalib, mana bunday deb yozgandi: “Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dininmiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o’tmish, bosib o’tgan mashaqqatli yo’limiz barchamizga saboq bo’lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo’lib yashashga da’vat etishi lozim. O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko’p bora o’z isbotini topgan”. (Karimov Islom. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent “Ma’naviyat”, 2008. – B 4).

Milliy mustaqil davlatning barpo qilinishi bilan O’zbekistonning haqiqiy, chin yangi tarixini tiklash uchun zaruriyat va imkoniyat yaratildi va bu masala respublikada davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Islom Karimovning tashabbusi bilan O’zbekistonning yangi tarixini yaratish bo’yicha ilmiy markaz tashkil etildi. 2000 yildayoq uch jildlik O’zbekistonning yangi tarixi nashrdan chiqdi. Viloyatlar, shaharlar tarixini tiklash va ularning tarixiy sanalarini o’tkazish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Marg’ilon kabi qadimiy shaharlarning tantanali yubileylari o’tkazildi. Hozirda Andijon va yana ko’plab shaharlarning yoshini aniqlash bo’yicha arxeologik, etnografik ishlar olib borilmoqda. Xullas, mustaqil O’zbekiston Respublikasi davlati va hukumati shahar va viloyatlar tarixini o’rganishga va uni ommalashtirishga, ularda istiqomat qilgan aholining mamlakat, jahon sivilizatsiyasiyasiga qo’shgan xizmati va hissalarini o’rganish, bu shahar va viloyatlarning kundalik hayotimiz va faoliyatimizning barcha sohalaridagi ulkan yutuqlarini o’rganishga, targ’ib-tashviq etishga juda katta e’tibor bermoqda.

Bashariyat tamadduniga katta hissa qo’shgan qadimgi kentlar qatorida Andijon shahri ham o’zining munosib o’rniga ega. Bu azim shahar dunyoga buyuk davlat arbobi, betakror shoir va olim Zahiriddin Muhammad Boburni, xassos shoira Nodirabegimni, afsonaviy lashkarboshi, sarkarda Amirlashkar Alimulni, istiqlolning yalovbardor kurashchisi, buyuk shoir va adib, jahon adabiyoti durdonalarini o’zbek tiliga tarjima qilgan Sulaymon o’g’li Abdulhamid Cho’lponni, akademik, shoir, yozuvchi, dramaturg Komil Yashinni, betakror shoir Muhammad Yusufni, teatr va kino san’atining yorqin yulduzlari Abbos Bakirovni, Soyib Xo’jayevni, bastakor To’xtasin Jalilovni, buyuk matematik olim Toshmuhammad Sarimsoqovni, jahon va Olimpiada chempioni Muhammadqodir Abdullayev kabi mashhu insonlarni yetkazib bergan.

Andijon ko’plab sinov va qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Ammo har qanday mushkul ahvoldan chiqish uchun andijonliklar o’zlariga bo’lgan ishonchni yo’qotmaganlar, barcha qiyinchiliklarni mardona bartaraf qilganlar, o’z ajdodlari xotirasiga hamisha sodiq qolganlar, hech qachon o’z g’ururi va vijdoniga qarshi turmay, uni ko’z qorachig’iday asrab-avaylab kelganlar, ertangi yorug’ kunlariga hamisha ishonganlar.

Ana shunday buyuk bunyodkorlik yo’lidan borib, olam-olam zafarlar yuksakligidan turib bosib o’tilgan tarixiy yo’lga boqarkanmiz, biz andijonliklar haqli ravishda o’tmishimiz, boy va betakror tariximiz bilan haqli faxrlanamiz.

Qadimiy va hamisha navqiron Andijonning hozirgi kungacha bo’lgan tarixi yaxlit, bir butun holatda yoritilgan emas. Bu ko’hna zamin tarixining faqat ayrim davrlariga, ba’zi bir masalalarg bag’ishlagan kichik-kichik risola, maqolalar bor, xolos. 1980 yilda O’zbekiston FA Tarix institute tomonidan rus tilida nashr etilgan “История Андижана” kitobi kommunistik g’oya va mafkura ruhida yozilgan bo’lib, qadimgi davrdan XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan davr uchun bor-yo’g’i 5-6 bet ajratilgan. Unda chor Rossiyasi bosqini buzib ko’rsatilib, Andijonning Rossiyaga qo’shib olinishi degan mutlaqo noto’g’ri konsepsiya asosida 9-10 bet hajmda talqin etilgan. Kitobning qolgan qismi sho’ro davriga bag’ishlangan bo’lib, tarixiy jarayon buzib ko’rsatilgan, sovet rejimi sun’iy ravishda madh etilgan.

1977 yili “O’zbekiston” nashriyotida rus va o’zbek tillarida chop etilgan “Xalqlar do’stlik bayrog’i ostida” nomli maqolalar to’plamida Andijon tarixiga oid bir qancha faktik materiallar berilgan bo’lsada, biroq ular sove rejimi g’oyasi va mafkurasi ruhida tahlil qilingan, tarixiy voqealar bir tomonlama tavsiflangan, faqat ijobiy holatlar, voqealarga o’rin berilgan.

XX asrning 80-yillarida M.X.Muhiddinov, K.M.Narinskiy, R.T.Shamsutdinovlarning viloyat gazetalari sahifalarida Andijon viloyati siyosati tashkilotining sovet davridagi faoliyatini sharhlovchi bir turkum maqolalari e’lon qilindi. Ular ham kommunistik ruhda yozilgan edi.

Yaqin vaqtlarga qadar Farg’ona vodiysi hududidagi urbanizatsiya jarayoni, jamiyat rivojlanishida shaharlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi, shahar madaniyatining shakllanish jarayoni yetarli darajada o’rganilmay kelingan edi. Oqibatda, biz mintaqadagi qadimgi shaharlarning dastlabki genezisi, kelib chiqishi masalalari bo’yicha deyarli ma’lumotlarga ega emasdik. Bunday holatning asosiy sababini sovet davrida bu hududni o’rganishga bo’lgan alohida yondashuvidan axtarmoq lozim. Chunki bu zaminga O’rta Osiyo tsivilizatsining chekka periferiyasi va tarixiy taraqqiyotdan orqada qolib ketgan hudud deb qarab kelingandi. Ba’zan mavjud arxeologik komplekslarga baho berishda shaharlarning qadimiy ekanligiga shubha bildirilib, asosiy e’tibor ularning yoshini imkoni boricha kamaytirishga qaratilgandi. Sankt-peterburglik taniqli arxeolog olim Yu.A.Zadneprovskiyning tadqiqot ishlari tufayli Farg’ona vodiysidagi shaharlarning qadimiy ekanligi to’g’risidagi masala qo’yildi. Vodiydagi shaharlar haqiqatan ham qadimgi shaharlar ekanligini isbotlash uchun beshta arxeologik mezon aniqlandiki, ular o’z ahamiyati va muhimligini hozirda ham yo’qotgan emas.

Vodiyning qadimgi, respublikaning eng sharqiy qismida joylashgan shaharlaridan biri Andijondir. U o’zining jo’g’rofiy joylashishi va iqtisodiy salohiyatiga ko’ra o’ziga xos va qadimiy tarixiga egadir. Uning qadimgi davri tarixini o’rganishda Ya.G’ulomov, M.Ye.Masson, A.K.Pisarchik, B.Abdulg’oziyeva, G.Dadavoyev, S.Jalilov, B.X.Matboboyev kabi tadqiqotlarning asarlarini ko’rsatish mumkin. Ayniqsa, 2000-2008 yillar mobaynida B.X.Matboboyevning arxeologik qazishmalaridagi topilmalarini alohida qayd etish lozim. Masalan, ayni shu olimning tadqiqotlari asosida shaharning qadimgi va o’rta asrlar davridagi rivoji tarixi, shaharning tuzilishi to’g’risida qimmatli materiallar to’plandi. Andijonning qimmatli topografiyasi bo’yicha dastlabki tadqiqotlar etnograf A.K.Pisarchik tomonidan 1938, 1944 va 1947 yillarda olib borilgan. Buning natijasida shaharning tarixiy planini yaratish, darvozalari va masjidlarini aniqlash mumkin bo’ldi.

 

Hozirgi vaqtda Andijonning o’rta asrlar davri (IX-XIX asrlar) to’g’risida va ayniqsa, uning XIV-XVI asrlardagi tarixi haqida yetarli darajada ma’lumotlar to’plandi. Xususan, shahar joylashgan manzil, Arki-a’lo, Shahriston, rabot chegaralari aniqlandi.

Проснувшись однажды утром после беспокойного сна, Грегор Замза обнаружил, что он у себя в постели превратился в страшное насекомое.
Проснувшись однажды утром после беспокойного сна, Грегор Замза обнаружил, что он у себя в постели превратился в страшное насекомое.
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Accordion Content
Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket