Madaniyatning vazifalari

Madaniyat ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida jamiyatning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Bu ta’sir madaniyatning jamiyat hayotida bajaradigan vazifalarida o‘z ifodasini topadi.

1. Madaniyat, eng avvalo, bilish funksiyasi (vazifasi)ni bajaradi. Kishilar turli tarixiy davrlarda o’zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga harakat qilganlar. Natijada o’zlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiatning voqea va hodisalari, tabiatdagi narsalar va predmetlarning xususiyatlari hamda ichki qonuniyatlarini bilishga intilganlar. Ularning noma’lum jihatlarini ocha borganlar. Ayrimlarini bo‘ysundirib, ayrimlariga moslashganlar. turli xil xulosalarga va to‘xtamlarga kelganlar. Natijada o‘zlarining bilim darajalarini oshira borganlar, ya’ni o’zlari egallagan bilimlarini o’zlari yaratgan madaniy boyliklarda moddiylashtirganlar. Demak, madaniyat insonning ijtimoiy voqelikni bilib olishidir. Inson atrof-muhitni bila borib, o‘z -o‘zini moddiy boyliklarning haqiqiy yaratuvchisi ekanligini, jamiyatdagi o‘z o‘rni va mavqeyini anglay boradi.

2. Madaniyatning axborot berish (informativ) vazifasi. Inson o‘zini qurshab turgan moddiy dunyo va ijtimoiy muhitni o‘zlashtirib hamda anglab borishi natijasida muayyan darajadagi bilim, tajriba, malaka va ko‘nikmalai£a ega bo‘la boradi. Ularni boshqa kishilarga, guruh yoki tabaqalarga, o‘zidan keyin kelayotgan avlodlaiga yetkazib berish ehtiyojiga ega bo‘ladi. Insoniyat hayotining dastlabki davrlarida, ya’ni yozuvning kashf etilguniga qadar kishilar o‘zlarining bilimlari, tajriba, malakalarini og‘zaki yo‘l – xalq og‘zaki ijodi nam unalari orqali, so‘ngra yozuv orqali yetkazib berganlar. Hozirgi kunda madaniyatning axborot berish vazifasini ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi, fan va adabiyot, san’at va qadriyatlar bajarmoqda. Bu vositalar yordamida ham o‘tmishda to‘plangan, ham bugungi kundagi tajribalar o‘zlashtirila boshlandi. Shu boisdan ham biror xalqning madaniyatda erishgan yutug‘i boshqa xalqlar tomonidan qabul qilinadi. Demak, madaniyatning ana shu vazifasi tufayli hech qaysi xalq o‘z madaniyatini yana qaytadan boshlamaydi.

3. Madaniyatning aloqa bog’lashlik (kommunikativ) vazifasi. Yaratilgan va yaratilayotgan har qanday m adaniyatni kishilar, guruhlar, tabaqalar, xalqlar, elat yoki millatlarning o‘zaro aloqa-muloqotisiz tasavvur qilish qiyin. Ikkinchi tomondan esa madaniyat insonning o‘zaro aloqasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Madaniyatning mazkur vazifasi nafaqat zamonamizning asosiy aloqa bogiovchi vositasi hisoblanadi, balki o‘tmish ajdodlarimiz, boshqa xalqlar, elat va millatiarning o‘tmish buyuk siymolari bilan bevosita aloqa bog‘lashimizga yordam beradi. Masalan, biz nafaqat Forobiy, Ibn Sino, Beruniy yoki boshqa o‘tmish ajdodlarimizning, balki, dunyo xalqlari va ularning ko‘plab ulug‘ siymolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-umidlari, his-tuyg‘ulari va turmush tarzi haqidagi tasavvurlarga ham ega bo‘lamiz.

Shuni unutmaslik kerakki, madaniyatning bu vazifasi kishiga ikki xil – ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Sharq xalqlarining tabiati va ruhiyatiga, axloqiy va estetik qarashlariga yot bo‘lgan begona m adaniy tuzumlar kishilarimizga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin umuminsoniyat tomonidan qadrlanadigan umumaxloq, huquq, badiiy tafakkur, iymon-e’tiqod me’yorlari kishilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, komil insonni shakllantirishga yordam beradi.

4. Madaniyatning tartibga solish (regulativ) vazifasi. Kishilarning tabiat, jamiyat va boshqa kishilarga nisbatan bo‘lgan munosabatlari jamiyat ustqurmasining asosiy elementlari hisoblanuvchi davlat tashkilotlari. ular olib boruvchi siyosat, uni mustahkamlovchi va tarqatuvchi huquq hamda mafkura. axloq, san’at, ijtimoiy-gumanitar fanlar va din tomonidan tartibga solib turiladi. Ijtimoiy hodisa hisoblanuvchi turli xil marosimlar va urf-odatlar ham madaniyatning tartibga soluvchilik vazifasini bajaradi. Kishilaming atrof-muhitga nisbatan bo‘lgan munosabatlari natijasida axloqiy, estetik, diniy, siyosiy va huquqiy me’yorlar vujudga keladi.

5. Madaniyatning baholash funksiyasi (vazifasi). Inson tomonidan yaratilgan va hozirgi kunimizgacha asrab-avaylanib, qadrlanib va saqlanib kelinayotgan barcha madaniy qadriyatlar turli davrlarda yashagan kishilaming bergan baholari tufayli bizgacha yetib kelgan. Chunki turli davrlarda yaratilgan madaniy boyliklar har doim ham jamiyat taraqqiyoti uchun ijobiy rol o‘ynab kelmagan. Madaniy boyliklarga baho berishda har bir davr kishilarining o‘z qarashlari va qadriyatlari m uhim o‘rin tutadi. Xulosa qilib aytganda, shakllangan va barqaror holatga kelgan qadriyatlargina madaniyatning boyishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, salbiy hodisalarning jamiyat taraqqiyotiga va kishilar manfaatiga zid bo’lgan me’yorlarning jamiyat hayotidan joy olishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Madaniyatning aynan baholash vazifasi tufayli eng nodir, eng qimmatli madaniy boyliklar tanlanadi, ularni yaratish jarayonidagi barqarorlik. davomiylik va vorislik ta’minlanadi. Madaniyatning yuqorida sanab o‘tilgan barcha vazifalari bir-birlari bilan uzviy aloqadorlik va bog‘lanishda bo’ladi. Ular bir-birini to’ldiradi, boyitib boradi va pirovard natijasida ijtimoiy taraqqiyot hamda shaxs kamolotiga xizmat qiladi.