Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati haqida

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal’alarning paydo bolishi, yirik sug’orish va mudofaa inshootlarining qurilishi, siyosiy tashkilotlar – davlatlarning tarkib topishiga zamin yaratib beradi.

Qadimgi fors va yunon manbalari eramizdan avvalgi VIII – VII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo hududida Baqtriya va Xorazm singari quldorlik davlatlari paydo bo’lganligi haqida xabar beradi. Persepol saroyidagi tosh qabrlarga bitilgan rasmlar, Naqshi Rustam darasidagi shoh Doro qabriga bitilgan bezakli tasvirlar, «Avesto», qadimgi yunon, rim va xitoy m ualliflarining asarlarida hozirgi markaziy osiyoliklaming inoddiy va ma’naviy madaniyati haqidagi muayyan ma’lum otlar berilgan.

Mustaqil oilalarning urug’ jam orasidan ajralib chiqishi ibtidoiy jamoa tuzumini inqirozga olib keldi va ijtimoiy munosabatlaming yangi bir ko‘rinishi — sinfiy jamiyatning paydo bo’lishiga zamin hozirladi. Ishlab chiqarish jarayoni mustaqil oila jamoalarini birlashtirib turuvchi asosiy omilga aylandi. Ishlab chiqarishga asoslangan oilalarning ko‘payishi ay rim oilalarda ortiqcha mahsulotlarning paydo bo’lishi va mahsulot ayirboshlashni vujudga keltirdi.

Oila jamoasidagi ortiqcha daromad va ayirboshlash eng dastlabki mehnat taqsim otini keltirib chiqardi. Oilalar o‘zlari uchun qulay bo’lgan ishlab chiqarish sohasini tanlay boshladilar. Oilalarda to’plangan ortiqcha boylik – xususiy mulk urug‘larning iqtisodiy tabaqalanishiga sabab bo‘ldi.

Markaziy Osiyoda temir davrining boshlanishi taxminlarga ko‘ra eramizdan avvalgi 1 ming yillikning dastlabki choragiga to‘g‘ri keladi. Temirdan mehnat, ov va jang qurollari ishlab chiqarila boshlanadi. Natijada jamiyatning tabaqalanish jarayoni tezlashib ketadi va ikkinchi mehnat taqsimotini vujudga keltiradi, ya’ni dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi. Yirik ishlab chiqarish markazlari —shaharlar paydo bo‘la boshladi.

Temirni qayta ishlashning vujudga kelishi ajdodlarimizning eng katta kashfiyotlaridan bin edi. Temirdan mehnat qurollari yaratish jam iyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy hayotida tub burilishlar yasadi.

Hozirgi o‘zbek xalqining qadimgi davr madaniyati Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlar madaniyati bilan chambarchas bog’liq holda ravnaq topgan. Milliy madaniyatimizning rivojlanish jarayoniga e’tibor bersak, xalqimiz milliy ongining rivoji va umuminsoniy madaniyatlarning o‘zaro ta’siri ostida ro‘y berganligini ko‘ramiz. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati rivojida «Buyuk ipak yo‘li»ning roli benihoya katta bo‘lgan.

Eramizdan avvalgi II ming yillikning oxiri va 1 ming yillikning boshlariga kelib, O‘rta Osiyoda Baqtriya, So‘g’diyona va Xorazm kabi madaniyjihatdan rivojlangan davlatlar paydo bo‘ldi. Mazkur davlatlaming qadimgi davr madaniy taraqqiyoti boshqa bir qator xalqlar: Eron, Xitoy va Hind madaniyatlarining ta’siri ostida ro’y bergan. Masalan, taxminan eramizdan avvalgi I ming yillik o‘rtalariga kelib Baqtriya Hindiston bilan bo‘ladigan savdo-sotiqning asosiy markaziga aylandi. Savdo-sotiqning yuksalishi natijasida mustahkam qilib qurilgan qal’alar xalqning keng iste’mol va tashqi savdoga olib chiqiladigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan iqtisodiy va madaniy markazlariga aylana boshladi. Yirik iqtisodiy markaz — shaharlarning vujudga kela borishi uchinchi mehnat taqsimotining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Jismoniy va aqliy mehnat bir-biridan ajrala bordi. Shaharlarda nafaqat moddiy va madaniy boyliklarni yaratuvchi tabaqalar, shuningdek, ma’naviy-madaniy boyliklar, ma’naviy qadriyatlami yuzaga keltiruvchi tabaqa- aqliy mehnat ahli shakllana boshladi.

Ayniqsa, hunarm andchilik taraqqiy etgan shahar-qal’alarda aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi ruhoniylar, san’atkorlar, shoirlar boy-badavlat kishilarning farzandlariga G ‘arb san’ati va sodda ko’rinishdagi fanlar sohalaridan ta’lim-tarbiya beruvchi ziyoli tabaqalari vujudga kela bordi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal’alarning paydo bo‘lishi, yirik sug‘orish va mudofaa inshootlarining qurilishi, ma’muriy boshqaruv tizimi — davlatlarning tarkib topishiga zamin yaratib berdi.

Eramizdan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida yaratilgan «Avesto» matnlariga e’tibor bersak, qadim ajdodlarimiz o‘sha davrlardayoq dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikni rivojlantira olganligini kokramiz. «Avesto»ning «Yasna» va «Vandidod» kabi qismlarida Ahuramazdaning eng yaqin yordamchilari, ya’ni buyuk kuch-qudratga ega bo’lgan ilohlardan biri – Xshatra Varya ma’danlardan turli xil buyumlar yasovchi hunarmandlar homiysi sifatida talqin qilinadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, eramizdan avvalgi I ming yillikning boshlaridayoq Markaziy Osiyo hududida ijtimoiy- iqtisodiy o’zgarishlar sodir bo’lgan. Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik madaniyati ancha rivojlanib, mehnat taqsimoti tugallanib ulgurgan, ijtimoiy tabaqalanish amalga oshib, davlat hokimiyati o‘rnatilgan va mustaqil davlatchilikning tamal toshi qo‘yilgan.

Ayniqsa, Qadimgi moddiy va ma’naviy madaniyatimiz haqidagi ma’lum otlarni, eng avvalo, «Avesto»dan, shuningdek, yunon tarixchilari Gerodot, Kvint Kursiy Ruf, Piulara, Arrian, D iodor, Strabon, Pompey Trog, Yustin asarlaridan olish mumkin. Masalan, Strabon xorazmiylarni sakmassagetlar turkumiga kiritadi, qadimgi so‘g‘dlar va baqtriyaliklar turmush tarzi va xulq-atvori bilan o‘zaro farqlanmaydi, deydi. Tarixiy va arxeologik manbalarga ko‘ra xorazmiylar, baqtriyaliklar va so‘g‘diylar o‘z kiyim-kechaklari, bosh kiyimlari, qurol-aslahalari bilan saklardan farq qilmaganlar. Vohadagi elatlar saklar bilan deyarii bir tilda gapJashganiar. Etnik jihatdan dehqonchilik vohalarida joylashgan elatlarda Amudaryoning yuqori havzasidagi xorazmiylar, Gurgan quyi oqimidagi girkanlar, Kopetdog etaklaridagi umumiy nomdagi parfianlar, Murg‘ob havzasidagi marg’iyonlar, Zarafshon, Qashqadaryo vohalaridagi so‘g‘dkir, Surxondaryo vohasidagi baqtriyaliklar va parkana (Farg‘ona)liklar tarixiy manbalarda tilga olinadi. Yuqori Amudaryoning ikki sohilidagi barcha elatlar eramizdan avvalgi 1 ming yillik o’rtalarida yuksak madaniyatga ega bo’lib, irrigatsiya va qurilish inshootlarini, hunarmandchilik va G‘arb san’ati sirlarini egallagan, zo‘r ma’naviy qadriyatlarni yaratgan etnik guruhlar, hatto qo‘shni davlatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazganlar.

Har qanday xalq yoki elatning dovrug’i o‘z madaniyatining o‘ta rivojlangan, ishlab chiqarishdagi yutuqlari va xalq og‘zaki ijodi nam unalarining keng qamrovligi bilan boshqa xalqlarga yetib boradi. Qadimgi yunon va rim tarixchilari o‘z asarlarida avlod-ajdodlarimizning turush-turmushi, hayot kechirishi, mashg‘ulot turi, qo‘shni xalqlar bilan bordi-keldisi – iqtisodiy va madaniy aloqalari, xarakteri va intilishlari haqida so‘z yuritadilar. Yunon solnomachisi Diodor o‘zining «Tarixiy kutubxona» asarida Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlari: skiflar, saklar, massagetlar, arimasplar haqida qisqacha bo‘lsa-da to’xtalib o‘tadi.

Hozir biz yashab turgan hududlarda qadim-qadimda skiflar va ularning turli qabilalari – shak (sak), massaget va boshqalar yashaganlar. Keyinchalik skiflar hozirgi Volga, Don, Dunay daryolari bo’ylarigacha bo‘lgan hududlarni bosib olganlar. «Skiflar Markaziy Osiyodan tarqalgan edi», – deb yozadi rus olimi A.B.Ditmar o‘zining «Skifiyadan Elefantingacha» nomli asarida. Demak, turli sabablarga ko‘ra (bizningcha, o‘zaro qabilaviy kelishm ovchiliklar natijasida) Markaziy Osiyo hududlaridan ketib qolgan skiflar Yevropaning ancha ichkarisigacha cho‘ziigan bepoyon o‘lkalarga kirib borib yashaganlar va u yerlarda o‘ziga xos madaniyatni yaratganlar.

Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning ta’kidlashicha, skiflar quyidagi xudolarga sig‘inganlar: «Tabiyati – ma’budalar ma’budi (yunonlarda Gestiya), Papey – osmon xudosi (yunonlarda Zevs), Api (Geya), Taytosir (Appolon) – cho‘ponlar, keyinchalik poklik xudosi. Argimpasa (Afrodita) – sevgi, muhabbat va go‘zallik xudosi, Fagimasad (Poseydon) – dengiz xudosi. Skiflarda urush xudosidan boshqa xudolarga haykal o’rnatish, ibodatxona va mehrob qurish odat emas, — deb yozadi tarixchi.

Gerodot sanab o‘tgan yetti xudo ma’bud zardushtiylaming yetti ma’budlari — Ahuramazda va Olti Amesha Spentalariy Voxu Manna (ezgu-niyat), Atavaxishta (to‘g‘rilik, rost so‘zlash), Xshatra Varya (umid va qudrat), Spenta Armaeti (komillik, mukammallik), Xaurvatat (salomatlik), Ameretat (umrboqiylik) hamda borliq haqidagi tushunchalariga muvofiq – yetti qavat osmon, yetti qavat yer, yetti sayyora haqidagi tushunchasi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Qadimgi skiflarning diniy tushunchasi va tasavvurlari hamda xudolari yaxlit, muayyan tizimga ega bo‘lgan, ya’ni har bir ma’buda hayotning muayyan bir sohasini boshqaradi, yuqoridan quyiga, asosiydan ikkinchi darajalilari bilan uzviy bog‘liq tarzda tasavvur qilingan. Skiflar borliqni uch qism: osmon, O’rtalik va yerdan iborat deb bilganlar. Olov – esa ana shu uch qismni bir-biri bilan bog’laydi. Olov – ilohiy kuch, u Tahiti nomi bilan bog’liq. Tabiti skif xudolari panteonida birinchi o‘rinda turgan. U – asosiy xudo. Xonadon, oila, o‘choq xudosi hisoblangan. Shu sababli skiflar «shoh Tabiti nomi bilan» deb qasam ichganlar. Tabitining bosh xudo sifatida e’zozlangani bejiz emas, chunki olov ko‘chmanchilar hayotining manbayi, oilaning hamrohi, farovonligi va sihat-salomatligining asosiy omili bo’lgan. Har bir xonadonda o‘choqning mavjudligi (keyinchalik olovxonaning paydo bo‘lishi) urug‘-aymoq birligining timsolt hisoblangan. Bundan ko’rinadiki, skiflardagi muqaddas yettilik va uchlik raqamlari dastlab olovga sig‘inuvchi ajdodlarimiz ilmiy, badiiy hamda diniy dunyoqarashlari, rasm -rusum , udunt va marosimlarida. so‘ngra M arkaziy Osiyoda yashovchi turli qabila, elat va m iliatlar turmush tarzidagi muqaddas sonlar shaklida saqlanib kelingan.

Qadimgi yunon va rim tarixchilarining asarlaridan yana shuni bilib olish mumkinki, M arkaziy Osiyodagi madaniyat qadimgi yunon va rim madaniyatidan hech ham qolishm agan. Masalan, Plutarxning «Aleksandr», Poliyenning «G’arbiy hiylalar» nomli asarlarida bu o‘lkadagi mustahkam devorlar bilan o‘ratgan muhtasham shaharlar grek-makedonlarni hayratda qoldirgan. Chunki Markaziy Osiyo o‘sha davrdayoq «Shaharlar o’lkasi» nomini oigan. Arrianning ko’rsatishicha, So’g’diyonadagi deyarli barcha shahar va qishloqlar mustahkam devor bilan o’rab olingan edi. Aleksandr Makedonskiy bu shahar va qishloqlami faqat o‘zining toshotar qurollari bilangina ishg‘ol qilgan.

Shuningdek, Markaziy Osiyoda yashagan xalqlarning temirdan yasalgan qurollari nihoyatda chidamli va bejirim bo’lgan. Oltin idishlardan buyum o‘rnida foydalanganlar. Oltin ular uchun qimmatli ahamiyatga ega bo’lmagan. Yustin o’zining «Pompey Trog epitomi» nomli asarida skiflaming kumush va oltindan hazar qilishlarini yozadi.

Strabon esa o ‘zining mashhur «Geografîya» asarida turkiy qabilalardan yana biri – qadimgi saklarning urf-odatlari, bayramlari va diniy qarashlariga qisqacha to‘xtalib o‘tadi. Uning yozishicha, «Saklar o‘zlari e’tiqod qiladigan mabudalarga atab mustahkam devorli butxona (ibodatxona) quradilar va bu butxonada «Sakalya» nomli bayramlarini nishonlaydilar.

Shuningdek, Yustin o’z asarida qadim ajdodlarimizning ko‘chmanchi hayot kechirishi natijasida tabiatning turli hodisalariga duch kelib, osmon jismlarining o‘zgarishi, fasllar almashinuvi, inson hayoti va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik sirlarini bilishlarini ko‘rsatib beradi. Uning fikricha, skiflar tug‘ma donishmand bo’lishgan. «Juda qiziq holatga duch kelasan. yunonlar uzoq yillar o’qib o’rgana olmagan donishmandlik va falsafiylikni skiflarga tabiatning o‘zi in’om qilgan», — deb yozadi Yustin.

Aleksandr Makedonskiyning Markaziy Osiyo hududlarini zabt etishi natijasida yunonlar bilan mahalliy xalqlar, Yevropa bilan Osiyo o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy-madaniy aloqalar vujudga kelgan. Yunonlar osiyoliklarning madaniyatiga, osiyoliklar esa yunonlar madaniyatiga qiziqish bilan qaray boshlaganlar. Makedonskiy qo’shinlari bilan bosqinchilik va qirg’in urush dahshatlari kirib kelgan bo’lsa, shu bilan birga, o‘ziga xos yunon madaniyati ham kirib kelgan. Yunon tili davlat tili hisoblangan. Yunon yozuvi hatto islom dini kirib kelgunga qadar ham muomalada bo’lgan. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari va shimolda yashovchi turkiy qavmlaming diniy qarashlarida yagonalik mavjud bolgan. Buni qadimgi yunon, xitoy, arman tarixchilari va «Avesto» matnlari orqali aniqlash mumkin. Masalan, yunon tarixchisi Gerodot o‘zining «Tarix» kitobida «massagetlar ichida uluglangan yagona xudo — bu Quyoshdir, Quyoshga ular otlarni qurbonlik qiladilar, chunki xudoga dunyodagi eng uchqur jonliqni qurbon qilish lozim deb o‘ylaydilar», deb qayd etgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da ham (ayniqsa, Yasna va Yasht kitoblarida) ilohiy kuch-qudratga ega bo’lgan Quyosh barcha narsalarga jon va kuch-quvvat beruvchi oliy iloh ekanligi ta’kidlanadi:

Biz Quyoshga sig‘inamiz,
Bezavol Nurga,
Uchqur uning tulporlari.
Qachon Quyosh nur raratadir,
Qachon ilitadi Quyosh,
Doim turar yuz ming adad
Ma’budlar,
Tanlaydirlar baxtni shunda ma’budlar
Taqsimlaydir baxtni shunda ma’budlar.
Qutlug‘ Mazda xalq aylagan bu Zaminga,
Olamlarga nur etadir baxsh,
Haqiqatga rushdu rivoj.

«Avesto»da Quyosh xudosi Xurshid nomi bilan yuritiladi va unga nisbatan «abadiy», «barhayot», «shukuhli» sifatlari beriladi.

Turkiy asotirlarda ham Quyoshga sig‘inish, unga atab qurbonliklar qilish, turü xil marosimlar o‘tkazish haqida ma’lum otlar uchraydi.

Eramizdan avvalgi 1 ming yülikning o ‘rtalaridan boshlab Markaziy Osiyo hududlariga turkiy qabilalaming tez-tez ko‘chib kelishlari natijasida, bu yerlarda turli xil tillarning shakllanish jarayoni ro’y beradi. Masalan, eramizdan avvalgi III asrlarda Sirdaryo va Yettisuv cho‘llariga shimoldan xunnlar ko‘chib kelib, o‘zlarining yirik qabila ittifoqini tashkil qiladilar. Ular Oltoy oilasining turkiy guruhiga kiruvchi lillarda so‘zlashganlar. Xunnlar vaqt o ‘tgach, so‘g‘diyonaliklar bilan chatishib ketganlar. Xuddi shu davrlarda Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimida turkiy tilda so‘zlashuvchi etnik guruhlaming ta’siri kuchaya boradi. Turkiy tillar, avniqsa, turk xoqonligi davrida (eramizning VI-VIII asrlari) Shimoliy Enasoy (Yenisey)dan Mo‘g‘ulistonga qadar cho‘zilgan keng hududlarda asosiy tillarga aylanadi. Xullas, Markaziy Osiyoning ko‘pgina hududlarida forsiy va turkiy xalqlar tillari vujudga kelgan. Bu tillarda so’zlashuvchi turü etnik guruhlarning iqtisodiy-madaniy aloqalari natijasida urf-odatlari, marosimlari, yashash tarzi, ma’naviy madaniyati bir-biriga o‘xshash bo’lgan hozirgi Markaziy O‘rta osiyoliklaming qadimgi ajdodlari shakllangan.