Paraproktit
Paraproktit (para… va Yun. proktos — orqa chiqaruv teshigi) — orqa chiqaruv teshigi yoki tug’ri ichak atro- fidagi kletchatkalarning yiringli yallig’lanishi. P. ko’pincha orqa chiqaruv teshigi atrofining yorilishi yoki 6a-eocupuw vaqtida davolatmaslik na- tijasida to’g’ri ichak shilliq pardasida paydo bo’lgan yaraning asorati sifatida vujudga keladi. Yorilgan joy va yaradan to’g’ri ichak atrofidagi to’qima (kletchat- ka)ga to’g’ri ichakda doimo bo’ladigan Yi- ring paydo qiluvchi mikroblar o’tadi. Kasallik o’tkir va surunkali kechadi. O’tkir P.da to’g’ri ichak atrofidagi klet- chatkada yiringli bo’shliq paydo bo’ladi; abssess, og’irroq qollarda flegmona kuzatiladi. Kasallikning og’ir-engil kechishi yallig’langan sohaning yuza yoki chuqur bo’lishiga bog’liq. Yuza P.da ichni bo’shatish vaqtida qattiq og’riq bo’ladi, orqa chiqaruv teshigining atrofi shi- shib, be-zillab turadi. Chuqur P.da, ayniqsa, chanoqbo’shlig’idagi kletchat- ka zararlangan bo’lsa, avval og’riq se- zilmaydi, yallig’langan soha atrofida o’zgarishlarni vrach to’g’ri ichakni tek- shirish vaqtida aniqlaydi. Keyinchalik bemorning umumiy ahvoli yomonlasha- Di, boshi og’riydi, t-rasi ko’tariladi, eti uvishadi, pulsi tezlashadi, tili ka-rash bo’ladi, ishtahasi yo’qoladi, ka- sallik kechiktirilganda sepsis ro’y berishi mumkin. Ko’pchilik hollarda yiringli bo’shliqyorilib, yiringoqib tushadi (to’kri ichak yoki oraliqqa), shu vaqtdan boshlab kasallik surunkali shaklgao’tadi. Surunkali P.dato’g’ri ichak atrofidagi kletchatkada uzoq vaqtgacha bitmaydigan oqma yara paydo bo’la-Di; bu yara teshilganda undan yiring b-n birga axlat massalari ham ajraladi. Faqat yuza P.da yiring oqib tushib, o’z holicha tuzalib, bitib ketishi mumkin. Oqma yaralar paydo bo’lganda, odatda, opera- tsiya qilinadi. Sil b-n boglik P. o’tkir yallig’lanish belgilari-siz kechsa ham, oqma yaralar paydo bo’la-Di, bunda ope- rasiyadan tashqari, silga qarshi maxsus davo qo’llanishi lozim. P. b-n og’rigan bemor kasalxonada davolanadi. Oldi- ni olish, asooan, proktit, bavosir, orqa chiqaruv teshigi sohasidagi yoriq va b. kasalliklarni o’z vaqtida davolatish, P.ga xos dastlabki alomatlar sezilganda darhol vrachga murojaat etishdan iborat. Shaxsiy gigienaga qat’iy amal qilish, hojatdan keyin orqa chiqaruv teshigini iliq suv b-n yuvish P.ning oldini olish- da muhim omil hisoblanadi.