Papua-yangi Gvineya

Papua-yangi Gvineya, (Papua New Guinea), Papua —Yangi Gvineya Mustaqil davlati (Independent State of Papua New Guinea) — okea-niyada, tinch okeanning Jan.-Sharqiy qismida joy- lashgan davlat. G’arbda Indoneziya b-n chegaradosh, qolgan qismi dengizlar b-n o’ralgan. P.—Ya.G. tarkibiga yangi Gvi- neya o.ning Sharqiy qismi va unga yondosh orollar, Bismark arxipelagi, Solomon o.larining shim. kis-mi, D’Antrkasto o.lari, Luiziada arxipelagi, Trobrian o.lari, Murua o. va b. 200 ga yaqin katta kichik orollar ki-radi. Umumiy mayd. 462,8 ming km2. Axoliey 5,172 mln. Kishi (2002). Poytaxti — PortMorsbi sh. Ma’- muriy jihatdan 20 viloyat (province)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. P.—Ya.G. — parlamen- tli monarxiya, Buyuk Britaniya Hamdo’- stligi tarkibiga kiradi. Amaldagi Konstitusiyasi 1975 i. 16 sent.da qabul qilingan. Davlat boshlig’i — Buyuk bri- Taniya qiroli (qirolichasi); hukumatning takdimiga binoan va parlamentning qaroriga muvofiq tayinlanadigan Ge- neral-gubernator uning nomidan ish ko’radi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali Milliy parlament, ijrochi hokimiyatni bosh va-zir boshchiligidagi Milliy ijroiya kengash (hukumat) amal- ga oshiradi. Aholisining aksariyati papuaslar, melanezlar, shuningdek, evropaliklar, asosan, ingliz-avstraliyaliklardan iborat. Rasmiy tili — ingliz tili. Ko’pchilik dindorlari — xristianlar, qolganlari mahalliy an’anavii din- larga e’tiqod qiladi, ammo aholining ko’pchiligi papuas tillarida, melanez- lar malay-polinez tilida so’zlashadi, guruhlararo muomalada motu tilidan foydalaniladi. Aholining ko’p qismi qishloq joylarda, borish qiyin bo’lgan olis qishloklarda yashaydi. Shu sababli mamlakatda urf-odat va tillar juda ko’p (700 dan ortiq). Qishloq joylarda an’a- navii turmush tarzi saqlanib qolgan. Tarixi. Yangi Gvineyaga 16-a.ning 1yar- mida portugal dengizchi sayyoxlar kel- ganlar. 1884 y. Yangi Gvineya o.ningjan.- Sharqiy qismi Angliya protektoratiga aylantirildi va u Papua nomini oddi, 1888 y. Buyuk Britaniya mustamlakasi deb e’lon qilindi, 20-a. Boshlarida Avstraliya Ittifoqiga topshirildi. 1920 y. orolning Germaniya protektorata bo’lgan shim.-sharqig qismi (yangi Gvineya hududi) ham, Millatlar Ittifoqining mandatiga binoan, Avstraliya Ittifoqi boshqa-ruviga olib berildi. 1949 y. AV- straliya hukumati uning ikkala qismini ma’muriy jihatdan birlashtirdi va mamlakat P.—Ya.G. nomini oddi. 1973 y. P.—Ya.G. ichki o’zini o’zi boshqarish huquqiga ega bo’ldi. 1975 y. 16 sent.da esa mustaqil davlat deb e’lon qilindi. P.—Ya.G. 1975 y.dan BMT a’zosi. Mil- liy bayrami — 16 sent. — Musta-qillik kuni (1975). Xo’jaligi. Q.x. va konchilik sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ulushi 26%, sanoatning ulushi 26,6%. Asosan, ko- kos palmasi, kauchuk, banan, kofe, ka- Kao etishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun aholi yams, Taro, maniok, makkajo’xori, batat, shakarqamish ekadi; yovvoyi tarzda o’sadigan non daraxti, Saga palmasi va b. o’simliklar mevasini yig’ishtirib ola- Di. Go’shtbop chorvachilik, baliq ovlash rivojlangan, yogoch tayyorlanadi. Oziq- ovqat va yog’ochsozlik sanoati mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi. Mis (ko’proq Solomon o.larida), oltin, kumush, rux kazib oli-nadi. Avtomobil yo’llari uz. 20 ming km ga yaqin. Chetga oltin, kofe, mis, kopra, yog’och-taxta, kakao chikaradi. Chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, sanoat mollari oladi. Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya b-n savdo kila- Di. Pul birligi — kina. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Melanez Ittifoqi, 1978 y. Asos solingan; Xalq harakat partiyasi, 1985 tuzilgan; Xalq ilg’or partiyasi, 1970 y.da tashkil etilgan; Xalq-demokratik xarakati, 1985 y. asos solingan; mil- liy partiya, 1979 y. tuzilgan; Pangu pati (“Birlashgan P.—Ya.G. partiyasi”), 1967 y. tashkil etilgan; P.—Ya.G. birinchi partiyasi, 1998 y. asos solingan. P.—Ya.G. kasaba uyushmalari Kongressi, xalkaro erkin kasaba uyushmalari konfederasiya- siga kiradi. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Gaz.lari “Niugini nius” (“Yangi Gvineya yangiliklari”, mahalliy tildagi kundalik gaz., 1979 y.dan), “Neshnl” (“Milliy”, ingliz tilidagi kundalik gaz., 1993 y.dan), “Papua— Nyugini postkurer” (“Papua— yangi Gvineya pochta kureri”, ingliz tilida- gi kundalik gaz., 1969 y.dan). P.—Ya.G. milliy radioeshittirish korporasiyasi tijorat Mahkamasi bo’lib, 1973 y. Asos solingan.