Panislomizm

Panislomizm (Pan… va Islom) — 19-a. oxirida butun musulmon ola- mini mustamlakachilarga qarshi kurash- Di birlashtirish to’g’risidagi harakatga Rossiya va Angliya imperiyalari, shuning- dek. SSSR tomonidan berilgan sun’iy nom. 19-a.da Kursaviy, Marjoniy, Ahmad Donish kabi yirmk ulamolar va ma’- ri-fatparvarlar Islom dinini isloh qilish fikri b-n chiqib. muayyan dastur- lar tuzishgan. Ularnish bu fiqolari bu- xoroda ayrim mutaassib jamolarning jiddiy qarshiligiga uchragan. Afgon ma’rifatparvari, diniy va siyosiy ar- bob Jamoliddin al-Afg’oniy 19-a.ning 70-y.laridan boshlab bu qarashlarni yax- litlashtirib, islomchilik na-zariyasiga asos solgan. Keyinchalik uni rivojlan- tirishda Muhammad Abdu, Ikrom domla, Gasprinskiy, Fitrat, Behbudiy, Abdu- Rashid Ibrohimov, Munavvarqori kabi siymolarning muayyan darajada xizmat- lari bo’lgan. Fitrat o’zining “rahbari najot” (“Najot yo’li”; 1914) asarida millatni mustamlakachilik zulmi va koloklik gir- dobidan qutqarishda Qur’oni karimni musulmonlarning rahbar va rahnamosi — najot dasturi (yo’li) deb tushuna- Di. Bu muqaddas kitob va Islom dini g’oyalari atrofida millatni jipslashti- rishga da’vat etadi. Islomchilik g’oyasi Turkistonda min-taqa jamoatchiligi ongida Islom dini va jamiyatni isloh qilish, uni yangilash, boshqa tsivilizasiyalarning ilg’or ilmiy, texnikaviy va madaniy yutuklaridan foydalanish, fan, ta’lim sohalarini rivojlantirish g’oyalari b-n uyg’unlashgan tarzda kuchayib borgan. Turkiston o’lkasi general-guberna- tori S.M.Duxovskiy “Turkistondagi Islom” (T., 1899) nomli maxsus ma’ruza- sida Rossiya imperiyasida yashovchi Musul- monlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi kuchayganligini e’tirof etib, ma’mur- larni P.ga karshi kurashga chaqiradi. Islomchilik g’oyasi Turkiston mintaqasida sovet rejimiga karshi olib borilgan qurolli kurashda ma’lum rol o’ynagan. Shuningdek, u Turkiya, Eron, Afg’oniston va b. Sharq mamla-katla- rida bo’lgan inqiloblarda musulmon xalqlarini birlashtiruvchi g’oya sifa- tida maydonga chiqqan. Ikkinchi jahon urushipgm keyin mustamlakachilik tizi- Mining emirilishida uning ham hissasi bo’lgan. Biroq islomchilik g’oyasi vujudga kel- gan paytidan boshlab Rossiya va Angliya hukmron doiralari tomonidan panislo- mizm (ulug’islomchilik) tarzidasoxta- lashtirilgan edi. Xususan, Rossiya bol- sheviklarining fikricha, bu g’oya butun Islom xalqlarini yagona davlat — xali- falik tuzish uchun kurashga da’vat qilar emish. Sovet Rossiyasi va SSSR raxbariya- ti P.ga qarshi kurashda xuddi turkchilik va turonchilikka nisbatan bo’lga-nidek qatiy choralar ko’rgan. Ular P. va Pan- turkizmpp jadidchilik va bosmachilik harakatining asosiy mafku-rasi deb hisoblashgan. Ad.: Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavi- simosti, T., 2000; Fitrat, najot yo’li, T., 2001; Goldtsier I., Islom haqida ma’ruzalar, T., 2001; Rajabov K,., Buxo- roga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.