Paustovskiy Konstantin Georgievich

Paustovskiy Konstantin Georgievich [1892.19 (31). 5, Moskva -1968.14.7, Kaluga viloyatining ta- Rusa sh.] — rus yozuvchisi. Dastlab Kiev un-tining tabiiy-tarix f-ti (1911 — 13), keyin Moskva un-tining yuridik f-tida uqigan. “Romantiklar” ilk Roma- ni 1916-23 y.larda yozilgan. 1935 y.da nashr etilgan bu romanda, “tovlangan bulutlar” (1929) romanida bo’lganidek, P. nasriningo’ziga xos xususiyaglari — kishilardagi ez-gulik tuyg’ulariga, mardlik, dustlik, olijanoblkk singari fazilatlarga e’tibor sezilib turadi. “Jazava” (1925), “mustamlaka mollari uchun yorliklar” (1928), “kora dengiz* sikgari dastlabki hikoya va qissalarida olis yurtlar haqidagi orzu-armon tuyg’ulari, bu yurtlarga qilingan sayoxat taassurotlari, uchrashish za vidolashuv mavzulari ustuvorlik qiladi. Romantik ruxdagi “Qorabug’oz” (1932), “Kolxi- da” (1934) va “Shimol qissasi” (1938) qissalari hamda ko’plab hikoyalarida rus tarixiga murojaat etib, kishilar- dagi yuksak insoniy xislatlarni tas- virlashga alo-hida e’tibor bergan. P. 30-y.larning 2yarmidan boshlab san’- atkorlar hayoti va ijodiy mehna-tiga bag’ishlangan asarlar (“Orest Kipren- skiy”, “Isaak Levitan”, 1937; “Taras Shevchenko”, 1939; “o’rmonlar qissasi”, 1949; “ol-tin gul”, 1956) yozishga kirish- Di. Yozuvchi urushdan keyingi davrda o’z hayoti voqea va hodisalari b-n to’yingan “Hayot haqida qissa” epopeyasini yaratdi (1-qism — “yiroq yillar”, 1945; 2-qism —”Sertashvish yoshlik”, 1955; 3-qism — “Notanish asrning muqaddimasi”, 1957; 4-qism — “katta umidlar davri”, 1959; 5-qism — “janubga intilish”, 1960; 6-qism — “darbadarlik kitobi”, 1963). P. bu so’ngti asarida 20-a.ning dolg’ali yillaridagi Rossiya hayotini badiiy mu- jassamlantirib bergan. P.ning nozik tuyg’u va kechinmalar b-n yo’g’rilgan asar- lari o’zbek adabiyotida lirik nasrning shakllanishiga ta’sir ko’rsatgan. “Yiroq yo’llar” va “Oltin gul” qissalari hamda bir qancha hikoyalari o’zbek tiliga tarji- ma qilingan. As: eski Shinelli chol [hikoyalar], T., 1963; Sobranie sochineniy, t. —1—8, M., 1967-70. Ad.: Kremensov A. I., K. G. Paustov- skiy. Jizn i tvorchestvo, M” 1982.