“PAXTAJIN KB” AKTSIYADORLIK JAMIYATI

“PAXTAJIN KB” AKTSIYADORLIK JAMIYATI — paxta xom ashyosi, jun va bugdoyni dastlabki qayta ishlash majmualari va uskunalarini loyihalash va i.ch. bo’yicha konstruktorlik byurosi. “O’zmashsanoat” uyushmasi tarkibida. 1953-94 y.larda paxta tozalash bo’yicha Toshkent Davlat maxsus konstruktorlik byurosi, 1994-2001 y.larda paxta toza- lash bo’yicha maxsus konstruktorlik byu- rosi deb nomlangan. 2003 y.dan hoz. nom- da. Toshkent sh.da joylashgan. Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanidagi Sho’ralisoy posyolkasida sinov bazasi bor. Korxo- na issiklik generatorlari, paxtani quritish, tozalash, jinlash va linter- lash, tola, lint, chigit, g’alla, jun toza- lash mashinalari, tolali chiqindilarni to-zalagichlar, urug’lik tayyorlash mashi- nalari, tashish (ekskavatorlar, konveyer- lar), changtozalash va yordamchi jihozlar, reduktorlar ishlab chiqaradi. Korxona o’z mahsulotlarini Bolgariya, Afg’oniston, Gresiya va b. mamla-katlarga eksport qiladi. 1953 y.da paxta tozalash sanoatini texnika b-n qayta qurollantirish va- zifalarini hal etish uchun tashkil etil- gan. Sobik, SSSRda paxta tozalash sanoa- ti uchun mashinalar va mexa-nizmlar yara- tish bo’yicha yagona konstruktorlik byuro- si bo’lgan. 50 yil davomida kb da 300 dan ortiq turdagi yangi texnika namunalari yaratildi. Paxtani qopqanorsiz tashish- dan boshlab, uni dastlabki qayta ish- lash — tola ajratish potok liniyalari yaratildi. O’zbekiston va O’rta Osiyodagi bosh-ka Paxtakor respublikalardagi bar- cha paxta z-dlari kb da yaratilgan mashi- na-mexanizmlar b-n jihozlangan. “Mehnat” paxta tozalagichi, “za- Far” va “Paxtakor” tola tozalagichla- ri, “G’ayrat” arrali jin mashinalari Plovdiv, Zagreb, Moskva, Qohira, Sa- loniki, Tehron xalqaro ko’rgazmalarida namoyish etilgan va oltin, kumush medallar sovrindori bo’lgan. Kb muhandis-konstruktorlaridan 5 ki- shiga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ixtirochi, 5 kishiga O’zbekistonda xiz- mat ko’rsatgan muhandis unvoni beril- gan. O’zbekiston xalq xo’jaligi ehti- yojlarini hisobga olgan holda kb da keyingi yillarda paxta tozalash sanoati uchun yangi texnika tayyorlashdan tashqari yog’moy sanoati uchun Bitter-separator – lar, shuningdek, jun tozalash jihozlari, don tozalagich, paxta lintidan tsellyulo- za olish kompleksi uchun jihozlar va b. texnika vositalari yaratildi. Viktor Semeykin.