PAHLAVON MAHMUD MAJMUASI

PAHLAVON MAHMUD MAJMUASI, polvon ota maqbarasi — Xiva- dagi me’moriy yodgorlik (1810-1913). Maqbara majmuasining umumiy hajmi 50×30 m bo’lib, dastlab Pahlavon Mahmud qabri ustiga 1664 y.da mo”jaz sinchkori imorat qurilgan. Darvozaxo- na eshigidagi yozuvga ko’ra, P. M. m.ning qurilish sanasi 1701 y.da Shohniyozxon qurdirgan vaqtdan hisoblanadi. 1825— 35 y.larda uning o’rnida g’ishtin toqu ravoqli serhasham maqba-ra (17,5×25,5 m), ziyoratxona (9X9 m) va xonaqoh (4×4 m) qad ko’targan. Keyinroq Xiva xonlari (Abulg’ozixon, 1643— 63; Shohniyozxon, 1695-1702; Muhammad Rahimxon I, 1807— 26; Temurg’ozixon, 1857-58 va b.) ham shu erga dafn etilgan. 1913 y.da usta Qurbonniyoz boshchiligida hovlining G’arb tomoniga ikki oshyonli qorixona, qarshisiga o’ymakori ustun- li ayvon qurilgan. Majmuaga Jan. tomondagi darvozaxona orqali kiri- ladi, ichkari sahniga g’isht terilgan. Chetida quduq, kichik hovli qarshisida pesh-tokli honakohmaqbara, o’ngda ay- von, so’lda supa va qorixona joylashgan. Xonakoh peshtog’idagi g’ishtlar orasida sirkor bandlar bog’langan, ikki chekkasi- dagi guldasta morpech shaklida. Gumbaz- ning naqshin bezaklari, asosan, moviy rang sirli sopollardan terilgan. Bino ichkarisi nafis bezatilgan. Uning izo- rasidan tortib gumbazli qub-basigacha oq va moviy naqshli. Bezaklar orasi- dagi kitobaga Paxlavon Mahmud rubo- iylari bitilgan. Xonaqohning g’arbiy eshigi orqali ziyoratxonaga o’tiladi. Unda Pahlavon Mahmudning sirkor sag’anasi joylashgan. P.M.m.dagi aso- siy binolar Odina Muhammad Murod boshchiligida qurilgan. Bezaklarini Mulla Nurmuhammad K,Alan-dar o’g’li, So’fimuhammad Abdujabbor o’g’li va AB- dulla “jin”lar bajargan. Ziyoratxona eshigi (1810), tashqari eshik (1894) usta Nurmuhammad tomonidan ishlangan. 1960 y.da usta Ro’zimat Masharipov ishtiro- kida qorixona va ayvon ta’mir etilgan. P.M.m.da 19-a. Xiva me’morligi US-lubi yorqin namoyon bo’lgan.