Pushkin

Pushkin (1728 y.dan Tsarskoe Selo, 1918-37 y.larda Detskoe Selo) — RF Leningrad viloyatidagi shaxar (1808 y.dan), Sankt-Peterburg shahar ma’muri- yatiga qarashli. T.y. stantsiyami (Detskoe Selo). Aholisi 93,1 ming kishi (1998). Yo’l mashinalari, elektr maishiy asbo- blar z-dlari, o’yinchokdar f-kasi, agrar un-t; lisey, A.S. Pushkinning “Tsar- skoe Selodagi saroy ekipaji” muzeyla- ri bor. 1937 y.da shaharga A.S. Pushkin nomi berilgan. P.ning hoz. hududini 1708 y.da Pyotr I o’zining ra-fiqasi, bo’lajak imperatrisa Ekaterina I ga taqtsim qilgan va shaharga o’sha yili asos solingan. 18-19-a. boshlarida saroy- lar, parklar va har xil memorial insho- otlar barpo etilib saroy-Park ansambli vujudga keldi. Saroy qurilishi 1717-23 y.larda boshlangan, 1752-57 y.larda Barok- ko uslubida qayta qurilgan (me’mori V.V.Rastrelli). Saroy b-n birgalikda “Agat xonalari”, “sovuq hammomlar” va “Kameron galereyasi” (1777-93, me’- Mori Ch.Kameron), lisey binolari (18— 19-a. boshlari, me’morlar I.V.Neelov, V.N.Stasov), Aleksandr saroyi b-n bir- galikda Ekaterina va Aleksandr parkla- ri (1792-1800; me’mori J.Kvarengi), kup sonli xiyobonlar va hashamdor insho- otlar qurilgan. 1941-44 y.larda nemis fashistla- ri okkupasiyasi davrida shahar jid-diy shikastlangan, urushdan keyin qisman ti- klangan. 1967 y.da P.da A.S.Pushkinning muzeyi ochilgan. 1990-y.lar boshlarida P.ning barcha yodgorliklari qayta ti- klandi.