Psixolingvistika
Psixolingvistika – nutqning hosil bo’lishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi b-n o’zaro bog’lanishi holatida o’rganuvchi fan; psixologiya va lingvistikannng sin- te-Zidan paydo bo’lgan. P. inson nutqiy faoliyati modelini va psixofiziologik nutqiy shakllanishini ishlab chi-qib, ularni psixologik eksperimentlar yo’li b-n tekshiradi. Tadqiqot manbai bo’yicha tilshunoslikka yaqin bo’lgan P. o’z tekshi- rish usullari bo’yicha psi-xologiyaga yaqin turadi. Unda o’zaro bog’lanishli eksperi- ment, “semantik differentsial” kabi va b. eksperimen-tal usullar qo’llanadi. P. bir qator amaliy masalalar [ona tili, ayniqsa, xorijiy tilni o’rgatish; MAK- tabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy tar- biyasi va logopediya masalalari; miyadagi nutkiy markazlar kasalliklari klinika- si; nutqiy ta’sir ko’rsatish muammolari (xususan ommaviy axborot vosi-talari faoliyatida va targ’ibot ishlarida); sud psixologiyasi va kriminalistika (mas, kishilarni ularning nutq xususiyati- ga qarab tanib olish, aniqlash); mashi- na tarjimasi hamda nutqiy axborotni EHMga kiri-tish muammolari va b.]ni nazariy Ji-hatdan tushuntirish zarura- ti tufayli o’tgan aerning 60-y.larida paydo bo’lgan. “P.”termini o’tgan Aer- ning 60-y.lari o’rtalarida amerikalik olimlar tomo-nidan amaliyotga kiritil- gan. O’zbekistonda ushbu sohada bir Kan- cha ishlar bajarilgan bo’lsada, haqiqiy ma’nodagi psixolingvistik tadqiqotlar en-digina boshlanmoqda. Abduvahob Madvaliev.