Protazanov Yakov Aleksandrovich

Protazanov Yakov Aleksandrovich [1881.23.1 (4.2) – Moskva – J945.8.8] — rej., Rossiyada (1935) va O’zbekistonda (1943) xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. Rus kinematografiyasi asoschilaridan. Ijodini 1907 y. dastlab stse-nariychi, keyinchalik rej. sifatida boshlagan. “Qarg’a motkasi” (1916), “Sergiy ota” (1918) filmlari rej.lik va operator- lik madaniyatining yuksakligi, aktyorlar o’yinining mu-kammalligi b-n ajralib turadi. “Aelita” (1924), “Torjoklik bichiqchi” (1925), “kirq birinchi” (1927), “Don Diego va Pelageya” (1928), “Avliyo Yor-gen bayrami” (1930) kabi ovozeiz kinoning eng yaxshi namunalarini yarat- Di. Hajviy filmlari satira, yumor va qiziqarli syujetlarga boydir. Ovozli kinoda yaratgan “Sepsiz qiz” (1937) fil- mi mumtoz kino fondidan o’rin oldi. P. uzbek milliy kino san’atining shak- llanishi va rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Urush yillari Toshkentda yashab, “Nasriddin Buxoroda” (1943) filmini yaratdi. Bu film uzbek kinematografi- yasida komediya janrining shakllanishi va N. G’aniev, R. Pirmo’hamedov, A. Isma- tov kabi ma-halliy kino arboblarining ijodiy kamolotida muhim rol o’ynadi.